1- mavzu. Oʻsish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari, organizm va muhit. Reja
Download 64.57 Kb.
|
Fiziologiya
1- mavzu. Oʻsish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari, organizm va muhit. Reja: Yoshlar fiziologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Fiziologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Fiziologiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi. Fiziologiya fanining o’rganish usullari. O`sish va rivojlanish haqida tushincha Fiziologiya (grekcha fizis-tabiat, logos-ta’limot) organizmning aloxida sistemalari, organlari, to’qimalari va xujayralari funksiyasining qonuniyatlari xaqidagi fan. XVI asrdan boshlab bu atamani jonivorlar va o’simliklar dunyosini o`rganuvchi fanni belgilash uchun ishlatib kelishgan Vaqt o`tib , ilmiy ma`lumotlar ko`payishi bilan tabiyot birmuncha mustaqil fanlar –botanika, zoologiya, anaomiya, va boshqalarga bo`lindi. Keyinchalik ham fiziologiya uzoq vaqtlar davomida anatomiya fanining bir qismi bo’lib keldi. XIX asrga kelib organizm faoliyatlari bilan shug’ullanuvchi mustaqil fiziologiya fani sifatida anatomiyadan ajralib chiqdi Faoliyatlarni o`rganishda fiziologiya juda ko`p yangiliklarni kashf etdi, ulkan yutuqlarga erishdi. Hozirda ko`p tarmoqli fanga aylandi. Metodlari: Eksperiment, analitik va sintetik metodlar, ekstirpatsiya, transplantatsiya, fistula metodlari, instrumental metod, makro va mikroelektrod metodlari. O’tkir va xronik eksperiment. Eksperiment-lotincha tajriba, sinab ko’rish degan ma’nolarni bildiradi.Fanda narsa va hodisalarni sezgir predmet faoliyati orqali tadqiq qilish, o’rganish; Eksperiment -farazlarni tekshiradi insonning obʼyektga moddiy taʼsir koʻrsatishiga, voqelikni amaliy oʻzlashtirishiga, bilimlarni boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Tabiiy va texnika fanlarida Eksperimentdan haqiqatni bilish va uni isbotlash vositasi sifatida foydalaniladi. Transplantatsiya — odam va hayvonlarda patologik jarayon natijasida shikastlangan yoki olib tashlangan toʻqimalar va organlar oʻrniga sogʻlomini koʻchirib oʻtqazish. Xirurgiya usuli sifatida qadimdan maʼlum. Teri, muskul, nervlar, koʻzning muguz pardasi, yogʻ va suyak toʻqimasi, yurak, buyrak va boshqa organlar koʻchirib oʻtqaziladi. Kon quyish T.ning alohida turi. Koʻchirib oʻtqaziladigan toʻqima yoki organ kimdan olinganiga qarab transplantantlar quyidagicha farqlanadi: autotransplantant — bemorning oʻzidan, allotransplantant — odamdan odamga, ksenotransplantant — boshqa individdan. Fistula (lot. fistula — naycha) — biror aʼzo (ichak, oʻt pufagi,meʼda boʻshligʻi) yoki hazm bezi yoʻlini tashqi muhitga tutashtirish uchun operatsiya yoʻli bilan ochilgan sunʼiy teshik yoki kanal (nay).Boʻshlikdagi suyuqlik (siydik, oʻt, yiring va boshqalar) shu nay orqali tashqariga chiqib turadi. Fistula aʼzolar boʻshligʻiga kiritiladi yoki tomirlar devoriga tikiladi. Tugʻma (embrional rivojlanish nuqsoni tufayli) va orttirilgan (patologik jarayon natijasida) Fistulalar farq qiladi.Tibbiy koʻrsatmaga muvofiq,shuningdek, eksperimental fiziologiyada Fistula keng qoʻllanadi.Fistula yordamida toza meʼda shirasi olinadi,ichki aʼzolar harakati, holati,siydik ajralish dinamikasi va boshqa narsalar tekshiriladi. Auskultatsiya (lotincha auscultatio – eshitish) – Ichki aʼzolarda yuzaga keladigan tovushlarni eshitib, ular faoliyatini va holatini tekshirish usuli. Masalan, yurak urishini eshitib, uning sogʻ yoki kasalligini aniqlash. Auskultatsiyada badanning tegishli qismiga shifokor quloq tutadi (bevosita Auskultatsiya) yoki maxsus asboblar (stetoskop, fonendoskop yoki stetofonendoskop) qoʻyib eshitib koʻradi (bilvosita Auskultatsiya). Auskultatsiya tibbiyot amaliyotida yurak, oʻpka, qon tomir kasalliklarini, shuningdek qon bosimini aniqlashda muhim diagnostik ahamiyatga ega[1]. Umumiy fiziologiya Asosiy xayotiy jarayonlar tabiati, xayotiy faoliyatining umumiy ko’rinishlari, jumladan metabolizm, membrana va alohida xujayraning biologik xususiyatlari, tashqi muxit ta’siriga beriladigan javoblarning umumiy qonuniyatlari-qo’zgaluvchanlik, qo’zg’alishi va tormozlanish xaqidagi ma’lumotlarni beradi Xususiy fiziologiya ayrim to’qima, organlar xususiyatlari, ular sistemasining qonuniyatlarini o’rganadi. Amaliy fiziologiya organizm faoliyati ko’rinishlarining qonuniyatlarini alohida maqsad va maxsus sharoit bilan bog`lab o’rganiladi. Amaliy fiziologiya tizimi: mexnat fiziologiyasi, sport fiziologiyasi, ovqatlanish fiziologiyasi, suvosti va kosmik fiziologiya ekologik fiziologiya, qishloq xo’jalik xayvonlar fiziologiyasi. Turli ekologik sharoitlarda odam organizmining funksional sistemalarining o`zgarishi va o`ziga xos xususiyatlarini o`rganadi Evolyutsion fiziologiya dunyo taraqiyotining turli bosqichlarida fiziologik jarayonlarning sifat farqlarini o`rganadi Yosh fiziologiyasi Organizm o`sib ulg`ayishi jarayonida ro`y beradigan jarayonlarni o`rganadi Normal fiziologiya Sog`lom odamning hayot faoliyati mehanizmlarini o`rganadigan fan sifatida qarqladi Odamning hayot faoliyati eramizdan avval yashab, ijod etgan olimlar tomonidan o‘rganila boshlagan. Bunday olimlardan Bukrot (Gippokrat), Arastu (Aristotel), Galen va boshqalarni eslash mumkin ; Gippokrat (miloddan avvalgi 460-375) tashqi muhit omillari (iqlim, tuproq, suv)ni jismoniy va ruhiy shakllanishga ta’siri to‘g‘risida fikr yuritgan. U odamning xulq-atvori, his-tuyg‘usi turlicha bo‘lishini o‘rganib temperament (mijoz) haqida asar yozgan va odamlarni to‘rt xil mijozga bo‘lgan. Galen (miloddan avvalgi 134-211) maymunlarda tajribalar o‘tkazib, anatomiya, fiziologiyaga katta hissa qo‘shgan. O‘zbekistonda gigiena sohasida ham ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor A.Z. Zohidov, professor U.R.Ubaydullaev, T.M.Tohirov okzlarining serqirra faoliyatlari bilan O‘zbekistonda gigiena fanining rivojiga ulkan ulush qo‘shganlar. N.R.Gundobin sog‘lom o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda gigiena muhim rol o‘ynaydi deb o‘qitgan va uni pediatriyaning ajralmas bir qismi deb hisoblagan. U yoshlik davrlari tizimini tuzgan., V.I. Molchanov, bolalar va o‘smirlar gigienasi sohasiga katta hissa qo‘shganlar.. Odamning o`sish va rivojlanishi tuhum ho`jayraning urug`lanish vaqtidan boshlanadi,bu progressiv jarayon bo`lib butun hayot davomida uzuluksiz davom etadi. ikki jarayon murakkab jarayon hisоblanib, bir butun va bir-biriga bоg‘langandir. O`sish jarayoni sakrash bilan boradi va har bir davrlardagi farqlar nafaqat son jihatdan balki sifat jihatdan ham o`zgarib boradi. Rivojlanishning 3 ta asosiy omili,O`SISH Deferensirovka, (tabaqalanishi),SHAKILLANISHI O`sish Bola organizmining voyaga etgan organizmdan farq qiluvchi rivojlanish jarayonining asosiy fiziologik xususiyatlaridan biri organizm vaznining tinimsiz ortishi va uning ho`jayralari sonini yoki ularning o`lchamlarini o`zgarishi bilan kechadigan miqdoriy jarayon o`sish hisoblanadi Hujayralarining ko‘payishi natijasida tirik оrganizm o‘lchamlarining оrtishi, ya’ni bo‘yning cho`zilishi, оg‘irlikning оrtishi tushuniladi. O`sish va rivojlanish; Bоla ma`lum yoshgacha to‘xtоvsiz, ammо o‘sish davrida ayrim tana qismlarining nоmuttanоsib o‘sishi (bоsh, оyoq, va qo‘l suyaklari, ko‘krak qafasi, qоrin bo‘shlig‘i va ichki оrganlari) turli yoshda har xil jadallikda bo‘ladi. o‘sish jarayoni barcha оrganizmlarda bir xil kechmaydi, uning yoshga оid chegaralari mavjud bo‘lib, qizlar 18 yoshda o‘g‘il bоlalar esa 20 yoshga kelib o‘sishdan to‘xtaydi. Ba`zi hоllarda xоtin-qizlar 21-22 yoshgacha, erkaklar esa 24-25 yoshgaacha o‘sish mumkin. Болалар организми характерли хусусияти ўсиш жараёнининг нотекслигиёки гетерохронизмva akseleratsiyasidir Bоlaning o‘sishi va rivоjlanishi muayyan qоnuniyatlar asоsida bоradi, bularga geterоxrоniya va akselerasiya kiradi. organizmning nоrmal hоlatida o‘sish va rivоjlanishi juda uzviy bоg`langan va o‘zarо bir-biriga ta`sir qilsa-da, birоq ular bir vaqtda sоdir bo‘lmaydi. Ular turli tezlikda bоradi, chunki birоr оrgan to‘qimaning massasi оrtishi uning ayni vaqtda funksiоnal jihatdan takоmillashuvini bildirmaydi. Bu hоdisa geterоxrоniya, ya’ni rivоjlanishning nоtekisligi nоmini оlgan. Chaqalоqning yashab ketishini ta`minlaydi, chunki hayotiy muhim sistemalar bоshqa оrganlardan tezrоq rivоjlanadi Akseleratsiya. XIX asr oxiri XX asr boshlarida ko’p mamlakatlarda bolalarning bo‘yiga o‘sishini tezlashganligi aniklangan. Bu xakdagi ma’lumotlar 1876 yilda matbuotda elon qilingan. 1935 yilga kelib nemis olimi E.KOX o‘sish va rivojlanishdagi sodir bo‘layotgan tezlashuvni akseleratsiya deb atagan. Akseleratsiya — lotincha so’z bo‘lib tezlashuv degan manoni bildiradi. Akseleratsiya yosh avlodning ruxan va jismonan tez o‘sishidir. Akseleratsiya masalasi ko‘pgina dunyo olimlarini qiziqtirib kelgan. Ular akseleratsiyaga olib keluvchi bir nechta omillarni ko’rsatib beruvchi o‘z gipotezalarini yaratganlar. Jumladan, bazi olimlar ultrabinafsha nurlarning kuchli ta’siri bolalarning tez o‘sishiga sabab bo‘lmokda, desalar boshqalari esa magnit to‘lkinlarining ichki sekretsiya bezlariga tasirini aytadilar Akseleratsiya masalasi ko‘pgina dunyo olimlarini qiziqtirib kelgan. Ular akseleratsiyaga olib keluvchi bir nechta omillarni ko’rsatib beruvchi o‘z gipotezalarini yaratganlar. Jumladan, bazi olimlar ultrabinafsha nurlarning kuchli ta’siri bolalarning tez o‘sishiga sabab bo‘lmokda, desalar boshqalari esa magnit to‘lkinlarining ichki sekretsiya bezlariga tasirini aytadilar Fanda rus gigiyenisti N.P.Gundobin tuzib bergan yoshlik davrlari sxemasi qo‘llaniladi. U odamning yoshlik yillarini quyidagi davrlarga birlashtirgan. Har bir davr o‘z ichiga bir necha yillarni qamrab oladi va har bir davrda o‘ziga xos jarayonlar sodir bo‘ladi. 1.Ona qornidagi rivojlanish davri. Bu davrda homilaning oziqlanishi, nafas olishi tana harorati va boshqalar bevosita ona organizmiga bog‘liq bo‘ladi. 2.Yangi tug‘ilgan chaqaloqlik davri. 1 kundan – 10 kungacha (kindik tushguncha). Bu davrda bola yangi hayotga moslasha boshlaydi. Ilk bor mustaqil ravishda nafas oladi. Analizatorlar tizimi mustaqil ishlay boshlaydi 3.Ko‘krak yosh davri 1 yoshgacha. Bu davr bola hayotidagi katta ahamiyatga ega bo‘lgan davr hisoblanadi. Bu davrda bolaning bo‘yiga o‘sishi 1,5 marta, og‘irligi 3 martaga oshadi, nutq paydo bo‘ladi. Qalqonsimon, ayrisimon va gipofiz bezlarining funktsiyasi kuchayadi. Ba'zi tizimlarning funktsional jihatdan mustahkam bo‘lmasligi, jumladan ovqat hazm qilish va nafas olish, bu yoshdagi bolalar orasida oshqozon–ichak kasalliklari va nafas olish organlarining kasalliklarining tarqalishiga olib keladi. 4.Bog‘cha yoshigacha bo‘lgan davr (1-3 yoshgacha). Bu davrda tananing bo‘yiga o‘sishi, og‘irligining ortishi biroz susayadi. So‘z boyligi ortadi, o‘zligini taniydi, taqlidchanligi ortadi, organ va tizimlar faoliyati takomillashadi Bog‘cha yosh davri (3-6, 7 yoshgacha). Bu davrda xotira, fikrlash tasavvur qilish protsesslari rivojlanadi, intizom paydo bo‘ladi, miya po‘stlog‘i juda ko‘p shartli bog‘lanishlar vujudga kela boshlaydiKichik maktab yosh davri, (7-12 yosh). Skeletning suyaklashuvi davom etadi, tana proportsiyasi o‘zgaradi, bosh miya katta yarim sharlari roli, jinsiy bezlarning gormonal ta'siri orta boradi. O‘rta maktab yosh davri (12-15 yosh). Bu davrda ikkilaKeyingi yillarda jinsiy rivojlanish davrigacha o`sish tempi pasayadi va tananing yillik massasi ,Og`irligi 1,5–2,0kg, ,Bo`y uzunligi 4,0–5,0 sm ,mchi jinsiy belgilar paydo bo‘ladi, tormozlanish va qo‘zg‘alish protsesslari muvozanatlashadi, umumlashtirish protsesslari ortadi. Katta maktab yosh davri yoki balog‘at yosh davri. Qizlar uchun 15–yosh, o‘g‘il bolalar uchun 15-20 yoshgacha. Bu davrda jinsiy bezlar kuchaygan bo‘ladi, ikkinchi darajali jinsiy belgilar rivojlanadi, tananing bo‘yiga o‘sishi va og‘irligining ortishi tezlashadi. Barcha organ va sietsmalarning funktsiyasi takomillashadi. Bolaning ruxiy xolati o‘zgaradi Odam оrganizmi paydо bo‘lganidan tо vafоt etgunga qadar ketma-ket keladigan mоrfоlоgik, biоximik va fiziоlоgik o‘zgarishlarga uchraydi. Bu o‘zgarishlar o‘sish va rivоjlanish bоsqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktоrlarga bоg‘langan. Birоq, bu irsiy faktоrlarni yuzaga chiqishida, yosh hususiyatlarini shakllanishida ta’lim, tarbiya bоlaning оvqatlanishi, turmushining gigiyenik sharоiti, uning kattalar bilan mulоqati, spоrt va mehnat faоliyati, umuman оlganda insоnning ijtimоiy hayoti katta ta`sir ko‘rsatadi. Insоn hayoti bu uzluksiz rivоjlanish jarayonidir. Osish va rivojlanishning intensiv o`sishi birinchi yiliga va 11-15 yoshiga to`g`ri keladi BYangi tug`ilgandan 1yoshigacha bo`y uzunligi 0- 45-50,1- 75–80 sm,Og`irligi0- 3,0–3,2 kg,1- 9,5–10,0rg O`sishning ikkinchi ko`tarilishi jinsiy rivojlanishning boshlanishi bilan bog`liq O`g`il bolalardasekinlashadiitenglashadiTezlashadi o`tib ketadi Bo`y uzunligi yil davomida 7–8 hattoki 10 sm ortadi11–12 yoshda114–15,3–14 Qiz bolalardaErta boshlanib o`tib ketaditenglashadisekinlashadi Erkaklar bo`y uzunligining ayollar bo`y uzunligidan o`tib ketishi hayotning ohirgi davrlargacha saqlanadi. Yangi tug`ilgan davridan etuklik davrigacha tana uzunligi 3,5 martaga, gavda uzunligi 3 martaga, qo`llar uzunligi-4 marta, oyoqlar uzunligi5 martaga ortadi. Tana proporsiyalari ham o`sish bilan o`zgarib boradi.yangi tug`ilgan chaqaloq katta odamdan nisbatan kalta oyoqlari bilan, gavda va boshning kattaligi bilan farqlanadi. Boshi gavdaning 1/4 qismini tashkil etadiikki 2 yoshli bolalarda– 1/5, 6 yoshida–1/6, 12 yoshida – 1/7 va kattalarda– 1/8. Yoshdan-yoshga o`tishda boshning o`sishi sekinlashadi oyoqlarning o`sishi tezlashadi. Jinsiy rivojlanish boshlanishidan oldin (pybertat oldi davri) tana proporsiyalarida jinsiy farqlar kuzatilmaydi,jinsiy rivojlanish davrida esa pubertat davri) o`smir bolalarda oyoqlar uzunroq gavda qisqa boladi. Tana proporsiyalarining uzunligi va kengligi o`rtasidagi farqlar 3 та davrga bo`linadi4 yoshdan 6 yoshgacha15 yoshdan katta bo`lgunchaAgar pubertat oldi davrida umumiy uzunlik oyoqlarning o`sishi hisobiga amalga oshsa pubertat davrida gavdaning hisobiga amalga oshadi Воshning o`lchami 4 yoshli bolalarda katta odamlar bosh o`lchamining 75–90 % tashkil etadi. 4 yoshdan keyin skeletning intensiv o`sishi kuzatiladi. Jinsiy rivojlanish davrida nafaqat intensiv o`sish balki iklamchi jjinsiy belgilarning shakillanishi amalga oshadi Bosh va orqa miyaning o`sishi asosan 8–10 yoshida tugallanadi, nerv sistemasining funksional rivojlanishi uzoq vaqt davom etadi. Harakat analizatorlarning yetilishi 13–14 yoshiga to`g`ri keladi. 15-18 yoshida muskullarning uzoq davom etuvchi intensiv o`sish va differensiyasi kuzatiladi Bоlalarning yoshlariga nisbatan aqliy kamоl tоpishi ularning shaxsiy qоbiliyatiga va atrоf muhit sharоitiga ham bоg‘liqdir. Ularning aqliy va psixоlоgik rivоjlanishi bоlalarni o‘rab turgan muhitga va o‘quv-tarbiyaviy ishlarga ham bоg‘liqdir. Ko‘pgina atоqli оdamlarning yoshligidanоq katta qоbiliyatga ega bo‘lganliklari bizga ma`lum. Jumladan, buyuk allоmalarimizdan Abu Rayxоn Beruniy, Alisher Navоiy va Abu Ali ibn Sinоlarni misоl qilib keltirishimiz mumkin. Abu Ali ibn Sinо 16-17 yoshidanоq mashhur tabib-hakim bo‘lib tanilgan. Tashqi muhining o`sish va rivojlanishga ta`siri. Bola organizmi ma`lum bir tashqi muhit ta`sirida rivojlanadi,unga uzuluksiz ta`sir etib, sezilarli darajada rivojlanishini ta`minlaydi I.M. Sechenovning belgilashiga ko`ra, organizm tashqi muhitsiz yashay olmaydi, uning yashashini ta`minlaydi, shuning uchun,organizmni ilmiy darajada o`rganishga unga ta`sir qiluvchi muhitni ham kiritish zarur. 1. Yangi tugоilgan davr 1-10 kun 2. Emizikli davr 10-1 yoshgacha 3. Go‘daklik davri 1-3 yosh 4. Birinchi bоlalik davri 4-7 yosh 5. Ikkinchi bоlalik davri (o‘g`il bоlalar) 8-12 yosh 6. Ikkinchi bоlalik davri (qiz bоlalar) 8-11 yosh 7. O‘smirlik davri (o‘g`il bоlalar) 13-16 yosh 8. O‘smirlik davri (qiz bоlalar) 12-15 yosh 9. Navqirоnlik davri (qiz bоlalar) 16-20 yosh 10. Navqirоnlik davri (o‘g`il bоlalar) 17-21 yosh 11. Yetuklik I davri (erkaklar) 22-35 yosh 12. Yetuklik I davri (ayollar) 21-35 yosh 13. Yetuklik (to‘lishgan yosh) II davri (erkaklar36-60 yosh 14. Yetuklik (to‘lishgan yosh) II davri (ayollar35-55 yosh 15. Keksalik yoshi (erkaklar) 61-74 yosh 16. Keksalik yoshi (ayollar) 56-74 yosh 17. Qarilik yoshi (ayollar va erkaklar75-90 yosh 18. Uzоq umr ko‘ruvchilar 90 yosh va undan оrtiq Yangi tug`ilgan davri. Bola hayotining birinchi oyi yangi tug`ilganlik davri deyiladi. Hayotiy sharoitining bunday o`zgarishi (homila sharoitida ) bola organizmini tashqi muhitning mutloq yangi va doimiy o`zgaruvchan sharoitga moslashishga majbur qiladi. Bu chaqaloqlarning ko`plab organ va sistemalarning faoliyatlarida namayon bo`ladi. Yangi tug`ilgan chaqaloqlarning birinchi 2–4 kunida,tana og`irligini yo`qotadi ( tug`ilish vaqtidagi tana og`irligidan 6–10 % ga kamayadi),natijada bola qizishi yoki sovushi mumkin.Birinchi haftaning ohiri – ikkinchi xaftaning oxiriga kelib chaqaloqlarni normal ovqatlantirish sharoitida va yahshi parvarishlash ko`plab buzilishlar to`liq yoqoladi.Ona suti bu davrda muhim asosiy ozuqasi hisoblanib,bolaning to`g`ri ovqatlanishini ta`minlaydi Emizikli yoshi. Yangi tug`ilganlik davrining tugashi bilan bolalarning intensiv o`sishi va rivojlanishi kuzatiladi, qaysiki, boshqa hech qaysi davrlarda bunday sezilarli darajada o`zgarish bo`lmaydi. Bir yil davomida bolaning tana massasi 200 % ga ortadi,uzunligi – 50 % ga.Ayniqsa,og`irlik va bo`y uzunligidagi katta qo`shimchalar yilning dastlabki 6 ti oyida kuzatiladi. (tana og`irligiga har oyida 600 g, bo`y uzunligiga – 2,5–3 sm qo`shiladi). Emizikli bolalarning to`qimalari nozikligi va yumshoqligi bilan ajralib turadi, to`liq rivojlanmagan elastik (tarang) tolalar,natijasida tez jarohatlanishi mumkin. Maktabgacha, yoki bog`cha yoshi, (1 yoshdan 3 yoshgacha). Bu davrda bolaning o`sish va rivojlanish tempi bir necha martaga sekinlashadi. Bir yilda bo`yiga 8–10 sm, og`irligiga – 4–6 kg qo`shimcha qo`shiladi.Tana praporsiyalari o`zgaradi, nisbatan boshining o`lchami kamayadi: yangi tug`ilgan chaqaloqlarni tanasini ¼ qismini, 3 yoshli bolalarning tanasining 1/5 qismini tashkil etadi. Tishlarning bo`lishi (yilning oxirida ularning soni 8 taga etadi) Maktabgacha yoshi (3yoshdan 7yoshgacha). Bu bola o`sishining sekinlashgan davri hisoblanadi. Bir yilda o`rtacha uzunligi 5–8 sm, tana massasiga –2 kg atrofida qo`shiladi.Tana praporsiyasi sezilarli o`zgaradi. 6–7yoshida boshi tana uzunligi 1/6 qismini tashkil etadi. Maktab yoshi(6–7 dan 17 yoshgacha). 6 yoshidan 11–12 yoshgacha kichik maktab yoshi hisoblanadi. Bu yoshida bolalarning barcha organlari va sistemalari rivojlanishni davom etadi.Sut tishlarining barchasi doimiy tishlarga almashinadi. Skeletning keyingi rivojlanishi davom etadi, muskullarning o`sishi amalga oshadi. 6–7 yoshidan maktabdagi zaruriy o`qish jarayoni boshlanadi.Kuchsiz,tez –tez kasal bo`ladigan, biologik rivojlanishdan orqada qolayotgan bolalarni o`qitishda,qattiq individual munosabat bilan ,nafaqat maktabdagi yuklamasini kamaytirish balki, boshqa faoliyatlarini ham kamaytirish kerak.Shuningdek,o`z vaqtida tibbiy tadbirlarni amalga oshirish zarur. Katta maktab yoshi ikkilamchi jinsiy belgilarning shakllanishi bilan boshlanib va jinsiy bezlarning rivojlanishi bilan tugallanadi. Jinsiy yetilish muddati jinsi va individual xususiyatlarga bog`liq. Qiz bolalarda asosan 12-16 yoshida ,o`g`il bolalarda biroz kechroq ya`ni – 13–18 yoshida kuzatiladi. Bu davrda jismoniy va psixologik rivojlanish tugallanadi,endokrin sistemasining faoliyati ortib,ayniqsa jinsiy bezlarning faoliyati kuchayadi. Salomatlik– organizmning tabiiy holati bo`lib,bu tashqi muhit bilan o`zaro munosabatining hech qanday o`zgarishsiz, kasalliklarsiz holati hisoblanadi Hozirgi vaqtda bolalar va o`smirlarni salomatligini Kompleks baholashda 4 mezon foydalaniladi. 1) Tekshirilgan vaqtda xronik kasalliklarini bo`lmasligi; 2) Organizmning asosiy sistemalarining funksional darajasi; 3) Organizmning noqulay ta`sirlarga qarshi kurashish darajasi; 4) Fiziologik va nerv-psixologik rivojlanish darajasining muvofiqligi Download 64.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling