1- savol: To’qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion jarayonlar samaradorligini qanday ko’rsatkichlar orqali baholash mumkin? Javob


-savol: Kadrlarni motivatsiyalashni qaysi rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rgandingiz? Javob


Download 29.49 Kb.
bet2/6
Sana18.10.2023
Hajmi29.49 Kb.
#1709206
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
moxinurga

4-savol: Kadrlarni motivatsiyalashni qaysi rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rgandingiz?
Javob: Kadrlarni motivatsiyalashning eng yorqin modellari Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va Shvetsiya korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Kadrlarni motivatsiyalashning yapon modeliga ko’ra, Yaponiyada mehnat unumdorligining o`sishi turmush darajasi va ish haqining o`sishidan ustundir.
Kadrlarni motivatsiyalashning Amerika modeliga ko’ra, Amerika korxonalarida motivatsiyaga yondashuv kadrlarning faolligini motivatsiyalashga asoslangan.
Kadrlarni motivatsiyalashning frantsuz modeli Frantsiyada kadrlarni motivatsiyalash strategik rejalashtirish, erkin raqobat va sodiq soliqqa asoslangan.
Kadrlarni motivatsiyalashning Britaniya modeli mehnatni motivatsiyalash modeli ish haqining ikkita tizimini nazarda tutadi: naqd pul va kapital. Ikkala sxema ham kadrlarning ish haqining korxonaning umumiy foydasiga bog`liqligini nazarda tutadi.
5- savol: Rag‘bat o‘zi nima? Moddiy rag’batlantirish qanday yo’lga qo’yiladi?
Javob: Rag`bat – bu tashkilot maqsadlariga erishishning umumiy rejasiga binoan korxona kadrlarida ularga topshirilgan vazifalarga muvofiq holda harakat qilishga intilish yaratishdir. Rag`bat – insonga uning mehnat faoliyati natijalarini munosib baholash sifatida taklif etiladi. Inson ko`pgina rag`batlarni ularning mohiyatini anglab etmasdan, ya`ni beixtiyor qabul qiladi. Turli insonlarda rag`batlarga munosabat bir xil emas.
Rag’batlanitirish o’zi ikki turga bo’linadi moddiy va nomoddiyga. Moddiy rag’batlantirishga oylik ish haqiga qo’shimcha ustamalar, taransportdan bepul foydalanish kirsa nomoddiyga lavozimida o’sish, hurmat e’tibor sog’lig’ini tiklash uchun yo’llanmalar kiradi.


6-savol: Kadrlarni rag’batlantirishda ijobiy va salbiy motivatsiya deganda nima tushuniladi ?
Javob: Kadrlarni motivatsiyalash shakllariga moddiy va nomoddiy motivatsiya, xususan jamoada yaxshi axloqiy muhit, martaba, yaxshi mehnat sharoitlar, ijtimoiy ta`tilni kiritishimiz mumkin.
Ijobiy va salbiy motivatsiya. Salbiy narsa xodimning muvaffaqiyatsizliklarga yo`l qo`ymasligini va korporativ madaniyatga mos kelmaydigan va kompaniyada rag`batlantirilmaydigan muayyan harakatlar qilmasligini ta`minlashga qaratilgan.
Ijobiy motivatsiya esa quyidagilarga asoslangan motivatsiya hisoblanadi, xususan o‘z kuchli tomonlariga ishonish, "Men buni qilaman!" ishtiyoqi, odamlar va loyihalar uchun mas`uliyat, tashkilotchilik va ishlash odati, baxt bilan taqdirlash.



Download 29.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling