1 – Tajriba ish Simmetriya elementlarini va kristallarning oddiy shakllarini o’rganish. Ishning maqsadi
Download 100.63 Kb. Pdf ko'rish
|
1-tajriba
1 1 – Tajriba ish Simmetriya elementlarini va kristallarning oddiy shakllarini o’rganish. Ishning maqsadi: Мustaqil ravishda kristall modellarda simmetriya elementlarini va quyi kategoriya, o’rta kategoriya, yuqori kategoriyada uchraydigan kristall modelining geometrik shaklini aniqlashni o‘rganish. Kristallarning tashqi shakllari 3 xil cheklovchi elementlardan: yoqlar, qirralarvauchlardan iborat bo‘ladi. Kristallni chegaralovchi tekis yuzalar «kristallning yoqlari» deb ataladi. Kristall yoqlaming o‘zaro kesishishidan hosil bo‘lgan chiziq «kristallning qirrasi» hisob - lanadi. 1.1-rasm. Kristallning cheklovchi elementlari: a) yoqlari; b) qirrasi d) uchlari. Qirralar tutashgan nuqta «kristallning uchi» deb yuritiladi (1.1- rasm).Kristallar shaklini tekshirish va o‘rganishda ulaming bir-biridan farq qilishdagi ko‘zga yaqqol tashlanadigan belgilaridan biri ulardagi simrnetrik (simmetriya - qadimiy yunon tilida “teng o‘xshash” demakdir) tuzilishdir. Agar ikki shaklning biri ikkinchisiga o‘xshash, teng va mos kelar ekan ular o‘zaro simmetrik shakliar hisoblanadi.Ulardan biri ikkinchisining oynadagi aksidek bo'lar ekan, bunday shakliar enantiomorf shakliar deyiladi. Agar bir shaklning o‘zi o‘xshash, teng va mos bo‘lakiardan tashkil topsa, u holda bunday shaklning o‘zi simmetrik shakldir. Shakl bo‘laklari orasidagi mana shu tenglik, o'xshashlik va moslikni geometrik vositalar yordamida tasavvur qilish mumkin. Bunda shakllaming mos bo‘laklari orasidagi o‘xshashlik va tenglikni tasavvur etishda qo‘llaniladigan geometrik vositalar - simmetriya vositalari deyiladi. Har qanday kristall shaklining o‘zi uchun xos simmetriya vositalari bo‘lib, kristall shaklining qay darajada simmetrik tuzilganligi haqida shu kristallda aniqlangan simmetriya vositalarining turi va soniga qarab xulosa chiqariladi. Shunga qarab ular ma’lum tartib bilan sinflarga, singoniya va tabaqalarga ajratiladi. Shunday qilib kristall - o‘xshash va teng qismlardan iborat shakl. Shu o‘xshashlik va tenglikni ma’lum geometrik vositalar yordamida izohlash mumkin. Bunday geometrik vositallar tekislik, to‘g‘ri chiziq yoki nuqta bo‘lishi mumkin. Agar kristallning o‘xshash - teng qismlardan iborat ekanligi ma’lum tekislikka nisbatan aniqlansa, o‘sha tekislik simmetriya tekisligi to‘g‘ri chiziqqa nisbatan aniqlanar ekan, u chiziq simmetriya o‘qi va nihoyat, nuqtaga nisbatan aniqlanar ekan bu nuqta simmetriya markazi deyiladi. 1. «Simmetriya» yunoncha - o‘xshashlik yoki tenglik demakdir. Uning elementlariga simmetriya tekisligi - P, simmetriya o‘qi - L, simmetriya markazi - С kiradi. Bular yordamida kristallar singoniyalari aniqlanadi. «Kristallar simmetriyasi» deganda ularning cheklovchi elementlarini kristallda joylashgan simmetriya markazi, simmetriya o‘qi va simmetriya tekisligiga nisbatan ma’lum qonuniyat asosida to‘g‘ri tartibda takrorlanishini tushunamiz. Masalan, olti yoqli geksagonal prizma shaklidagi kristall (grafit) o‘z o‘qi - simmetriya o‘qi atrofida to‘liq, bir marta aylantirilsa uning o‘xshash tomonlari 6 marotaba qaytariladi. Chunki geksagonal prizma simmetriya o‘qi yordamida aylantirilayotgan vaqtda bar safargi 60° ga burilganida uning cheklovchi elementlari to‘la bir marta o‘rin almashadi, bu uning 2 simmetriyaligidir. 1. Download 100.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling