1 – tajriba. Ba`zi oqsillarning eritmasini tayyorlash


Download 167.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana24.03.2023
Hajmi167.39 Kb.
#1290382
  1   2   3   4
Bog'liq
laboratoriya ishi-14



14-Laboratoriya ishi. 
Oqsillarga xos tajribalar. Oqsillar denaturatsiyasi. 
1 – tajribaBa`zi oqsillarning eritmasini tayyorlash. 
 
Reaktivlar: bug’doy uni, suv, tuhum, sut, go’sht, osh tuzining 10 % li 
eritmasi, filtr qog’ozi, voronka.
suv bilan aralashtiring. Uni 30 daqiqa chayqating va aralashmani burmali filtr 
qog‘ozdan o‘tkazib yoki Byuxner voronkasida so‘rish usuli bilan filtrlang. Tiniq 
filtratda (agar u tiniq bo‘lmasa takror filtrlang) bug‘doy albumini – leykozin bo‘ladi. 
Jelatina. 1 g jelatinani 100 ml suvda eriting va unga o‘yuvchi natriyning 
50%li eritmasidan 0,5 ml qo‘shing.
Ish tartibi
:1. O`simlik albuminini tayyorlash.
20 g bug’doy unini 80 ml 
distillangan suv bilan aralashtiring va aralashmani chayqatgichda bir soat davomida 
chayqating. Uning hosil bo`lgan muallaq zarrachalari eritmasini sentrifugalang
so`ngra suyuqlikni burama filtrdan o`tkazib filtrlang. Filtrlangan tiniq eritma 
tarkibida asosan bug’doy doni albumini bo`ladi (№ 1 eritma). 
 
2. Tuxum albuminini tayyorlash
. Bir dona tovuq tuxumini olib, uning oqini 
ajratib oling va yaxshilaб aralashtirib kolbaga soling, so`ngra o`ziga nisbatan o`n 
ikki hajm ko`p distillangan suv bilan chayqatib, turib aralashtiring. Hosil qilingan 
eritmani voronkaga joylashtirilgan ikki qavat xo`l doka yoki yuvilgan surp lattadan 
o`tkazib filtrlang. Bunda tuxum albumini eritmasi filtrlanib o`tadi, cho`kmada 
tuxum globulini qoladi. Tuxum globulinini osh tuzining 10 % li eritmasida eriting, 
uni filtrlang, so`ngra filtrlangan tuxum albumini eritmasining yarmiga qo`shing. 
Natijada 2 ta eritma hosil qilinadi: toza albumni eritmasi (№ 2 eritma) va albumin 
bilan globulin eritmasining aralashmasi (№ 3 eritma). 

Download 167.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling