Amaliy topshiriq: Eng qiziqarli fan ilovasi
Eng qiziqarli fan ilovasi. Qiziqarli fanlar ilovasini bir oz o‘zgartiramiz. So‘rovnomada har bir o‘quvchi faqat bittadan fanni ko‘rsata olsin. Bu ilovada Radiogroup obyektidan foydalanamiz. Avval uning sarlavhasini o‘zgartiramiz va undagi to‘rtta Checkbox obyektlarini olib tashlaymiz. Buning uchun ular ustida navbatma-navbat sichqonchaning chap tugmasini bosib, so‘ng klaviaturadagi Delete tugmasini bosamiz:
Uning o‘rniga yuqoridagi ko‘rsatilgan usulda Radiogroup obyektini joylashtiramiz va unga to‘rtta radiotugmani quyida ko‘rsatilgandek
kiritamiz.
Endi OK tugmasini ikki marta bosib uning TForm1.Button1Click
protsedurasiga quyidagi kodni kiritamiz:
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
var i:integer;begin
n[0]:=n[0]+1;
i:= Radiogroup1.Itemindex; if i>=0 then n[i+1]:=n[i+1]+1;
Radiogroup1.Itemindex:=-1; end;
Bu protsedura har safar ishga tushganda (ilovadagi OK tugmasi
bosilganda) ikkinchi qatordagi operator yordamida yangi o‘zgaruvchi: i ni
yaratadi. To‘rtinchi qatorda so‘rovda qatnashganlar sonini bittaga oshiradi.
Beshinchi qatorda Radiogroup1 da qaysi variant tanlanganini i
o‘zgaruvchiga uzatiladi.
Agar bu qiymat 0 dan katta yoki unga teng bo‘lsa, ya’ni biror variant
tanlangan bo‘lsa, oltinchi qatorda bu variantning tanlanganligi soni bittaga
oshadi. Yettinchi qatorda variantlar tanlanmagan holga o‘tkaziladi va
protsedura o‘z ishini tugatadi. Ilova esa keyingi foydalanuvchining tanlovini
qabul qilishga tayyor turadi:
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
1. Radiotugmalar guruhi obyektining Items xossasidan nima maqsadda
foydalaniladi?
2. Radiotugmalar guruhi obyektining Columns xossasi nima vazifa
bajaradi?
3. Ilovaga sinfdoshlaringizning ismlari joylashtirilgan radiotugmalar
guruhini joylang. Ulardan biri tanlanib, boshqarish tugmasi bosilganda
tanlangan o‘quvchiga uning ismini aytib salom beradigan ilova yarating.
4. Oldingi ilovaga yana fanlar nomi yozilgan va baholar r o‘yxati
bo‘lgan yana ikkita radiotugmalar guruhini kiriting. Tanlangan
o‘quvchining tanlangan fan bo‘yicha tanlab olingan bahosini ekranga
chiqaradigan ilova yarating.
Do'stlaringiz bilan baham: |