1-4-sinf ona tili darslarida fanga oid kompitensiyalarni shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash usullari
Download 249.21 Kb.
|
ona tilidan ma\'ruza
1-4-sinf ona tili darslarida fanga oid kompitensiyalarni shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash usullari Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng barcha sohalar kabi ta’-lim da ham ulkan islohotlar amalga oshirildi. “Ta’lim to‘g‘risida” hamda “kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarning ijrosini ta’minlash borasida ta’limning barcha bosqichlari uchun davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari yaratildi. katta kuch va mablag‘ hisobidan ta’lim muassasalarining zamonaviy moddiy-texnika bazasi barpo etildi. O‘quvchilarni darslik bilan ta’minlash ning ijara tizimi ishga tushirilib, maktab yoshidagi bolalarning barchasi darsliklarga ega bo‘lishdi. Zamon taraqqiy etgan va o‘zgargan sari o‘zining talablarini ham har bir sohaga qo‘yib bormoqda. Mazkur o‘zgarishlarga mos ravishda o‘z ishini qayta tayyorlay oladigan, yangiliklarni o‘z hayotiga joriy qila oladigan kompetent pedagog-o‘qituvchini tarbiyalash va tayyorlash vazifasi xalq ta’limi tizimida ustuvor maqsadga aylangan. Shunga ko‘ra, amaliyotda qo‘llanilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarga asoslangan davlat ta’lim standartlarini ham kompetensiyaviy yondashuv asosida qayta ko‘rib chiqish zaruriyati tug‘ildi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida (1-9-sinf) ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. Boshlang‘ich ta’limning ona tili fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi. Ushbu o‘quv dasturida 1-4-sinf o‘quvchilarida tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan. Download 249.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling