1. [1, 1] Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy sertifikat diagnostik testi 3 variant Muhyiddin Shodmonov
- Bu sahifa navigatsiya:
- ! [2] Zaharli ilon chuchuk tillarini qaltiratib menga marhamat
22. [1, 7] Matn mazmuniga mos to‘g‘ri
ifodalangan ma’lumotni aniqlang. A) Yong‘oq po‘chog‘i meda aynishiga qarshi vosita hisoblanadi. B) Homilador ayollar haftasiga 2ta yong‘oq iste’moli bilan homilaning yaxshi rivojlanishini ta’minlaydi. C) Xom yong‘oq mag‘zini iste’mol qilish qorin og‘rig‘ini keltirib chiqaradi. D) Bodomcha bezlarining yallig‘lanishi bilan bog‘liq kasallikka qarshi yong‘oq bargidan foydalaniladi. Ona tili va adabiyotdan namunaviy test topshiriqlari Muhyiddin Shodmonov 6 BOY ILA XIZMATCHI Drama Asarda yozilishicha, zolim Solihboy yoshligidan qo‘lida xizmat qilib o‘g‘li qatori bo‘lib qolgan G‘ofirni o‘zi uylantirib qo‘yadi. Kelini Jamilaga ko‘zi tushgach, qo‘sha-qo‘sha xotinlari bo‘lishiga qaramasdan, xizmatkorining xotiniga ko‘z olaytiradi. Sotqin qozi, mulla va ellikboshilar boyning pullariga uchib, unga shariat bo‘yicha «yo‘l» topib beradilar. Begunoh G‘ofirni o‘g‘irlikda ayblab qamatadilar, shahar hokimi ham boyning aqchalariga sotilib, bechora xizmatkorni Sibirga surgun qildiradi. Boy Jamilani majburlab, kuch ishlatib unga uylanadi. Sevgan kishisidan ayrilgan, boyning qo‘pol muomalasi va xatti-harakatlari oldida ojiz qolgan Jamila zahar ichadi. To‘rtinchi parda J a m i l a. Qush edim, qanotimni qayirdilar, gul edim, bulbulimdan ayirdilar. Sibir... Sibir... Qanday qo‘rqinchli, xunuk bir ot... Tilga olsam, etlarim junjikadi. U qanaqa joy bo‘lsa ekan! Borsammikan? He, men nima deyapman?! Qayerga ham bora olaman! Meni bu temir qafasga soldilar, ixtiyorimni qo‘limdan oldilar. [1] Aylanamda qancha poyloqchi, qancha qorovullar bor. (Kulib.) Men endi boy xotinman, ha, ha, ha. Boy xotin! G‘ofirjon menga nomahram! O‘ho‘, qancha yig‘ladim, yig‘layversang ko‘zingning yoshi ham tugab qolar ekan, ko‘nikib ham qolar ekansan kishi. Mana endi yig‘lamayman ham. Ko‘zimga qatra yosh ham kelmaydi. O‘limga tik qarab tura beraman. Ne qilay? Yashash uchun kurashdim, olishdim, boshimga tuproq sochib, faryod ko‘tardim, foydasi tegmadi, ko‘z yoshlarimning ariqda oqqan suv chog‘lik qadr-u qimmati bo‘lmadi. Birov, nimaga yig‘laysan, deb so‘ramadi. Ha, menday baxti qaroning kimga keragi bor! Xonzoda bo‘lsa xuddi qarg‘aday go‘shtimni poylab, tepamda uchadi. He, shu ekan-da! (Hoji ona kiradi.) H o j i o n a. Qizim, hali o‘n gulingdan bir guling ochilgani yo‘q. Hoji onaday taqvodor, mehribon, badavlat xotinga kelin bo‘lish har qanday qizning baxtiga uchramaydi. Shukur qil, bolam! Endi o‘sha G‘ofirni esdan chiqar! Kundoshlaringga ehtiyot bo‘l... Ular bergan ovqatlarni yema! Eringni yaxshi hurmat qil! Uni ko‘rganda bosh egib salom qil! Darrov borib, salla, to‘nini ol! Mahsisini o‘zing tort. Eringga sekin gapir, tovushingni kimsa eshitmasin. Unga sira tik qarab gapirma, gunoh bo‘ladi. Ering bilan bir qatorda meni ham hurmat qil, savob bo‘ladi. Shunday qilsang baxting ochiladi! Mana senga ko‘rmana! O‘z bisotimdan! (Arzimagan bir narsani beradi.) Seni namoz o‘qimaydi deyishadi... Besh vaqt namozni kanda qilma! Bo‘lmasa, uyingdan parishtalar qochadi. (Hoji ona namoz o‘qir.) Men endi chiqay. Eringni bugun xursand qil, tuzukmi, bolam. Xudo, mo‘minlarga tavfiq ber, ko‘pning qatorida imonimni basalomat saqla! (Chiqar.) X o n z o d a (vazmin kirib). Xo‘sh, javob o‘yladingmi? J a m i l a. Ayajon, axir men buni qanday qilaman? X o n z o d a. Gap bitta! Sen qilasan! Bilaman, sen boyni yomon ko‘rasan, yolg‘iz men seni undan qutqaraman. Sen boyning xotini emassan. Nikohning qimmati yo‘q, chunki rozi bo‘lmagansan, to‘g‘rimi? J a m i l a. To‘rg‘i, ayajon! X o n z o d a. Yana qaytarib aytaman! Sen boyning xotini emassan! J a m i l a. Aytganingiz kelsin, ayajon! X o n z o d a. Sen shu ishni bajar! Boydan qutulasan, men bo‘lsam o‘z maqsadimga yetaman. Jamila o‘yga botadi. J a m i l a. Ayajon, xo‘p, unadim, bering. X o n z o d a. Mana. (Bir shishada zahar beradi.) Bordi-yu sen meros to‘g‘risida og‘iz ochsang?! J a m i l a. Yo‘q, ayajon, yo‘q. Ko‘nglingizni to‘q tuting. Hech qanday meros, mol, (ta’kidlab) dunyo menga kerak emas. Hammasi sizniki bo‘lsin. X o n z o d a. Men senga mastava kiritaman, shunga sol, boyga ichir. Xayr, hushyor bo‘l, qo‘rqma! (Chiqadi.) J a m i l a. Qanday yaxshi bo‘ldi-ya! [2] Zaharli ilon chuchuk tillarini qaltiratib menga marhamat Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling