O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash;
mustaqil ma’noga ega bo‘lgan bir necha so‘zdan tuzilgan so‘zni topish va namuna asosida so‘zlar tuzish;
rasmli kitoblar, jurnal va gazetalarni mustaqil o‘qib-o‘rganish orqali bilimini muntazam oshirib borish;
kun tartibiga rioya qilish, uni to‘g‘ri tashkil etish va badantarbiya bilan shug‘ullanish;
kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarida o‘zini tuta bilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
maktabda, oilada va turar joylarida bo‘layotgan jarayonlarda (turli tadbirlar va h. k.) ishtirok etish;
o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish;
davlat ramzlarini bilish, davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsata olish;
maktabda va maktabdan tashqari tadbirlarda (ko‘rik-tanlovlar va h. k.) ishtirok etish hamda muomala madaniyatiga amal qilish;
sinfda va oilada o‘z o‘rnini bilish, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni anglay olish;
o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish;
sinfdagi jihozlar va o‘quv qurollarini asrab-avaylash.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
orasta kiyinish va gigienik talablarga amal qilish;
maktabning ichki qoidalariga va odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish;
milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
sinfida va oilada necha nafar kishi borligini, sinf xonasi jihozlari va o‘quv qurollari sonini bilish;
Mamlakatimizda nishonlanadigan bayram kunlari sanalarini aniq aytish;
kundalik faoliyatida turli jadvallardan foydalanish;
ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan narsalardan (o‘quv qurollari, kiyim-kechagi va h. k.) tejab foydalana olish;
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuzish, kundalik faoliyatda mavzuga oid jadvallarni o‘qish.
Shuningdek, me`yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |