1- mavzu. “Menejment va marketing” fanining predmeti va o'rganish uslublari
Marketingning funksiyalari va tamoyillari
Download 31.29 Kb.
|
2 5199651102626155552
1.5. Marketingning funksiyalari va tamoyillari
Marketing funksiyalari uning amaldagi mohiyatini ifodalaydi. Ular tovar siyosati, narxning hosil bo'lishi, kommunikatsiyalar va sotish orqali namoyon bo'ladi. Marketingning umumiy funksiyasini to'rtta yo'nalishga bo'lish mumkin: analitik, ishlab chiqarish, sotish, boshqarish va nazorat. Analitik funksiya bozorni, iste'molchilarni, firma va tovar strukturasini o'rganish, shuningdek, korxonaning ichki muhitini tahlil qilishdan iborat. Ishlab chiqarish funksiyasi yangi tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, moddiy-texnika ta'minotini tashkil qilish va tovarning sifati va raqobatbardoshligini boshqarishga yo'naltirilishini ta'minlaydi. Sotish funksiyasi tovar harakati tizimini tashkil qilish, servis, maqsadli tovar va narx siyosatini olib borish bilan bog'liq bo'lgan masalalarni hal qiladi. Boshqarish va nazorat funksiyasi strategik va operativ rejalashtirish, marketingni boshqarishning axborot ta'minoti, korxonada kommunikatsiyalar tizimini tashkil qilish va marketing nazoratini o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan jarayonlarni o'z ichiga oladi. Marketing tamoyillari uning g'oyaviy yo'nalishini va korxonaning boshqarish tizimidagi marketing yondashuvlarini belgilaydi. Hozirgi sharoitda marketingning asosiy, birlamchi tamoyili muayyan iste'molchilarning muammolarini samarali hal qilishga qaratilgan. Bozorda tovarning muvaffaqiyat qozonishi u yoki bu tovar mijoz oldida turgan muammoni qanchalik samarali hal qila olishiga bog'liq. Bu yondashuv o'z navbatida quyidagi tamoyillarda aniqlashadi va rivojlantiriladi: - iste'molchiga yo'naltirilganlik; - talabni prognozlash va shakllantirish; - qarorlarning kompleksliligi va ko'p variantliligi; - qarorlarning markazlashtirilmaganligiga urg'u berish va holatlarni boshqarish; - istiqbolga yo'naltirilganlik; - dasturli maqsadli yondashuv. Aynan ana shu tamoyillar marketingning yangi, eng harakterli belgilarini ochib beradi. Keltiriladigan belgilar to'plami kengayishi yoki torayishi mumkin, lekin asosiy tamoyil - to'liq iste'molchiga yo'naltirilish - albatta mavjud bo'ladi. Pirovard natijada bu tamoyil boshqa hamma tamoyillarning paydo bo'lishi va shakllanishini belgilab beradi. Asosiy adabiyotlar: Bagiev G.L., Tarasevich V.M., Ann X. Marketing. Uchebnik. - Spb.: Piter, 2009 Глухов В.В. Менеджмент: Учебник. 3- изд.- СПб Питер, 2009 Kotler F. Marketing menedjment. Uchebnoe posobie. - Spb.: Piter, 2010 Qo'shimcha adabiyotlar: Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: “O'zbekiston” 2017 Sharifxo'jaev M, Abdullaev Yо. Menejment. Toshkent: “O'qituvchi” 2001 Yo'ldoshev N.Q., Qozoqov O.S. Menejment. Darslik. - T.: Fan, 2004 Ergashxodjaeva Sh.J., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing. Darslik. -T.: TDIU, 2011 Axborot manbaalari: www.gov.uz – O'zbekiston Respublikasi hukumat portali. www.lex.uz – O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. www.tradingeconomics.com – ekonomicheskie pokazateli Download 31.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling