1 3-mavzu. Xavflar, ularning tasnifi. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoillari, uslublari. Reja
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi, qayta ishlash va mexanika korxonalarida xavfsizlik
Download 257.93 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chorvachilik binolari uchun xavfsizlikni umumiy talablari
3.2.Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi, qayta ishlash va mexanika korxonalarida xavfsizlik
masalalari. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishidagi ish sharoitlari va ularning asosiy xususiyatlari Hozirgi zamon qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi zamonaviy texnika bilan jihozlanganligi, ya’ni texnika va texnologiyaning takomillashib turishi, ishlab chiqarish jarayonining jadallashuvi, dasturlashtirish, hosilni yuqori sifat darajasida topshirish bilan farq qiladi. Bunda ishlarning davriyligi va mavsumiyligi, foydalanilayotgan energiyaning turliligi (mexanik, issiqlik, elektr, yorug’lik va boshqalar), material va moddalar (qattiq, suyuq, gazsimon) ning har xilligi yig'ishtirilayotgan hosilning ob-havo va boshqa sabablarga bog'liqligini, mehnat sharoitlarini me'yorlashtirishda hisobga olish kerak. Mehnat sharoitlarini yaxshilash ishlari bir qancha omillarni hisobga olgan holda tashkil etiladi. Barcha ishlab chiqarish omillari qo’yidagilarga bulinishi mumkin: tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, tabiiy, iqlim, iqtisodiy. Chorvachilik binolari uchun xavfsizlikni umumiy talablari Chorvachilik binolarini, veterinariya inshootlarini, yem-xashak omborlarini, yem tayyorlaydigan bo’linmalarni va boshqa ishlab chiqarish inshootlarini botqoqlik joylarda, yer osti suvlari yaqin joylashgan hududlarda, oldin mol go’ngi saqlangan joylarda, shuningdek quyonchilik va parrandachilik xo’jaliklari bo’lgan joylarda qurish maqsadga muvofiq emas. Chorvachilik va boshqa turdagi hayvonlarni parvarishlaydigan har qanday hududning maydoni quyidagicha bo’lmog’i kerak: - maydon tekis bo’lishi va suvlar oqib ketishi uchun nishabligi 3° dan ko’p bo’lmasligi; - tabiiy suv manbalari, mavjud yo’llar va elektr ta’minot tarmoqlariga yaqin joylashgan, ammo botqoq hudud yoki jarliklar bilan chegaradosh bo’lmasligi lozim; -sanitariya-himoyalanish doira chegarasiga yaqin va aholi yashaydigan joy relyefidan pastroq joyda hamda shamol esadigan tomonda bo’lmog’i; - yer osti suvlari yerto’la, xandak va kuzatish chuqurliklaridan pastroq bo’lmog’i lozim. Bino va inshootlarni loyihalashda ularning o’zaro zichligi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chorvachilik va ishlab chiqarish ob’ektlarining bino va inshootlari maqsad hamda turiga qarab, sanitariya-himoyalanish doirasi 25 m dan 200 m chegarasida belgilanadi. Chorvachilik va parrandachilik komplekslarining barcha hududlari devor bilan to’siladi va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling