1 -mavzu: Sodda, bir va ko‘p amalli (qavsli) arifmetik ifodalarni hisoblash Reja
Label1.Caption:=Label1.Caption+',Kim: '+Inttostr(n[3])
Download 7.86 Mb.
|
1 -mavzu Sodda, bir va ko‘p amalli (qavsli) arifmetik ifodalarn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Label1.Caption:=Label1.Caption+',Kim: '+Inttostr(n[3]);
Label1.Caption:=Label1.Caption+',Inf: '+Inttostr(n[4]); Bu operatorlardan birinchisi ovoz berishda nechta o‘quvchi qatnashganligini, ikkinchisi matematikaga, uchinchisi fizikaga, to‘rtinchisi kimyoga, beshinchisi informatikaga nechta ovoz berilganligini Label1 obyektining Caption xossasi yordamida ekranga chiqaradi. Ilovani ishga tushiramiz va uning to‘g‘ri ishlashini tekshiramiz. Quyidagi rasmlarda ilovaning o‘quvchi qiziqqan fanlarini tanlagandagi va so‘rovnoma natijalari aks etgan ko‘rinishlari keltirilgan: Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar: 1. Bayroqchalar qanday vazifa bajaradilar? 2. Ilovaga bayroqchalar qaysi obyekt yordamida kiritiladi? 3. Bayroqchalarning o‘rnatilganligi qaysi xossasi yordamida tekshiriladi? 4. Global o‘zgaruvchilar qayerda tavsiflanadi? Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: Informatika va axborot texnologiyalari 10-sinf darslik, Toyloqov N.I. , Axmedov A.B. Pardayeva M.D. abdug’aniyev A.A. Mirsanov U.M. ”EXTREMUM-PRESS” nashriyoti-2017 №_26_-Mavzu: Ilovada radiotugmalar guruhidan foydalanish Reja: 1 RadioGroup boshqarish obyekti va xossalari; 2 Eng qiziqarli fan ilovasi (Amaliy topshiriq) 3 Amaliy topshiriq: Eng qiziqarli fan ilovasi 1. Radiotugmalardan foydalanishga misollar. Ko‘pincha bir necha variantdan faqat bittasini tanlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida har bir test savoliga to‘rttadan javob bo‘lib, ulardan faqat bittasi to‘g‘ri va faqat bitta javobni tanlash mumkin. Ma’lumotning Word da abzatsni formatlashning to‘rt xil: chapdan, o‘ngdan, o‘rtadan va ikki tomondan tekislash usullari bo‘lib, ulardan faqat bittasini abzasga qo‘llash mumkin. Ulardan birini tanlash boshqalarining bekor qilinishiga olib keladi. Bunday misollarni boshqa sohalardan ham keltirish mumkin. 2. RadioGroup boshqarish obyekti va uning xossalari. Bir necha variantdan birini tanlash Pascal da case operatori yordamida bajarilar edi. Delphi da buning bir necha xil usullari mavjud bo‘lib, ulardan birinchisi RadioGroup (radiotugmalar guruhi) deb ataladi. Bu boshqarish obyekti obyektlar panellarining standart jildida joylashgan bo‘lib, u o‘ngdan uchinchisidir: Bu obyekt bilan tanishish uchun uni ilova oynasiga joylaymiz. Uning asosiy x ossalaridan biri shu paytgacha uchramagan Items (variantlar)dir. ObjectInspektorda bu xossani ikki marta bosib tanlaymiz. Bunda ekranda uning muloqot darchasi paydo bo‘ladi. Unga radiotugma uchun variantlarning nomlari ro‘yxatini kiritish mumkin. Unga to‘rtta variant nomini har birini yangi satrdan kiritamiz. Kiritilgan variantlarni qabul qilsak, ular darhol ilova oynasida paydo bo‘ladi: Quyidagi rasmda to‘rtta variantli radiotugmalar guruhining bittadan beshtagacha ustunlarda joylashishi ko‘rsatilgan. Ulardan quyidagi xulosalar kelib chiqadi: 1. Radiotugmalar guruhi uchun ajratilgan joy eni ustunlar orasida teng taqsimlanadi. 2. Tugmalar sonini ustunlar soniga bo‘lib, har bir ustunda nechta tugma bo‘lishi topiladi. Tugmalar soni kasr son bo‘lsa, katta butun songacha butunlashtiriladi. 3. Har bir ustun tugmalar bilan to‘ldiriladi. 4. Oxirgi ustunlardan biri yoki bir nechtasi bo‘sh bo‘lib qolishi mumkin. Bo‘sh ustunlar uchun ham joy ajratiladi: Download 7.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling