1-4-sinf ona tili darslarida fanga oid kompitensiyalarni shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash usullari
Download 249.21 Kb.
|
ona tilidan ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Zinama-zina» o‘yini
- «Geometrik alifbo» o‘yini
- «Rasmli diktant»
«Kim chaqqon?» o‘yini
Bu o‘yinda ham barcha o‘quvchi qatnashadi. Har bir guruhga oldindan oq qog‘ozga narsa va shaxsni nomini, harakatini, belgisini bildirgan so‘zlarning so‘roqlari yozib qo‘yilgan bo‘ladi. 1- guruh: «Qanday?» 2- guruh: «Nima qildi?» 3- guruh: «Nima?» so‘rog‘i yozilgan qog‘oz tarqatiladi. O‘quvchilar shu qog‘ozga yozadilar. So‘zlar to‘g‘ri va xatosiz yozilgan bo‘lishi kerak. Bunda o‘quvchilarga yozilgan so‘z takror ishlatilmasligi shart. Yozib bo‘lgandan so‘ng guruh sardori taqdimot qilib beradi. Bu o‘yin ham o‘quvchilarni ziyraklikka, topqirlikka, tez fikrlashga o‘rgatadi. «Zinama-zina» o‘yini 1-, 2- sinflar uchun mo‘ljallangan mazkur o‘yin o‘quvchlarni sanoqni yaxshi o‘rganish, ortib borish tartibini tushinib o‘ynashiga yordam beradi. O‘quvchilarni uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarni farqlashga o‘rgatadi. Bir-birlari bilan do‘stona harakat qilishadi. «Zinama-zina» o‘yini o‘quvchlarni topqirlikka, chaqqonlikka o‘rgatadi. Bu o‘yinda mevalarni, hayvonlarni nomidagi harf soniga qarab, zinalarga joylashtiriladi. O‘yin guruhlarda o‘tkaziladi. Uy hayvoni, yovvoyi hayvonlar, mevalar rasmlari stol ustiga qo‘yilgan bo‘ladi. O‘quvchilar shu yerdan olib zinaga joylashtiradilar. «Geometrik alifbo» o‘yini Bu o‘yin uchun geometrik shakllar kerak bo‘ladi. Geometrik shakllar yordamida alifbo hosil qilib olinadi. Geometrik shakllar har xil rangda bo‘ladi. Shakllar tagiga harflar yoziladi. Shu harflar yordamida so‘z tuzadilar. Bu o‘yin ham guruhlarda o‘tkaziladi. O‘quvchilarni geometrik shakllarni bilishi, ranglarni farqlashga o‘rgatadi. O‘quvchilar o‘zi topgan maqollar mazmunini tushuntirib beradilar. Sabrning tagi oltin Dangasadan hamma bezor. Qolgan ishga qor yog‘ar. «Rasmli diktant» Ona tili fanidan diktant turlaridan 1- sinfdayoq foydalanish mumkin. Diktant o‘quvchilarni eshitib yozish malakalarini rivojlantiradi. «Rasmli diktant» uchun tarqatmalarda turli rasm to‘plami beriladi. O‘quvchilar tarqatmadagi rasmlar nomlarini yozadilar. Har bir o‘quvchiga alohida beriladi. Buning uchun vaqt chegaralangan bo‘ladi. Diktant turida o‘quvchini o‘z fikrini bayon qilish, so‘zlarni to‘g‘ri yozish malakalarini rivojlantiradi. Yuqorida keltirilgan tafsiyalarim yosh o‘qituvchilarga o‘z kasbiy mahoratlarini oshirib borishida yordam beradi, degan umiddaman. Download 249.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling