1 3-mavzu. Xavflar, ularning tasnifi. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoillari, uslublari. Reja


ular uch asosiy hududga, ya’ni, A, B va V hududlariga bo’linadi: A-


Download 257.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi257.93 Kb.
#1607988
1   2   3
3
ular uch asosiy hududga, ya’ni, A, B va V hududlariga bo’linadi:
A- hudud ishlab chiqarish hududidir, unga veterinariya-sanitariya
kompleksi ham kiradi; 
B- hudud ma’muriy xo’jalik hududidir;
V- hudud esa oziqa saqlash omborlari, dag’al xashak, silos, ildiz-mevalilar
saqlanadigan joydir. 
Go’nglarni saqlash uchun fermalardan kamida 50 m uzoqlikda maxsus go’ngxonalar va 
kamida 300 m uzoqlikda maxsus tozalash inshooti bo’lishi shart. 
Veterinariya-sanitariya kompleksi A hududga kiradi. U yerga kasal va yuqumli kasallik 
bilan kasallangan mollar joylashtiriladi, ya’ni bu karantin sektoridir. Bu sektor berk devorlar bilan 
mahkamlanadi va eshigi oldida dezinfeksiyalovchi baryer o’rnatiladi. Qoramol va naslchilik 
komplekslari hamda cho’chqachilik fermalaridan 500 m uzoqroqqa karantin binosi quriladi. 

Chorvachilik binolari qurilishida o’tga chidamli, issiqlikni o’tkazmaydigan, suv 
singdirmaydigan, havo va bug’ o’tkazmaydigan materiallardan foydalaniladi. Poydevorlar esa 
namga chidamli va past temperaturalarda muzlamaydigan mustahkam va uzoq muddatlarda 
ishlaydigan materiallardan tayyorlanadi.
Binoning atrofiga yomg’ir yoki qor suvlarining poydevorga tegmasdan tushib ketishi 
uchun poydevor tomonga balandlik hosil qilib qalin sementdan yoki asfaltdan 70 sm li yo’lak 
qilinadi.
Chorvachilik ob’ektlari hududlarining obodonchiligi sanitariya me’yorlari va qoidalari 
(ШНК 2.09.04-09) talablariga asosan ko’kalamzorlashtirilishi shart. Ko’kalamzorlashtirish 
maydoni, qurilish maydoni hududning 15-20% dan kam bo’lmagan holda tashkil etilishi kerak. 
Hududda xizmatchilar uchun dam olish doirasi (bir kishi uchun 1 m
2
hisobida) ajratilgan bo’lishi 
kerak. 
Chorvachlik majmuasi kanalizatsiyasi (chiqindi suvlar oqiziladigan quvurlar) chiqindi 
suvlar va boshqa ishlab chiqarish zararli chiqindilarini oqizib turish va zarurat tug’ilganda tozalab 
turish imkoniyatiga ega bo’lishi shart.
Barcha bino va inshootlari yong’in xavfsizligi qoidalari ШНК 2.01.02-04 talablariga mos 
kelishi va ularda o’t o’chirish mashinalari uchun kirish joylari bo’lishi lozim. 
Nazorat uchun savollar. 
1. Chorvachilik binolarini qurishga qo’yilgan talablar nimadan iborat? 
2. Binolarga gigiyena bo’yicha qo’yilgan talablar nimadan iborat? 
3. Davolab bo’lmaydigan kasallikka chalingan hayvonlarni utilizatsiya qilish tartibi 
nimadan iborat? 
4. Binolarda gigiyenik ishlov berish deganda nimani tushunasiz? 
5. Dezinfeksiya, deratizatsiya va dezinvatsiya nima? 
6. Kasb kassaliklari profilaktikasi nima? 

Download 257.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling