1. [1, 1] Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy sertifikat diagnostik testi 3 variant Muhyiddin Shodmonov
- Bu sahifa navigatsiya:
- [4] Yo‘qol, nomus, yurak o‘g‘rilari, ko‘zimdan yo‘qol!
8
R a h i m a x o l a. Mayli, qaramasang ham qizim. Omon bo‘lsang, shuning o‘zi katta davlat. J a m i l a. Onajon, ukamni boylarning xizmatiga bermang, bir iloj qilib, birovga berib o‘qiting, men uchun koyimasangiz ham bo‘ladi, meni qarg‘amang, qarg‘amang badbaxt qizingizni, onajon! Qanday issiq, mehribon ko‘krak bu! (Boshini Rahima xolaning ko‘ksiga qo‘yar, yig‘lar) Nima qilay, ilojim yo‘q. (Birdan qo‘rqinchli bir fikr kelar.) Onajon! Bolam nima bo‘ladi, bolam?! Axir, men unga zo‘r umidlar bog‘lagan edim, men uni o‘qitarman degan edim, u menga G‘ofirjondan bir xotira edi, axir, ona, o‘zingiz o‘ylang, bolam kundoshlar qo‘lida xo‘rlanadimi? R a h i m a x o l a. Meni ko‘p yig‘latma! Qanday qilasan?! Bolangga ehtiyot bo‘l! Anavi kampir o‘lgur boyning buyrug‘i bilan bolangni ezib tashlamoqchi ekan! J a m i l a. A? Ezib tashlamoqchi? R a h i m a x o l a. Bolangni o‘zim yelkamda ko‘tarib katta qilaman, boyga zor qilib qo‘ymayman, unga tirnog‘ini ham ko‘rsatmayman, charx yigirib boqaman, eshitganmisan, bolalik uy bozor, bolasiz uy mozor. Men unga hali, mana, do‘ppichalar tikib qo‘ydim. (Ko‘rsatadi.) J a m i l a (do‘ppini bag‘riga bosib). Aylanay, oyimdan, qanday chiroyli gullar solibsiz! Ha, mayli, boyning aytganiga ko‘naman, siz rozimisiz? R a h i m a x o l a. Roziman, bo‘lak ilojimiz yo‘q, bolam, taqdirga tan ber. (Quchoqlashadilar.) J a m i l a. Bas, onajon, bas! Menga shunisi bas. (Rahima xola yig‘lab chiqib ketadi. Jamila darrov ko‘rpa qatidan zaharni oladi.) Bechora bola, bezovtalanadi... Sezadi, shekilli... Bilmayman, o‘g‘ilmiding, qizmiding, kipriklaring uzun bo‘larmidi? Qanday yaxshi odam bo‘lar eding? Yoki G‘ofirdek baxtsiz, onangdek peshanasi sho‘r bo‘lib tug‘ilarmiding? Onang badbaxt, onang berahm, onang odamxo‘r, lekin ne qilayki, ilojim yo‘q, bo‘lak yo‘l yo‘q! (Zaharni ichadi.) Sho‘ring qurg‘ur, biz xotinlarning kuchi shunga yetadi. Bag‘ritosh ona, nima qilding?! Ana, dod deydi! O‘zini uradi. Ana, jim qoldi! Tilkalandi bola bechora! E, og‘u! Navbat menga keldi, kuchingni ko‘rsat! Yuraklarimni o‘y, tomirlarimni qirqib tashla! O‘pkalarimni tesh! Barakalla! Barakalla! Zo‘r ekansan! Bo‘g‘ilaman, bo‘g‘ilaman! B o y (kirib). Jamila! J a m i l a. Boy! Mana Jamila tayyor! Sen bir yolg‘iz meni emas, yosh bir go‘dakning ham uvoliga, qarg‘ishlariga qolding, zolim boy! B o y. Hay, odam bormi, odam! Rahima xola, Xonzoda, Sifat buvi va boshqalar hovliqib kiradilar. J a m i l a. Onajon! R a h i m a x o l a. Voy bolam! (Quchoqlaydi, hushidan ketadi.) B o y. Bu nima gap? Bu qanday gap? X o n z o d a. Jamila! Jamila! P o sh sh a o y i m (hovliqib kirib). G‘ofir o‘g‘ridan ham qo‘rqarmiding? Jamilaxon, nima bo‘ldi?! Jamila! B o y (sarosimada). Bu qanday balo, bu qanday ofat! H a s a n (tashqaridan). Boy ota! Sizni hokim to‘ra chaqiryapti! Tez borar emishsiz! B o y. Nima gap? H a s a n. G‘ofirning do‘stlari saroyingizda, zavodingizda ish tashlaganlar! Qo‘zg‘olon ko‘targanlar! J a m i l a. G‘ofirning do‘stlari! B o y. Bu qanday balo! Ularning hammasini bo‘g‘ish kerak! O‘ldiraman, bo‘g‘aman! (Chiqadi.) H o j i o n a (kirib). Yana kim o‘ldi? Bu qanday balo?! J a m i l a (xotinlarga). Yo‘qol hammang. [4] Yo‘qol, nomus, yurak o‘g‘rilari, ko‘zimdan yo‘qol! Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling