1-1 ona tili 9-sinf Darsning mavzusi: Dunyo tillari va o`zbek tili
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash
Download 277.41 Kb.
|
9-sinf ona-tili
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Bog’lovchisiz qo’shma gaplar yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob; 2.169-mashq-uyga vazifa tahlili;
I.1-topshiriq:Berilgan gaplarning turini ayting: 1.Bir kishi ariq ochadi,ming kishi suv ichadi-bog’lovchisiz qo’shma gap; 2.Bir kishi ariq ochadi va ming kishi suv ichadi.-Bog’langan qo’shma gap; 3.Bir kishi ariq ochsa,ming kishi suv ichadi.-Ergashgan qo’shma gap; Bu gaplar bir-biridan bog’lanish vositasi orqali farqlanadi. II.Bilib oling:Zidlik,sabab,shart,payt munosabatlari bog’lovchisiz,bog’langan va ergashgan qo’shma gaplar bilan ham ifodalanishi mumkin.Shunga ko’ra ular bir-biriga ma’nofosh bo’la oladi. Darsning mustahkamlash bosqichida: I.170-173-mashqlar ustida ishlash: 170-mashq:Bog’lovchisiz qo’shma gaplarni bog’langan va ergashgan qo’shma gaplarga aylantiring: 1.Qor yog’di-don yog’di-bog’langan q.g; 2.Qor yog’di-yu,don yog’di-bog’langan q.g; 3.Qor yogdi-goyo don yog’di-ergashgan q.g IITest sinovi: 1.Gap turini aniqlang.Tinchlik- buyuk ne’mat,shuning uchun uni qadrlaylik. A.Sodda gap B.Bog’langan qo’shma gap C.Ergahsgan qo’shma gap D.Bog’lovchisiz qo’shma gap 2.Gapda mano ifodalanmoqda:Yurgan daryo-o’tirgan bo’yra. A.Shart B.Qiyoslash C.Sabab D.Maqsad 3.Sodda gap berilgan qatorni toping. A.Biz “Orasta qizlar ”to’garagida orastalik,chevarlik va donoli sirlaridan bahramand bo’lamiz. B.Sohiba darsga kech qoldi va ustozdan dakki eshitdi. C.Olim bo’lsang,olam seniki D.Bilamizki,ilmlilar doimo ardoqda. 4.Qo’shma gap qismlari qaysi vosita orqali bog’langan? Goh quyosh charaqlab chiqar edi,goh osmonni qora bulut qoplar edi. A.Ohang B.Ergashtiruvchi bog’lovchi C.Ayiruv bog’lovchisi D.Zidlov bog’lovchidi 5.Gap turini aniqlang:hamma yoq osuda,ba’zi-ba’zida uzoqdan yolg’iz qush nolsi eshitilardi. A.Bog’lovchisiz q/g B.Ergashgan q/g C.Sodda gap D.Bog’langan q/g Javoblar:1.C 2.B 3.A 4. 5.A Uyga vazifa:174-mashq:Bog’lovchisiz qo’shma gaplarga misol yozing,uni ergashgan va bog’langan qo’shma gaplarga aylantiring. Kitob bizga bilim beradi,u biz uchun muhim tarbiya vositasi sanaladi.-Bog’lovchisiz q/g; Kitob bizga bilim beradi va u biz muhim uchun tarbiya vositasi sanaladi-Bog’langan q/g; Kitob bizga bilim beradi,shuning uchun u biz uchun muhum tarbiya vositasi sanaladi-ergashgan qo’shma gap;
Download 277.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling