1 -mavzu: Sodda, bir va ko‘p amalli (qavsli) arifmetik ifodalarni hisoblash Reja
Download 7.86 Mb.
|
1 -mavzu Sodda, bir va ko‘p amalli (qavsli) arifmetik ifodalarn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Amaliy topshiriq:
1. Delphi da yangi ilova yarating va uni 01_02 papkaga saqlang. 1.1. Ilovaning sarlavhasini salom, olam! deb o‘zgartiring. 1.2. Ilova oynasiga uchta boshqarish tugmasini bir ustun qilib joylang. 1.3. Birinchi tugmani ikki marta bosing. Ekranda paydo bo‘lgan uning TForm1.Button1Click protsedurasiga begin dan keyin TForm1.Caption:=’salom, ‘+TForm1.Caption; ni kiriting. 1.4. Ikkinchi tugmani ikki marta bosib, uning protsedurasini quyidagi ko‘rinishga keltiring: procedure TForm1.Button2Click(Sender: TObject); begin TForm1.Left:= TForm1.Left+10; end; Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar: 1. Boshqarish tugmasi ilova oynasiga qanday o‘tkaziladi? 2. Boshqarish tugmasining xossalari qayerda o‘zgartiriladi? 3. Boshqarish tugmasi tanlanganda uning nima ish qilishi qayerda ko‘rsatiladi? 4. Delphi da yangi ilova yarating. Unga to‘rtta boshqarish tugmasini kiriting. Ulardan birinchisini Yarat, ikkinchisini Yukla, uchinchisini Saqla, to‘rtinchisini Tugat degan yozuv bilan ekranga chiqaring. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: Informatika va axborot texnologiyalari 10-sinf darslik, Toyloqov N.I. , Axmedov A.B. Pardayeva M.D. abdug’aniyev A.A. Mirsanov U.M. ”EXTREMUM-PRESS” nashriyoti-2017 №_21_-Mavzu: ShowMessage oynasi Reja: 1 ShowMessage protsedurasi; 2 IntToStr funksiyasi. 3 Xabar oynasini hosil qilish (amaliy tophiriq) 1. Ikkinchi ilovaning kamchiliklari. Ikkinchi ilovani ishga tushirib, undagi “++” tugmasini ming marta bossak, ilova ekranining eni 16000 pikseldan oshib ketadi. Bu esa dasturchi uchun kechirib bo‘lmas xato. Uni bartaraf qilish uchun ilova oynasi eni ming pikseldan oshsa, boshqa kattalashtirmaslikka kelishib olamiz. Lekin foydalanuvchi tugmani bossada, unda hech qanday o‘zgarish ro‘y bermasa, dasturning to‘g‘ri ishlayotgani unda shubha tug‘dirishi mumkin. 2. ShowMessage protsedurasi. Buning oldini olish uchun ilova o‘z oynasi eni 600 dan oshib ketganligi haqida ekranga alohida oynada xabar chiqarsin. Bu ishni ShowMessage orqali amalga oshiramiz. Ikkinchi ilovadagi Button1 tugmasini ikki marta bosib, paydo bo‘lgan protseduradagi avvalgi ikki operatorni quyidagicha qayta yozib chiqamiz: If Form1.Width<600 then begin Form1.Width:=Form1.Width+16; Form1.Height:=Form1.Height+9; End else ShowMessage(‘Oyna boshqa kengaymaydi’); Ilovani ishga tushirib, uning tugmasini bir necha marta bossak, ekranga quyidagi yozuv chiqadi. Undagi OK tugmasini chertmagunimizcha, ilova o‘z ishini to‘xtatib turadi. 3. IntToStr funksiyasi. Ilovaning ishini yanada yaxshilaymiz. Ilova o‘z oynasining o‘lchamlarini o‘zgartirganda ular qanday bo‘lgani bizga mavhumligicha qolmoqda. Uni ilova oynasiga chiqarishning iloji bormi? Hozircha biz buning bitta yo‘lini bilamiz: oyna o‘lchamlarini oyna sarlavhasiga chiqarish. Buning uchun Form1.Caption:=Form1.Height+’*’+Form1.Wide; operatoridan foydalanamiz. Lekin bu operatordan foydalanib bo‘lmaydi, chunki unda bir turdagi o‘zgaruvchiga ikkinchi turdagi o‘zgaruvchini kiritishga urinish bo‘layapti. Delphida bu xatoga olib keladi. Butun son turidagi kattalikni matn satri turidagi kattalikka o‘tkazish uchun IntToStr (integer to string – butundan satrga olingan) funksiyasidan foydalanamiz: Form1.Caption:=’(‘+IntToStr(Form1.Height)+’*’+In tToStr(Form1.Wide)+’)’; Unga ilovaning haqiqiy nomini ham qo‘shib qo‘yamiz: Form1.Caption:=’Uchinchi ilova’+ Form1.Caption; Button1 tugmasini ikki marta bosib, dastur kodi oynasini chaqiramiz va oxirgi ikki satrni unga qo‘shib qo‘yamiz: If Form1.Width<600 then begin Form1.Width:=Form1.Width+16; Form1.Height:=Form1.Height+9; End else ShowMessage(‘Oyna boshqa kengaymaydi’); Form1.Caption:=’(‘+IntToStr(Form1.Height)+’*’+IntTo Str(Form1.Width)+’)’; Form1.Caption:=’Uchinchi ilova ’+ Form1.Caption; Ilovani ishga tushirib, uning sarlavhasi o‘zgarishini kuzatamiz: 600>600> Download 7.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling