1 -mavzu: Sodda, bir va ko‘p amalli (qavsli) arifmetik ifodalarni hisoblash Reja


Memo obyekti va uning imkoniyatlari


Download 7.86 Mb.
bet27/35
Sana21.11.2023
Hajmi7.86 Mb.
#1791814
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Bog'liq
1 -mavzu Sodda, bir va ko‘p amalli (qavsli) arifmetik ifodalarn

Memo obyekti va uning imkoniyatlari.
Ba’zi ilovalarda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatlari ham bo‘lishi kerak. Delphi ning biz shu paytgacha tanishib chiqqan imkoniyatlarida buning iloji yo‘q. Endi biz bunday imkoniyatni yaratadigan boshqarish obyekti bilan tanishamiz.
Bu obyektning nomi Memo bo‘lib, u Memorandum so‘zining qisqartirilgan ko‘rinishi va xizmat uchun yozuvlar degan ma’noni bildiradi.
Bu obyekt obyektlar panelining standart jildida joylashgan:

Delphida yangi ilova yaratib, unga bu obyektni joylaymiz. Ilovani ishga tushirib, sichqonchani Memo ustida bossak, uning ish maydonchasida kursor paydo bo‘ladi. Demak, unga matn kiritish mumkin:



3. Memo obyektining asosiy xossalari.
Memo obyektiga qancha matn k iritish mumkin? Unga chegara bormi? Albatta, bor. Bu obyektga kiritilgan matnda ko‘pi bilan 216=65536 ta harf va boshqa belgilar bo‘lishi mumkin. Bu esa 1000 dan ortiq matn satri degani. Lekin, biz bu obyektda matn kiritishni emas, unga ma’lumotlarni chiqarishni mo‘ljallagan edik. Agar biz unga foydalanuvchi ma’lumot kirgiza olmasligini xohlasak, bu obyektning ReadOnly (faqat o‘qish uchun) nomli xossasini False (yolg‘on) dan True (rost) ga o‘tkazishimiz kerak:
Memo ga kiritilgan matn uning Text xossasida saqlanadi. Unda bittadan
ko‘p matn satrlari bo‘lishi mumkin. Matn satrlarini bir-biridan ajratish
uchun ular orasiga satr oxiri va satr boshiga o‘tish belgilarini qo‘yish kerak
bo‘ladi. Buni quyidagicha amalga oshirish mumkin.
Memo1.Text:=’1-satr’+#13+#10+’2-satr’;
Undan foydalanishni o‘rganish uchun dastlabki ta natural sonning
kvadratlarini topadigan ilova yaratamiz. Unga bittadan Memo, Edit, Button
obyektlarini joylab xossalarini quyidagi rasmda ko‘rsatilgandek qilib
o‘zgartiramiz:



4 Eng yaxshi futbolchi ilovasi.
Yangi obyektlardan foydalanishni o‘rganish uchun eng yaxshi futbolchi tanlovi ilovasini yaratamiz. Yangi ilova yaratib, uning oynasiga bitta ListBox, bitta ComboBox, bitta SpinEdit va bitta Button obyektlarini rasmda ko‘rsatilgandek joylaymiz. ListBox ning Items xossasini ikki marta bosib, hosil bo‘lgan muloqot darchasida yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan 8 ta futbolchi ro‘yxatini kiritamiz. SpinEdit obyektini tanlab, Object Inspector oynasida uning MaxValue xossasini 5, MinValue xossasini 1, MinValue xossasini 1, Value xossasini 5 ga teng qilib o‘rnatamiz. Button1 obyektini ikki marta bosib, dastur kodi oynasini chaqiramiz va Button1Click protsedurasiga quyidagi kodni kiritamiz:
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
var i,j:integer;
begin
i:=ListBox1.ItemIndex; if i>=0 then begin j:=StrToInt(ComboBox1.Items[i]);
ComboBox1.Items[i]:=IntToStr(j+SpinEdit1.Value);
end; end;
Protseduraning birinchi, uchinchi va o‘ninchi satrlari oynada borligini
unutmang. Ikkinchi satrda ikkita yangi o‘zgaruvchi yaratiladi. To‘rtinchi
satrida ulardan birinchisi: i ga tanlangan futbolchining ro‘yxatdagi raqami
beriladi. Beshinchi satrda bu raqamning nomanfiyligi tekshiriladi (aks holda
futbolchi tanlanmagan bo‘ladi). Yettinchi satrda ikkinchi o‘zgaruvchi: j ga
ComboBox1 ro‘yxatining i-satridagi son (dastlab u 0 ga teng) beriladi.
Sakkizinchi qatorda bu songa SpinEdit1 da son (futbolchiga berilgan baho)
qo‘shiladi va u matn satriga aylantirilib, ComboBox1 ro‘yxatining i-satriga
yozib qo‘yiladi. Natijada ComboBox1 dagi ro‘yxatda har bir futbolchi to‘plagan ballar yig‘ilib boradi. Uni bu obyektning o‘ng tomonidagi uchburchak
ko‘rinishida tugmani bosib xohlagan paytimizda ko‘rishimiz mumkin.
Ilovani F9 tugmasini bosib ishga tushiramiz. Unda birinchi ro‘yxatdan
futbolchini tanlab, ikkinchi maydonchada unga berilgan bahoni tanlaymiz
va OK tugmasini bosamiz (chapdagi rasm). Bir necha marta futbolchilarga
ovoz berib, natijani ko‘rish uchun uchinchi maydonchaning o‘ng
tomonidagi uchburchak tugmani bosamiz (o‘ngdagi rasm).




Download 7.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling