1 – Tajriba ish Simmetriya elementlarini va kristallarning oddiy shakllarini o’rganish. Ishning maqsadi


Download 100.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi100.63 Kb.
#1552001
1   2   3   4
Bog'liq
1-tajriba

Simmetriya tekisligi -tasavvur etiluvchi tekislikdir. Shu simmetriya elementining 
yordamida kristall shakli bir-biriga o‘xshash, o‘lcham jihatidan bir-biriga teng - simmetrik 
bo‘laklarga bo‘linadi. Simmetriya tekisligi o‘tkazilgach, kristallni teng ikki bo‘lakka bolingan 
qismlari ko‘zgu aksidek biri ikkinchisiga juda o‘xshash bo'ladi. Simmetriya tekisligining soni 
hamma kristallarda turlicha bo’ladi. Masalan, kub shaklidagi kristalldan 9 ta simmetriya 
tekisliklari o‘tadi, ular 9P raqami bilan ifodalanadi. Geksagonal prizma shaklidagi kristalldan 
yettita simmetriya tekisligi o‘tadi (1.2- rasm). Simmetriya tekisligi quyidagi holatlarda o‘tkaziladi: 
1) yoqlardan yoqlarga ularning o‘rta qismi yuziga perpendikulyar holda o‘tkaziladi; 2) yoq 
burchagini qarama-qarshi burchagi tomon kesib o‘tkaziladi; 3) qirralararo o‘tkaziladi; 4) 
qirralarga perpendikulyar holda ular o‘rtasidan gorizontal holda o‘tkaziladi. 
1.2-rasm. Kub qiyofali kristalldan о ‘tgan 9 ta simmetriya tekisliklari: 
3P = 2P 2P = 2P = 9P. 
 
1.3-rasm.Geksagonal prizmalardan о ‘tgan yettita simmetriya tekisligi. 



 
2. 
Simmetriya o‘qi - tasavvur etiluvchi to‘g‘ri chiziq bo‘lib, kristall shu simmetriya 
o‘qining yordamida aylantirilganda uning cheklovchi elementlari to‘g‘ri tartib bilan takrorlanadi. 
Simmetriya o‘qining yordamida kristall bir marta 360° ga aylantiriladi. Shunda kristall o‘xshash 
tomonlarining qaytarilish soni aniqlanadi. Kristallning to‘la 360° ga aylanishida uning dastlabki 
holati ikki, uch, to‘rt, besh yoki olti marta qaytarilishi mumkin. Shunga ko‘ra dastlabki 
takrorlanish soni L harfining o‘ng tomonidagi yuqori qismiga yoziladi (1.4-rasm). L
2
- ikkinchi 
tartibli, L
3
- uchinchi tartibli, L
4
- to‘rtinchi tartibli va h. k. Simmetriya o‘qlari ikki xil bo‘ladi: 

Past tartibli simmetriya o‘qi. Bunga ikkinchi tartibli simmetriya o‘qi kiradi. 

Yuqori tartibli simmetriya o‘qi: uchinchi tartibli – L
3
, to'rtinchi tartibli - L
4
oltinchi tartibli 
- L
6
simmetriya o‘qlari kiradi. 
Simmetriya o‘qi kristallda simmetriya saqlangani holda yoqlar, qirralar o‘rtasidan ularga 
perpendikulyar, yana yoqdan qirraga va yoq- dan kristallning uchiga hamda kristallning uchidan 
uchiga simmetriya saqlangani holda o‘tkaziladi. 
Kristalldan turli tartibli simmetriya o‘qi bir nechtadan o‘tishi mumkin. 
1.4-rasm. Turli shakldagi kristallardan:a) ikkinchi, b) uchinchi d) to ‘rtinchi; e) oltinchi tartibli 
simmetriya о ‘qlari. 
6L
2
1.5-rasm. Kubdan o’tgan turli tartibli simmetriya o’qlari 
Kristalldan о‘tgan ma’lum bir tartibli simmetriya o‘qining soni L harfining koeffitsiyentiga 



yoziladi.Masalan, kub shaklidan o‘tkazilgan uchta to‘rtinchi tartibli simmetriya o‘qi - 3L
4
bilan 
ifodalanadi.To‘rta uch darajali simmetriya o‘qi - 4L
3
bilan ifodalanadi.Oltita ikkinchi darajali 
simmetriya o‘qi 6L
2
bilan ifodalanadi (1.5-rasm). 
1.6-rasm.Simmetriya markazi. 
3. 

Download 100.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling