II.184-187-mashqlar ustida ishlash:
186-mashq:Gaplarni ko’chirma gapli qo’shma gaplarga aylantiring:
k.g m.g k.g
1.”Xalqning ishonchini oqlash,-deydi Mirtemir,-har birimizning muqaddas burchimizdir”.
III.Test sinovi:
1.Xalqimiz bejijga:”Ustoz-otangdek ulug’”,-deb aytmaydi.Ko’chirma gap qolipini aniqlang:
A.M.g:”K.g” B.”K.g”,-m.g C.M.g:”K.g”,-m.g D.”K.g,-m.g,-k.g”
2.Ko’chirma gapli qo’shma gaplar qanday qismlardan tarkib topadi?
A.Muallif gapi va ko’chirma gap B.Birovning gapi va muallif gapi
C.Ko’chirma gap va so’zlovchi gapi D.O’zganing gapi va avtor gapi
3.Berilgan gap qanday gap:”Navbatchilar hamma joyni yaxshilab tozalasin”,-deb uqtirdilar ustozimiz.
A.Bog’lovchiziz qo’shma gap B.Sodda gap
C.Ko’chma gap D.Ko’chirma gapli qo’shma gap
4.Ko’chirma gap berilgan qatorni toping.
A.Darsdan so’ng kinoga borishimiz haqida Rahimaga aytdim.
B.Bahor keldi,ammo hali ham sovuq izg’irin o’z hukmini surmoqda.
C.Xalqimiz bir qizga qirq hunar ham ozligini aytib o’tgan.
D.”Urush davrida bir burda non uchun odamlar soatlab navbatda turishgan”,-deb eslaydilar buvijonim.
5.Avval ko’chirma gap berilgan ko’chirma gapli qo’shma gapni toping.
A.Donolar aytadilar:”Vatan ostonadan boshlanadi”
B.”Vatan ostonadan boshlanadi”,-deb aytadilar donolar.
C.Dunyoda onadan azizroq zot yo’qligini ustozimiz qayta-qayta uqtiradilar.
D. Bu yil bahor o’zgacha tarovat bilan kirib keldi.
Javoblar:1.A 2.A 3.D 4.D 5.B
Uyga vazifa:188-mashq:Ko’chirma gapli qo’shma gaplarga misollar topib yozing,ko’chirma va muallif gapini aniqlang:
k.g m.g
1.”Qiz bola o’qib,shahar olib beradimi?”-degan gaplar ta’siriga tushib qolma.
k.g m.g
2.”Ilohim ,oyog’ing hech qachon zamindan uzilmasin,qadamlaring shaxdam,yo’llaring ravon bo’lsin”,-pichirlaydi ona lablari.
Do'stlaringiz bilan baham: |