2. Shar hajmi va sfera yuzasi ilovasi.
Shar hajmi va unga mos sferaning sirtini hisoblaydigan ilova yaratamiz. Buning uchun yangi ilova yaratib, unga uchta Label, bitta Edit va bitta Button obyektlarini joylaymiz. Ilova oynasini va undagi obyektlarni quyidagi rasmda ko‘rsatilgandek qilib o‘zgartiramiz:
Label2.Caption:='Shar_hajmi:'+FloatToStr(4/3*pi*sqr
(StrToFloat(Edit1.Text))*StrToFloat(Edit1.Text));
Label3.Caption:='Sfera_yuzasi:'+FloatToStr(4*pi*sqr
(StrToFloat(Edit1.Text)));
F9 tugmasini ikki marta bosib, ilovani ishga tushiramiz.
3. Ilovalarda o‘zgaruvchilardan foydalanish.
Oxirgi ikki satr juda murakkab ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni kiritishda xato o‘tkazib yuborish hech gap emas. Sharning hajmi va sfera yuzasi ;
formulalar bilan hisoblanishini inobatga olsak, yuqoridagi formulalar
rostdan ham g‘aliz chiqqanligi yaqqol ko‘rinib qoladi.
Bu kamchilikni bartaraf qilishning yo‘li bormi? Albatta bor. Buning
uchun qo‘shimcha o‘zgaruvchilardan foydalanish kerak bo‘ladi.
O‘zgaruvchilar dastur matniga qanday kiritilishini eslash uchun dastur kodi
oynasi va undagi dastur matni bilan yaqindan tanishib chiqamiz.
4. Butun sonlar yig‘indisi ilovasi. va butun sonlar berilgan
bo‘lsin. Ular va ular orasidagi barcha butun sonlar yig‘indisini topadigan
ilova yaratamiz. Buning uchun yangi ilova yaratamiz va unga uchta Label,
ikkita Edit va bitta Button obyektini joylaymiz. Ularning joylashishi va
xossalari quyidagi rasmda berilgan.
Bu protseduraga u qilishi kerak bo‘lgan ishni bajaradigan operatorlarni kiritamiz: protseduraning to‘liq ko‘rinishi quyida keltirilgan: procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject); var i,m,n,s:integer; begin
m:=Strtoint(Edit1.Text); n:=Strtoint(Edit2.Text);
s:=0; for i:=m to n do s:=s+i; Label3.Caption:='Yig‘'indi: '+Inttostr(s); end;
Do'stlaringiz bilan baham: |