1 -mavzu: Sodda, bir va ko‘p amalli (qavsli) arifmetik ifodalarni hisoblash Reja


Download 7.86 Mb.
bet19/35
Sana21.11.2023
Hajmi7.86 Mb.
#1791814
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
Bog'liq
1 -mavzu Sodda, bir va ko‘p amalli (qavsli) arifmetik ifodalarn

Amaliy topshiriq
1. Yangi ilova yarating va uni 03_01 papkada saqlang.
1.1. Ilovaga yettita Label va bitta Button obyektini joylang.
1 .2. Labellardagi yozuvlarni xossasi yordamida mos ravishda 8, 10, 12,
14, 16, 20 va 24 ga o‘zgartiring.
1.3. Button1 tugmani ikki marta
bosib, uning protsedurasiga
quyidagi operatorlarni kiriting:
Label1.Font.Size:=8; Label2.Font.Size:=10;
Label3.Font.Size:=12; Label4.Font.Size:=14;
Label5.Font.Size:=16; Label6.Font.Size:=20;
Label7.Font.Size:=24;
1.4. Ilovani ishga tushiring va tugmani bosib, natijani ko‘ring:



Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:

1. Label boshqarish obyektining xossalari ilovada qanday o‘zgartiriladi?


3. To‘rtinchi ilovani shunday o‘zgartiring-ki, uning oynasi bo‘yi va eni
mos ravishda 5 va 8 qadam bilan o‘zgarsin.
3. To‘rtinchi ilovani shunday o‘zgartiring-ki, uning oynasi enining
qiymati 500 dan 800 gacha bo‘lsin.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Informatika va axborot texnologiyalari 10-sinf darslik, Toyloqov N.I. , Axmedov A.B. Pardayeva M.D. abdug’aniyev A.A. Mirsanov U.M. ”EXTREMUM-PRESS” nashriyoti-2017
_23_-Mavzu: Boshqarish obyektlarining aktiv-passiv holati va Ilovaga ma’lumotlar kiritish
Reja:
1 Boshqaruv tugmasining Visible va Enabled xossalaridan foydalanish.
2 Edit boshqarish obyektlari;
3 Foydalanuvchini qutlash ilovasi

1. Boshqarish obyektlarining Visible xossasi. Kompyuter viruslarini nima uchun topish qiyin? Chunki ular ko‘rinmas, nega-ki, ularning o‘z oynasi yo‘q. Yaratilayotgan ilovalarni ham ko‘rinmas qilib qo‘yish mumkin-mi? Albatta, mumkin. Buning uchun har bir boshqaruvchi obyektda, shu jumladan ilova oynasida ham bo‘lgan Visible (ko‘rinadigan) xossasidan foydalanish kerak


b o‘ladi. U mantiqiy turdagi xossa bo‘lib, faqat True (Rost) yoki False (Yolg‘on) qiymatlarni qabul qiladi.
2. Boshqarish obyektlarining Enabled xossasi.
Rasmda Delphi 7 asosiy menyusining Edit (Tahrirlash) bo‘limi aks etgan. Uning ko‘plab bandlari xira tortib qolganini ko‘rish mumkin. Bu ular faol emasligi sababli, ulardan shu paytda foydalanib bo‘lmasligi bildiradi. Masalan, menyuning to‘rtinchi bandi Copy (nusxa olish)dan foydalanish uchun avval matnning biror bo‘lagini ajratib olish kerak. Matnning biror qismi ajratib olinishi bilan undan nusxa olish mumkin bo‘ladi va menyuning Copy bandi faollashib, to‘q rangda paydo bo‘ladi va bu amalni bajarish mumkin bo‘ladi.
Boshqarish obyektlarining Enabled (faol) xossasi
shu maqsadga xizmat qiladi. Bu xossa ham mantiqiy qiymatlarni qabul qiladi. Agar uning qiymati rost bo‘lsa obyekt faol, yolg‘on bo‘lsa, obyekt sust holatda bo‘ladi.
3. Visible va Enabled xossalaridan foydalanish. Obyektlarning bu xossalaridan foydalanib, oxirgi ilova ishini yaxshilaymiz. Uning oynasi kengligi 600 dan oshib ketsa, Button1 tugmasining Enabled xossasini yolg‘on qilib o‘rnatamiz. Natijada oynani boshqa kengaytirib bo‘lmaydi. Dastlab ikkinchi tugma Button2 ilova oynasida ko‘rinmasin (Button2.Visible=False).
Birinchi tugma yordamida ilova oynasini kengaytirib boramiz. U 600
dan oshib ketishi bilan ikkinchi tugma oynada paydo bo‘ladi
(Button2.Visible:=True) va birinchi tugma xira tortib qoladi
(Button1.Enabled:=False). Endi faqat ikkinchi tugma yordamida ilova
oynasi kengligini kamaytirish mumkin. Kenglik 600 pikseldan kamayishi
bilan birinchi tugma yana faol holatga o‘tsin (Button1.Enabled:=True).
Oyna kengligi 400 dan kamayib ketsa, ikkinchi tugma yana g‘oyib bo‘lsin
va oynani boshqa kichiklashtirib bo‘lmasin.
Birinchi tugma bosilganda nima qilish kerakligini ko‘rsatish uchun uni
ikki marta bosamiz va kursor turgan joyga quyidagi kodni kiritamiz:
If Form1.Width<600 then
begin
Form1.Width:=Form1.Width+16;
Form1.Height:=Form1.Height+9; End else
begin
Button2.Visible:=True;
Button1.Enabled:=False; end;
Ikkinchi tugmani ikki marta bosib quyidagi dastur bo‘lagini kiritamiz:
If Form1.Width>400 then
begin
Form1.Width:=Form1.Width-16;
Form1.Height:=Form1.Height-9; End else
Button2.Visible:=False;
if Form1.Width<600 then Button1.Enabled:=True;




Download 7.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling