1- savol: To’qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion jarayonlar samaradorligini qanday ko’rsatkichlar orqali baholash mumkin? Javob


Download 29.49 Kb.
bet1/6
Sana18.10.2023
Hajmi29.49 Kb.
#1709206
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
moxinurga


1- savol: To’qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion jarayonlar samaradorligini qanday ko’rsatkichlar orqali baholash mumkin?
Javob: To’qimachilik sanoat korxonalariga innovatsiyalarni joriy etish, innovatsion faoliyati amalga oshirish hisobiga korxonaning foydasini ortishi, invistitsiyalarning oqlanish muddatini qisqarishi, tannarxni pasayishi, sifatni yaxshilanishi, mahsulot samaradorligi, korxona samaradorligi kabi ko’rsatkichlar orali baholash mumkin.


2- savol: Tarmoqning innovatsion-investitsiya siyosatini amalga oshirishda ustuvor yo‘nalishlar to‘g‘risida fikringiz qanday?
Javob: Fikrimizcha,investitsiyalarni yigiruv-to‘quv ishlab chiqarishidan tikuvchilik-trikotaj tarmog‘iga ko‘proq yo‘naltirish kerak. Kapital sig‘imi yuqori bo‘lgani birlamchi to‘qimachilik tarmog‘iga investitsiyalarni jalb etish boshlang‘ich bosqich uchun maqsadga muvofiq edi. Bugungi kunda jahon bozori yigiruv, hamda to‘quv ishlab chiqarishi mahsulotlari bilan to‘yingan, natijada rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasida kalava ip hamda xom surp kuchli raqobat bilan tavsiflanmoqda. Oqibat natijada korxonalarda foyda darajasi past bo‘lyapti, xatto korxonalar norentabel bo‘lib qolmoqdalar. Bunday sharoitida barcha to‘qimachilik korxonalariga imtiyozlar va preferensiyalar berish, integratsiyalashgan ishlab chiqarishni yaratayotganlariga esa, kalava ipi yoki gazlamaga ishlov berish, bo‘yash-pardozlash ishlarini amalga oshirishi, tikuvchilik ishlab chiqarishini tashkil etishi maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.


3- savol: Bugungi kunda tarmoq korxonalarining innovatsion faoliyatini tashkil etishda, ularning kuchli va kuchsiz jihatlari nimada, deb hisoblaysiz?
Javob: Fikrimizcha, uyushma tarkibidagi korxonalarning kuchli jihatlari – xom-ashyoga bilan ta’minlanganligi, eng zamonaviy dastgoxlar bilan qurollanganligi, kadrlar yetishtirib beruvchi o‘quv yurtlarining mavjudligi, infrastruktura bilan ta’minlanganligi va korxonalarni doimo modernizatsiya va qayta qurollanish ishlarining olib borilayotganligidir. Shu bilan birga, eksport faoliyatidagi ustunlik tomoni mahsulotlar asosan paxta tolasidan tayyorlanishi, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishni klasterlarni tashkil etilishi, mahsulotlarning tashqi bozorlardagi narxi nisbatan pastligi hisoblanadi.
Kuchsiz jihatlari esa, aylanma mablag‘larining taqchilligi, korxonalar rahbarlarining aksariyati sohani bilmasligi, asosiy mutaxassislarning yetishmasligi, shaharlarda joylashgan korxonalarda ishchi-xizmatchilarning qo‘nimsizligi, mavjud tikuv-trikotaj korxonalari bir smenada ishlashi, mahsulot sifatining jaxon andozalari talablari darajasida emasligi. mahsulotlarning tashqi bozorlarga yetkazib berishning nisbatan qimmatligi hisoblanadi.

Download 29.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling