Amaliy topshiriq
1. Delphida yangi ilova yarating va uni 04_01 papkaga saqlab qo‘ying.
1.1. Ilova oynasiga uchta Label va Button uchta obyektini joylang.
1.2. Ulardan birinchilarining Enabled
(faol) va Visible (ko‘rinadigan) xossalarini
o‘zgartirmang. Ikkinchilarida Enabled (faol)
xossalarini, uchinchilarida esa Visible
(ko‘rinadigan) xossalarini False (yolg‘on)
qilib o‘rnating.
1.3. Ilovani ishga tushirib, undagi o‘zgarishlarni kuzating.
1.4. Ilovani saqlang va uni yoping.
2. Yangi ilova yarating va uni 04_02 papkaga sаqlang.
2.1. Unga to‘rtta Button obyektini ikki ustun qilib joylang.
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
1. Visible xossa qanday vazifa bajaradi?
2. Enabled xossasi qaysi obyektlarda uchraydi?
3. Beshinchi ilovani shunday o‘zgartiring-ki, uning oynasi bo‘yi va eni
mos ravishda 5 va 8 qadam bilan o‘zgarsin.
4. Beshinchi ilovani shunday o‘zgartiring-ki, uning oynasi enining
qiymati 500 dan 800 gacha bo‘lsin.
5. Beshinchi ilova tugmalardagi yozuvlarni a–>A va A–>a ga
o‘zgartiring
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Informatika va axborot texnologiyalari 10-sinf darslik, Toyloqov N.I. , Axmedov A.B. Pardayeva M.D. abdug’aniyev A.A. Mirsanov U.M. ”EXTREMUM-PRESS” nashriyoti-2017
№_24_-Mavzu: Ma’lumot turini o‘zgartirish
Reja:
1 Ma’lumotni butun son turiga va teskarisiga o‘zgartirish;
2 Shar hajmi va sfera yuzasi ilovasi;
3 Butun sonlar yig‘indisi ilovasi.
1. Ma’lumotni matn satridan butun son turiga va teskarisiga o‘zgartirish. Yodingizda bo‘lsa, Pascal dasturlash tilida bir turdagi o‘zgaruvchiga ikkinchi turdagi ifodaning qiymatini berib bo‘lmas edi. Delphida ham bu taqiq o‘rinli. Uni qanday aylanib o‘tish mumkin? Masalan, Button1 obyektining eni (Width xossasi) qancha bo‘lishi (butun son turi) Editning Text xossasidan (matn satri turi) olinishi kerak bo‘lsa, Button1.Width:=Edit1.Text operatoridan foydalanish xatoga olib keladi. Natijada ilova dasturi ishlashdan to‘xtab, xato to‘g‘risida ogohlantiradi. Object Pascalda o‘zgaruvchini bir turdan ikkinchi turga o‘tkazish uchun bir qator standart funksiyalar mavjud. Ularni quyida keltiramiz:
1) StrToInt (string to integer) – matn satrini butun songa o‘tkazadi;
2) IntToStr (integer to string) – butun sonni matn satriga o‘tkazadi;
3) StrToFloat (string to float) – matn satrini haqiqiy songa o‘tkazadi;
4) FloatToStr (float to string) – haqiqiy sonni matn satriga o‘tkazadi.
Yuqoridagi operatorni bu funksiyalardan foydalanib, bexato yozamiz:
Button1.Width:=StrToInt(Edit1.Text);
Do'stlaringiz bilan baham: |