1-5 -§.§. Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari


Download 381.79 Kb.
bet1/161
Sana05.01.2022
Hajmi381.79 Kb.
#216395
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
Bog'liq
6-тест YANGI 2017


1-5 -§.§. ENG QADIMGI TUZUMDAN SIVILIZATSIYA SARI


  1. Qadimgi dunyo tarixi (6-sinf) qaysi davrda yuz bergan voqealarni o’rganadi?

A) eng qadimgi davrlardan Rim imperiyasi ikkiga bo’linishigacha

B) eng qadimgi davrlardan ilk davlatlar vujudga kelishigacha

C) ilk davlatlar vujudga kelganidan G’arbiy Rimning qulashigacha

D) eng qadimgi davrlardan G’arbiy Rim imperiyasi qulashigacha



  1. Qadimgi bitiklarni o’rganadigan fan nima deb ataladi?

A) numizmatika B) epigrafika C) etnografiya D) lingvistika

  1. Qadimgi tangalarni o’rganadigan fan sohasi nima deb ataladi?

A) diplomatika B) numizmatika

C) arxeografiya D) epigrafika



  1. Eng qadimgi shaharlar, yozuv va davlatlar tashkil topishi va rivojlanishi davrini olimlar ... deb ataydilar.

A) ibtidoiy jamiyat B) sivilizatsiya

C) paleolit D) urbanizatsiya



  1. Dastlabki sivilizatsiya tarixi qayerdan boshlangan?

A) Qadimgi Xitoy B) Yevropa janubi

C) Kipr oroli D) Qadimgi Sharq



  1. Yevropada dastlabki sivilizatsiya qayerda vujudga kelgan?

A) Rimda B) Yunonistonda

C) Krit orolida D) Kipr orolida



  1. “Piramidalar matnlari”, “Marhumlar kitobi” kabi manbalarda qaysi xalq hayoti o’z aksini topgan?

A) hindlar B) O’rta Osiyo xalqlari

C) misrliklar D) yahudiylar



  1. Qadimgi hindlar tarixi haqida ma’lumot beruvchi manbani aniqlang.

A) “Bibliya” B) “Piramida matnlari” C) “Rigveda” D) “Avesto”

  1. Qadimgi odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini olib boruvchi olimlar qanday ataladi?

A) antropolog B) arxeolog C) etnograf D) lingvist

  1. Inson tashqi qiyofasini qaytadan yaratuvchi (tiklovchi) olimlar qanday ataladi?

A) antropologlar B) arxeologlar C) etnograflar D) lingvistlar

  1. Xalqlarning qadimgi urf-odatlarini o’rganadigan olim qanday ataladi?

A) antropolog B) arxeolog C) etnograf D) lingvist

  1. O`zbekiston tarixi bo`yicha eng qadimgi manba?

A) “Avesto” B) Behustun qoya yozuvlari

C) Sug’d bitiklari D) Gerodotning “Tarix” asari



  1. Behustun qoyalari qaysi shahar yaqinida joylashgan?

A) Persepol B) Kirmonshoh C) Suza D) Tehron

  1. Behustun qoya yozuvlarida O’rta Osiyodagi qaysi hudud tilga olinmagan?

A) Baqtriya B) Marg’iyona C) Xorazm D) Sug’diyona

  1. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodot qachon yashagan?

A) mil.avv. VI asrda B) mil.avv. IV asrda

C) mil.avv. V asrda D) mil.avv. III asrda



  1. Gerodotning “Tarix” asari necha kitobdan iborat?

A) 5 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 9 ta

  1. O’rta Osiyo xalqlari madaniyati haqida ma’lumot berilgan “Geografiya” asari muallifini aniqlang.

A) K. Kursiy Ruf B) Arrian C) Strabon D) Sima Szyan

  1. “Aleksandrning harbiy yurishlari” asari muallifini aniqlang.

A) K. Kursiy Ruf B) Ktesiy C) Strabon D) Arrian

  1. Makedoniyalik Aleksandr haqida asar yozgan tarixchilarni aniqlang.

A) Arrian, Polien B) Aristobul, Sim Syan

C) Kvint Kursiy Kuf, Arrian D) Gerodot, Arrian



  1. Yunon tarixchisi va geografi Strabon yashagan davrni aniqlang.

A) milodiy II asr B) mil.avv. I asr oxiri

C) milodiy I asr D) mil.avv. II asr



  1. Yunon tarixchisi Arrian qachon yashagan?

A) mil.avv. II asr B) milodiy II asr

C) milodiy I asr D) mil.avv. I asr oxiri



  1. Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf qachon yashagan?

A) milodiy II asr B) mil.avv. I asr oxiri

C) milodiy I asr D) mil.avv. II asr



  1. Quyidagi qaysi asarda о’lkamizning qadimgi aholisi haqida ma’lumot beriladi?

A) Gerodotning “Tarix”asarida B) Strabonning “Geografiya” asarida

C) Behustun qoya yozuvlarida

D) Arrianning “Aleksandrning harbiy yurishlari” asarida


  1. Insoniyat tarixining barcha mehnat qurollari umumiy bo`lgan, hamma baravar ishlagan bir davri – bu ...

A) urug`chilik tuzumi B) ibtidoiy jamoa tuzumi

C) quldorlik davri D) harbiy demokratiya davri



  1. Qanday omil urug’ jamoasida yetakchilikning erkak kishiga o’tishiga sabab bo’lgan?

A) iqlimning o’zgarishi va ov jarayonining qiyinlashuvi

B) qarindoshchilikning ota tomoniga o’tishi

C) mehnat qurollari va xo’jalik yuritish shakllarining takomillashuvi

D) erkaklarning osonlik bilan og’ir jismoniy mehnatga moslashishi tufayli



  1. Nima sababdan insoniyat atrixining dastlabki davrini olimlar tosh davri deb atashgan?

A) dastlabki turar joylar toshdan qurilgani uchun

B) odamlar dastlab toshli g’orlarda yashaganligi uchun

C) mehnat qurollari toshdan yasalgani uchun

D) qadimgi odamlarning qoldiqlari toshlar orasidan topilgani uchun



  1. Quyidagilardan qaysi biri moddiy yodgorliklar guruhiga kirmaydi?

A) mehnat qurollari B) taqinchoqlar

C) qoya yozuvlari D) qurol-aslahalar



  1. Ilk paleolit davrining sanasini aniqlang.

A) mil.avv. 1 mln. – 100 ming yil B) mil.avv. 2 mln. – 800 ming yil

C) mil.avv. 100 – 40 ming yil D) mil.avv. 3-2 mln. yil



  1. Avstralopitek odami qayerdan topilgan?

A) Xitoydan B) Janubiy Afrikadan

C) Yava orolidan D) Sharqiy Afikadan



  1. Zinjantrop odami qayerdan topilgan?

A) Xitoydan B) Sharqiy Afrikadan C) Keniyadan D) Kongodan

  1. Pitekantrop odami topilgan hududni aniqlang.

A) Germaniya B) Fransiya C) Afrika D) Indoneziya

  1. Neandertal odam qoldiqlari O’zbekistonning qaysi g’oridan topilgan?

A) Teshiktosh B) Machay C) Selung’ur D) Obirahmat

  1. Xitoy hududidan topilgan odam ... deb ataladi?

A) pitekantrop B) sinantrop C) neandertal D) kromanyon

  1. Quyidagilardan qaysi biri so’nggi paleolitda yashagan?

A) pitekantrop B) sinantrop C) neandertal D) kromanyon

  1. Hozirgi qiyofadagi odam qoldiqlari ilk bor qayerdan topib o’rganilgan?

A) Germaniya B) Fransiya C) Afrika D) Indoneziya

  1. Qaysi davrga kelib buyuk muzlik boshlandi?

A) O’rta paleolitda B) ilk paleolitning oxirlarida

C) mezolitda D) so’nggi paleolit boshida



  1. O’rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari qayerdan topilgan?

A) Selung’ur, Ko’lbuloqdan B) Teshiktosh, Obirahmatdan

C) Machay, Ko’lbuloqdan D) Selung’ur, Teshiktoshdan



  1. Uchi bir tomonga qaratib o’tkirlangan qo’pol daryo toshlari nima deb ataladi?

A) mikrolit B) nous C) petroglif D) chopper

  1. Qaysi xo’jalik turlari o’zlashtirma xo’jalik deb atalgan?

A) chorvachilik, ovchilik B) termachilik, ovchilik

C) dehqonchilik, termachilik D) humarmandchilik, savdo



  1. Ilk paleolitning oxirlarida qanday jarayon odamlarni yangicha turmush sharoitiga moslashishga undagan edi?

A) buyuk muzlashning boshlanishi B) misning kashf etilishi

C) buyuk muzlikning chekinishi D) ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tilishi



  1. Teshiktosh g’oridan qanday buyumlar topilgan?

1) tosh qurollari, 2) sopol buyumlari, 3) hayvon suyaklari, 4) dehqonchilik qurollari, 5) qoyatosh rasmlari, 6) inson suyaklari.

A) 2, 3, 5 B) 1, 2, 5 C) 3, 4, 6 D) 1, 3, 6



  1. Teshiktosh g’orida aniqlangan qanday holat ilk diniy e’tiqodlar bilan bog’liq?

A) qalin kul qatlami B) ibodatxonaning topilishi

C) devoriy suratlar D) murdaning dafn etilishi



  1. Paleolit davridagi qanday omillar insonning fikrlash qobiliyati va tafakkurini o`zgartirib bordi?

A) tabiat kuchlari oldidagi ojizlik

B) mehnat faoliyati, tevarak olam haqida to`plangan bilimlar

C) hayvonlarni ovlash jarayoni

D) buyuk muzlikning boshlanishi



  1. Insonni o’rab turgan muhitda ruhlar va jonlarning mavjudligiga ishonish fanda nima deyiladi?

A) magiya B) fetishizm C) animizm D) totemizm

  1. Eng qadimgi odamlarning u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni bartaraf etishiga e’tiqodi fanda qanday ataladi?

A) magiya B) fetishizm C) animizm D) totemizm

  1. So`nggi paleolitga oid bo`lgan qanday hodisa eng qadimgi odamlarda diniy e’tiqodlar bo`lgani to`g`risidagi isbotlardan biri hisoblanadi?

A) murdaning dafn etilishi B) qoya rasmlarining topilishi

C) ilk ibodatxonaning topilishi D) hayvon suyaklaridan ishlangan taqinchoqlarning topilishi



  1. Qoyatosh rasmlaridan eng qadimiylari topilgan Altamir g’ori qayerda joylashgan?

A) Kavkazda B) Boshqirdistonda C) Ispaniyada D) Fransiyada

  1. Toshkent viloyatining Ohangaron daryosi vodiysidan topilgan qadimgi aholi manzilgohini aniqlang.

A) Selungur B) Qo’shilish C) Ko’lbuloq D) Shoshtepa

  1. Quyidagilardan qaysi biri Boshqirdistonda joylashgan?

A) Lasko B) Altamir C) Maykop D) Kapova

  1. Qoyatosh rasmlaridan eng qadimiylari topilgan Lasko g’ori qayerda joylashgan?

A) Kavkazda B) Germaniyada C) Ispaniyada D) Fransiyada

  1. So’nggi paleolit davriga oid qoyatosh rasmlarining topilishi nimalardan dalolat beradi?

A) eng qadimgi san’atning vujudga kelishi

B) ibtidoiy diniy e’tiqodlarning mavjudligi

C) mulkiy tengsizlikning kuchayishi

D) ishlab chiqaruvchi xo’jalikning rivojlanishi



  1. Tasviriy san’atning rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qilgan omilni aniqlang?

  1. dunyoni tushunishga intilish

  2. qoyatosh rasmlarini chizish

  3. yirtqich hayvonlarni ovlash

  4. o’zaro muomalaga kirishish

  1. So’nggi paleolit davri manzilgohlari qayerlardan topilgan?

  1. Xorazm, Buxoro, Termiz

  2. Buxoro, Qashqadaryo, Farg’ona

  3. Samarqand, Toshkent, Farg’ona

  4. Toshkent, Buxoro, Termiz

  1. Quyidagilardan so’nggi paleolit davriga oid yodgorlikni aniqlang.

A) Omonqo’ton B) Obishir

C) Ko’lbuloq D) Selungur



  1. Quyidagilardan qaysi biri so’nggi paleolitda sodir bo’lgan?

A) odamlar tabiiy olovdan foydalana boshladi

B) mikrolitlar yasay boshladi

C) odamlarning urug’ jamoalarga ajralib chiqishi

D) to’quvchilikning kashf etilishi



  1. Qaysi voqea so’nggi paleolitga xos emas?

  1. urug’ jamoalariga ajralib chiqdi

  2. muzlik davri boshlandi

  3. turar joylar ixtiro qilindi

  4. sun’iy olov kashf qilindi

  1. Qachon odamlar kesuvchi, arralovchi mehnat qurollari yasaydigan bo’lishgan?

A) Ilk paleolitda B) so’nggi paleolitda

C) Mezolitda D) Neolitda



  1. Quyidagi qaysi voqea so`nggi paleolit davri odamlarining muhim ixtirosi bo`ldi?

A) hayvonlarning o’rgatilishi B) turar joylar qurilishi

C) tabiiy olovdan goydalanish D) matodan kiyim tikilishi



  1. Qaysi davrda insonlar sun’iy tarzda olov (yog`ochni bir-biriga ishqalash, chaqmoqtoshni bir-biriga urish) hosil qilishni o`rganib oldi?

A) o’rta paleolitda B) so’nggi paleolitda

C) mezolitda D) neolitda



  1. Buyuk muzlik davri qachon o’z nihoyasiga yetdi?

A) eneolitda B) mezolitda

C) neolitda D) so’nggi paleolitda



  1. Mezolit necha mingyilliklarni o’z ichiga oladi?

A) mil.avv. 9-6-ming yillik

B) mil.avv. 40-12-ming yillik

C) mil.avv. 30-25-ming yillik

D) mil.avv. 12-7-ming yillik



  1. Qaysi davrda odamlar o`q-yoy yasashni o`rganib oldi?

A) eneolit davrida B) mezolit davrida

C) neolit davrida D) bronza davrida



  1. Mezolit davriga oid qancha manzilgohlar aniqlangan?

A) 40 ga yaqin B) 50 ta

C) 70 dan ortiq D) 100 dan ziyod



  1. Mezolit davriga tegishli bо’lgan manzilgohlarni toping.

1) Obishir, 2) Machay, 3) Zamonbobo, 4) Selung’ur, 5) Zarautsoy, 6) Sarazm,

7) Qо’shilish, 8) Namozgoh.

A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 3, 5, 7

C) 1, 2, 5, 7 D) 2, 4, 5, 7



  1. Neolit davri sanasini aniqlang.

A) mil.avv. 12-7-ming yillik

B) mil.avv. 6-3-ming yillik

C) mil.avv. 4-3-ming yillik

D) mil.avv. 6-4-ming yillik



  1. Arxeologlar neolit davrining boshlanishini qaysi voqea bilan belgilashadi?

  1. mikrolitlarning yasalishi bilan

  2. dehqonchilikning boshlanishi bilan

  3. sopol idishlarning kashf etilishi bilan

  4. tо’quvchilikning kashf etilishi bilan

  1. Quyidagilardan O’zbekiston hududida neolit davriga tegishlisini aniqlang.

  1. turar joylar kashf qilindi

  2. paxsa uylar qurish boshlandi

  3. kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi

  4. xom g’ishtdan kоp xonali uylar qurila boshlandi

  1. Qachon paxsadan imoratlar qurish boshlangan?

A) mezolitda B) neolitda C) eneolitda D) bronzada

  1. Neolit davrining muhim kashfiyotlari–bu …

A) ziroatchilik B) kulolchilik, to’quvchilik

C) mikrolitlar D) g’ildiraklar



  1. Sopol idishlar qachon kashf etilgan?

A) neolitda B) eneolitda

C) bronza asrida D) ilk temir asrida



  1. Qaysi davrda odamlar toshdan kichik mehnat qurollari – mikrolitlardan foydalanadilar?

A) mezolit va neolit davrida B) so’nggi paleollit davrida

C) o’rta paleolit davrida D) ilk paleolit davrida



  1. Urug’ jamoalarining o’troq manzilgohlari qaysi davrda shakllangan?

A) neolit davrida B) eneolit davrida

C) bronza davrida D) mezolit davrida



  1. Neolit davri oxirida odamlar qanday kashfiyotni amalga oshirdilar?

    1. ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilikka asos solingan

    2. dastlabki metal–mis kashf qilingan

    3. harakatlanish vositalari kashf qilingan

    4. sopol buyumlar naqshlar bilan bezatiladigan bo’ldi

  1. Eneolit davri sanasini aniqlang.

A) mil.avv. 5-4-ming yillik B) mil.avv. 3-2-ming yillik

C) mil.avv. 4-3-ming yillik D) mil.avv. 6-4-ming yillik



  1. Qaysi voqea kishilarning moddiy va ma’naviy madaniyatiga katta ta’sir ko’rsatdi?

A) sun’iy olovning kashf etilishi B) metallurgiya rivoji

C) o’troq turmush-tarziga o’tilishi D) kulolchilikning paydo bo’lishi



  1. Mil.avv. IV ming yillikda qadimgi Shaqrda ilk davlatlar paydo bo’lgan davrda O’rta Osiyoda…

  1. matriarxat davri o’z rivojining cho’qqisiga yetdi

  2. patriarxat davri boshlandi

  3. sug’orma dehqonchilik vujudga keldi

  4. sopol buyumlar ysash boshlandi

  1. Qaysi davrdan boshlab insonlar idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalana boshladilar?

A) neolit B) eneolit

C) bronza D) ilk temir



  1. Qaysi davrdan boshlab O’rta Osiyoda sopol idishlar sirti turli naqshlar bilan bezatila boshlandi?

A) neolitdan B) eneolitdan

C) bronza asridan D) ilk temir asridan



  1. Qaysi davrda chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi?

A) neolitda B) eneolitda

C) bronza asrida D) ilk temir asrida



  1. Qachon bronza mehnat qurollari, qurol-yaroqlar va zeb-ziynatlar tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy materialga aylandi?

A) mil.avv. 3 ming yillik o’rtalarida

B) mil.avv. 4 ming yillik oxirida

C) mil.avv. 3 ming yilllik oxirida

D) mil.avv. 2 ming yillik boshida



  1. Bronza davriga kelib…

  1. sopol idishlar naqshlar bilan bezatila boshlandi

  2. o’troq hayot tarziga o’tis boshlandi

  3. patriarxat davri boshlandi

  4. o’zlashtiruvchi xo’jalik inqirozga uchradi

  1. Ma’lumki, urug’ jamoasiga dastlab ayollar boshchilik qilgan. Qanday omillar jamoada yetakchilikning erkaklarga o’tishiga olib kelgan?

A) tez yurar hayvonlarning paydo bo’lishi natijasida ov jarayonining qiyinlashuvi

B) ziroatchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning vujudga kelishi

C) diniy tasavvurlarning rivojlanishi

D) tosh qurollarning iste’moldan chiqa boshlashi



  1. O’lkamiz hududidagi qadimiy manzilgohlarning qaysi biri nisbatan keyinroq paydo bo’lgan?

A) Sopollitepa

B) Zamonbobo

C) Jarqo’ton

D) Qiziltepa



  1. Quyidagi qaysi yodgorlik Buxoro viloyatida joylashgan?

A) Sarazm B) Namozgoh

C) Zamonbobo D) Oltintepa



  1. O’rta Osiyoning qaysi qadimgi manzilgohidan zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari topilgan?

A) Zamonbobo B) Sarazm

C) Sopollitepa D) Jarqo’ton



  1. Quyidagilardan qaysi biri bronza davriga oid emas?

A) Sopollitepa B) Zamonbobo

C) Maykop qo’rg’oni D) Jarqo’ton



  1. Quyidagi topilmalarning qaysi biri bronza davriga tegishli?

A) arfa chalayotgan ayol tasviri

B) ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor

C) arxar shoxi bilan o’ralgan bola qabri

D) yovvoyi buqalarni ovlash aks etgan qoya rasmlari



  1. Quyidagi qaysi yodgorlikdan yirik-yirik xumlarda saqlangan bug`doy va arpa doni topilgan?

A) Zamonbobodan B) Sarazmdan

C) Sopollitepadan D) Qo’shilishdan



  1. Jarqo’ton manzilgohi qurilish tarixida ...

A) yirik davlatning poytaxti ekanligi alomatlari seziladi.

B) uch qismli rejaviy tuzilish kuzatiladi.

C) shaharning ilk alomatlari ko’zga tashlanadi.

D) ibodatxona qasrdan tashqarida qurilganligi ko’zga tashlanadi.



  1. G’ildirak qaysi davrda kashf etilgan?

A) neolitda B) eneolitda

C) bronza asrida D) ilk temir asrida



  1. Qachon Kichik Osiyodagi xettlar temirdan foydalanishgan?

A) mil.avv. XV-XIV asrlarda

B) mil.avv. XIV-XIII asrlarda

C) mil.avv. XII-X asrlarda

D) mil.avv. IX-VIII asrlarda



  1. Temirdan dastlab nima maqsadda foydalanilgan?

A) ovlashda B) yerga ishlov berishda

C) pul o’rnida D) zeb-ziynat, bezak sifatida



  1. Eng qadimgi temir buyumlar topilgan Maykop qo’rg’oni qayerda joylashgan?

A) Misrda B) Hindistonda

C) Kavkazda D) Mesopatamiyada



  1. Mil.avv. I ming yillik boshlarida О’rta Osiyo aholisi 4 guruhga bо’lingan. Bular….

  1. kohinlar, jangchilar, dehqonlar, hunarmandlar

  2. zodogonlar, ruhoniylar, dehqonlar, qullar

  3. savdogarlar, dehqonlar, hunarmandlar, qullar

  4. kohinlar, savdogarlar, jangchilar, hunarmandlar

  1. “Avesto”da qabilalar ittifoqi qanday nomlangan?

A) zantu B) daxyu

C) nmana D) varzana



  1. Qadimgi dunyo tarixi qaysi manbalar asosida o’rganiladi?
    A) arxeologik va antopologik manbalar

B) etnografik va lingvistik
C) numizmatik va yozma manbalar

D) arxeologik va yozma manbalar




Download 381.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling