1-4-sinf ona tili darslarida fanga oid kompitensiyalarni shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash usullari
Download 249.21 Kb.
|
ona tilidan ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- FK - fanga oid kompetensiyalar
- «O‘z manzilingni top» o‘yini
TK - tayanch kompetensiyalar
TK1 - kommunikativ kompetensiya TK2 - axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi TK3 – o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi TK4 - ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi TK5 - milliy va umummadaniy kompetensiya TK6 - matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi FK - fanga oid kompetensiyalar FK1 - nutqiy kompetensiya FK2 - lingvistik kompetensiya Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan interfaol usullar asosiy maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi, bular: o‘rganishda bolaning faolligi, kattalar va tengdoshlari bilan muloqot qilishi; darsda yangi so‘z va iboralarni mazmunini tushunib, eslab qolishga, suhbat davomida qo‘llashga harakat qilishdir. Ona tili darslarida o‘quvchilarga «so‘z turkumlari» bo‘limi asosida tilga oid dastlabki bilimlar beriladi. Asosan grammatik tushunchalarni amaliy o‘rgatishga e’tibor qaratiladi. Bunda interfaol o‘qitish jarayonidan foydalanish kerak. Metod va vositalar qancha xilma-xil bo‘lsa, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan norasmiy muloqotga kirishish imkoniyati ham shuncha katta bo‘ladi. Quyida men o‘z pedagogik faoliyatim davomida qo‘llab kelgan ayrim interfaol metodlardan namunalar keltiraman. «O‘z manzilingni top» o‘yini O‘tilgan mavzularni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilarga shaxs-narsa nomini, uning harakatini, belgisini, sanog‘ini bildirgan so‘zlar yozilgan tarqatmalar tarqatiladi. Sinf o‘quvchilaridan 4ta o‘quvchi chiqarilib, ularning qo‘liga : 1- o‘quvchi shaxs va narsaning nomi, 2- o‘quvchi shaxs va narsaning harakati, 3- o‘quvchi shaxs va narsaning belgisi, 4- o‘quvchiga shaxs va narsaning sanog‘i deb yozilgan turli shakllar beriladi. O‘quvchilar qo‘lidagi tarqatmaga yozilgan so‘zning mavzusini topib, avval 1- guruhdagi o‘quvchilar chiqib, orqasiga turib oladilar. So‘ng o‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi, xatoga yo‘l qo‘ygan o‘quvchi aniqlanadi. Shu holatda keyingi guruhlarda ham takrorlanadi. O‘qituvchi o‘quvchi ishini kuzatib boradi. O‘quvchilar bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlaydi va bartaraf etadi. Bu o‘yinda o‘quvchilarni o‘tilgan mavzularni qanday o‘zlashtirishlari aniqlanadi. Download 249.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling