Skoliotik qad-qomatli odam tik turganda yelkalarining biri past, ikkinchisi baland, ko’kraklari ham past, baland, ko’krak qafasining bir tomoni bo’rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo’ladi. Bunday odam gavdasini to’g’ri va tik tuta olmaydi, tik turganda gavdasi bir tomonga qiyshaygan holatda bo’ladi - Skolioz tayanch-harakat apparati kasalliklariga kiradi, u umurtqa pog’onasining yon tomonga qiyshayishidir. Kasallik o’z vaqtida davolanmasa, uzoq yilga cho’ziladi va oqibat natijada ko’krak qafasi bo’shlig’idagi hayotiy muhim a’zolarga zarar yetadi. Bu kasallikda ko’pincha umurtqa pog’onasining shakli buziladi. Skoliozning og’ir-yengil kechishi umurtqa pog’onasining qanchalik qiyshayganiga bog’liq. Qobirg’alar uchining bir oz bo’rtganligi 10° qiyshayishi skoliozning birinchi darajali belgisi qovurg’alarda bukirlik hosil bo’lib qiyshayish burchagi 30° gacha bo’lsa ikkinchi darajali, qiyshayish burchagi 30-50° bo’lganda skoliozning uchinchi darajasi va nihoyat qiyshayish burchagi 50° dan ortsa, skoliozning to’rtinchi darajasi rivojlangan bo’ladi.
- Noto’g’ri o’tirish natijasida umurtqa pog’onasining yon tomonga egilishi (skolioz). Bolalar va o’smirlar tez o’sib rivojlanadilar. Bu davrda ularning ovqatlanishiga katta ye’tibor berish kerak. Bolalar ovqatida vitaminlar, ayniqsa vitamin D, tuzlar (ayniqsa kalsiy tuzlari) yetarli bo’lmasligi, oyoq suyaklarini noto’g’ri shakllanishiga sababchi bo’lishi mumkin. Buning oqibatida oyoqlar X simon yoki O simon qiyshayadi.
- Oyoqlarning X-simon shaklida oyoqning tizza qismlari bir-biriga tegib turganda tovonlar bir-biridan uzoqlashadi. Oyoqlarning O-simon shaklida, aksincha tovonlar bir-biriga tegib turganda, tizzalar bir-biridan yiroqlashgan holatda bo’ladi.
- Odam tovon-kaftining pastki qismi tayanch-harakatlanish tizimining muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatiga ko’ra tananing ressori vazifasini bajarishga moslashgan.
- Normal rivojlangan oyoq tovon-panja yuzasi sathining ko’proq qismi o’yiqroq (chuqurroq), ozroq qismi gumbaz shaklida bo’ladi. Tovon va panjalarning bunday tuzilishi tana og’irligining oyoqni tovon va kaft qismlariga baravar taqsimlanishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |