1 – tajriba. Ba`zi oqsillarning eritmasini tayyorlash
Download 167.39 Kb. Pdf ko'rish
|
laboratoriya ishi-14
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jelatina.
14-Laboratoriya ishi. Oqsillarga xos tajribalar. Oqsillar denaturatsiyasi. 1 – tajriba. Ba`zi oqsillarning eritmasini tayyorlash. Reaktivlar: bug’doy uni, suv, tuhum, sut, go’sht, osh tuzining 10 % li eritmasi, filtr qog’ozi, voronka. suv bilan aralashtiring. Uni 30 daqiqa chayqating va aralashmani burmali filtr qog‘ozdan o‘tkazib yoki Byuxner voronkasida so‘rish usuli bilan filtrlang. Tiniq filtratda (agar u tiniq bo‘lmasa takror filtrlang) bug‘doy albumini – leykozin bo‘ladi. Jelatina. 1 g jelatinani 100 ml suvda eriting va unga o‘yuvchi natriyning 50%li eritmasidan 0,5 ml qo‘shing. Ish tartibi :1. O`simlik albuminini tayyorlash. 20 g bug’doy unini 80 ml distillangan suv bilan aralashtiring va aralashmani chayqatgichda bir soat davomida chayqating. Uning hosil bo`lgan muallaq zarrachalari eritmasini sentrifugalang, so`ngra suyuqlikni burama filtrdan o`tkazib filtrlang. Filtrlangan tiniq eritma tarkibida asosan bug’doy doni albumini bo`ladi (№ 1 eritma). 2. Tuxum albuminini tayyorlash . Bir dona tovuq tuxumini olib, uning oqini ajratib oling va yaxshilaб aralashtirib kolbaga soling, so`ngra o`ziga nisbatan o`n ikki hajm ko`p distillangan suv bilan chayqatib, turib aralashtiring. Hosil qilingan eritmani voronkaga joylashtirilgan ikki qavat xo`l doka yoki yuvilgan surp lattadan o`tkazib filtrlang. Bunda tuxum albumini eritmasi filtrlanib o`tadi, cho`kmada tuxum globulini qoladi. Tuxum globulinini osh tuzining 10 % li eritmasida eriting, uni filtrlang, so`ngra filtrlangan tuxum albumini eritmasining yarmiga qo`shing. Natijada 2 ta eritma hosil qilinadi: toza albumni eritmasi (№ 2 eritma) va albumin bilan globulin eritmasining aralashmasi (№ 3 eritma). Download 167.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling