1-5 -§.§. Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari


Download 381.79 Kb.
bet7/161
Sana05.01.2022
Hajmi381.79 Kb.
#216395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   161
Bog'liq
6-тест YANGI 2017

6-10.§. Qadimgi Misr


  1. Qadimgi Misr tarixiga oid qaysi ma’lumot noto’g’ri ?

  1. Nil vodiysi har ikkala qirg’oq bo’ylab 3 km dan 22 km gacha kenglikdagi va 6 ming km uzunlikdagi sug’oriladigan yerlardir

  2. Misrliklar o’z yurtlariga “Qora tuproq” deb nom berganlar

  3. olimlar Misr tarixini ilk, qadimgi, yangi va so’nggi podsholik davrlariga bo’lishadi

  4. Misr zodagonlarining uylari Somon qo’shib qorilgan loydan va xom g’ishtdan qurilgan

  1. Qadimgi misrliklar qachondan boshlab Nil vohasini o’zlashtira boshlaganlar?

A) mil.avv. V ming yillikdan

B) mil.avv. IV ming yillik boshlaridan

C) mil.avv. IV ming yillik oxirlaridan

D) mil.avv. III ming yillik boshlaridan



  1. Qadimgi misrlik dehqonlar qanday ekinlarni ekishgan?

A) bug’doy, arpa B) bug’doy, javdar, sholi

C) bug’doy, paxta D) bug’doy, javdar, uzum



  1. Qadimgi Misr hunarmandlarining necha xil kasb-korlari bо’lgan?

A) 20 ga yaqin B) 30 dan ortiq

C) 100 ga yaqin D) 50 dan ziyod



  1. Oddiy misrliklarning uy-joylari nimadan yasalgan?

A) loy va yog’ochdan

B) somon qo’shib qorilgan loydan

C) xom g’ishtdan

D) loy suvalgan papirus poyalaridan



  1. Qachon Misr yagona podsholikka birlashgan?

A) mil.avv. 3250-yilda B) mil.avv. 3500-yilda

C) mil.avv. 3000-yilda D) mil.avv. 2600-yilda



  1. Birlashgan Misrning birinchi hukmdori kim bo’lgan?

A) Ptax B) Menes C) Yaxmos D) Xeops

  1. Misrning ilk poytaxti qaysi shahar edi?

A) Fiva B) Memfis C) Giza D) Abidos

  1. Olimlar qadimgi Misr tarixini nechta davrga bo’lishgan?

A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta

  1. O’rta podsholik davrida Misrning poytaxti qaysi shahar edi?

A) Fiva B) Memfis C) Giza D) Abidos

  1. Qadimgi Misrga chegaradosh bo’lgan qaysi hududdan mis qazib olinar edi?

A) Liviya sahrosi B) Sinay yarim oroli

C) Fors qo’ltig’i D) Arabiston sahrosi



  1. Qadimgi Misr bilan chegaradosh hududlarni aniqlang.

1) janubda, 2) sharqda, 3) g’arbda, 4) shimolda.

a) Liviya, b) Arabiston sahrosi, c) Nubiya, d) O’rta Yer dengizi.

A) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c B) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d

C) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d D) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d



  1. Javoblarning qaysi biri notо’g’ri berilgan?

  1. Mil.avv. IV ming yillik boshlarida Nil vodiysi о’zlashtirila boshlandi

  2. Nil vodiysini har ikkala tomondan tog’lar о’rab turadi

  3. Misr g’arbda Nubiya bilan chegaradosh bo’lgan

  4. Misrliklar hosilni qishda yig’ib olishgan

  1. Quyidagi qaysi javobda Misrning ilk hukmdori keltirilgan?

A) Osiris B) Yaxmos

C) Menes D) Minos



  1. Qaysi davrda Misr fir’avnlari Sinay yarim orolini bosib oldi?

A) о’rta podsholik

B) ilk podsholik

C) qadimgi podsholik

D) sо’nggi podsholik



  1. Falastin va Suriyada misrliklar nimalar olib kelishgan?

  1. hunarmand yasagan buyumlar, qimmatbaho nodir toshlar

  2. oltin, kumush, sopol idishlar

  3. temir, mis, tilla taqinchoqlar

  4. otlar, aravalar, nodir toshlar

  1. Misrliklar Nubiyaga qanday mahsulotlarni ayirboshlash uchun borishgan?

  1. oltin, kumush, toshlar

  2. oltin, smola(qatron) , fil suyagi, nodir navli yog’och

  3. temir, mis, nodir toshlar

  4. qullar, otlar, qimmatbaho nodir toshlar


  1. O’rta podsholiklar fir’avnlari qaysi o’lkalarni bosib olishga muyassar bo’lishgan?

  1. Suriya, Sinay yarim oroli

  2. Liviya, Nubiya, Arabiston yarim oroli

  3. Janubiy Falastin yerlari, Nubiya shimoli

  4. Suriya, Falastin, Sinay yarim

  1. Ko’chmanchi giksoslar Misrga hujum qilgan davrni aniqlang.

A) mil.avv. XV asr B) mil.avv. XVIII asr boshida

C) mil.avv. XVIII asr oxirida D) mil.avv. XVI asr



  1. Giksoslarning bosqinchiligidagi muvaffaqiyat nima bilan boliq?

  1. kuchli piyoda qо’shinning mavjudligi

  2. qо’shinning yagona sardor tomonidan boshqarilishi

  3. ot qо’shilgan aravalarning mavjudligi

  4. giksoslar qо’shinining kо’pligi

  1. Misrdan giksoslarning haydab chiqarilishiga kim boshchilik qildi ?

A) Tutmos III B) Yaxmos

C) Menes D) Tutmos II



  1. Qaysi shahar giksoslarga itoat qilmagan?

A) Memfis B) Fiva

C) Abidos D) Avarna



  1. Misrda yangi podsholik davri asoschisi kim ?

A) Menes B) Tutanxamon

C) Yaxmos D) Tutmos III



  1. Yangi podsholik davri fir’avnlari quyidagi qaysi hududga yurish qilmagan?

A) Nubiya B) Suriya

C) Falastin D) Arabiston yarim oroli



  1. Qaysi Misr fir’avni Falastin, Finikiya va Suriyani istilo qilishni boshlagan?

A) Yaxmos B) Tutmos II

C) Tutmos III D) Menes



  1. Qaysi misr fir’avni davrida Old Osiyoda misrliklar hukmronligi o’rnatiladi?

A) Yaxmos B) Tutmos III

C) Tutmos II D) Menes



  1. Qaysi voqea Misrda Yangi podsholikning zaiflashishiga sabab bo’lgan?

A) ossuriyaliklar istilosi

B) fir’avnlarning ko’p sonli aholini piramidalar qurlishiga jalb etishi

C) fir’avnlarning bosib olingan mahalliy qabilalar bilan urushlari

D) giksoslar hujumi



  1. Yangi podsholikdan so’ng Misr qachon yagona davlatga birlashdi?

A) mil.avv. VIII asrda B) mil.avv. VII asrda

C) mil.avv. VI asrda D) mil.avv. V asr boshida



  1. Kambiz qachon Misrni bosib oldi?

A) mil.avv. 546-yil da B) mil.avv. 532-yilda

C) mil.avv. 525-yilda D) mil.avv. 522-yilda



  1. Qadimgi Misr aholisi uchun din ...

A) tabiat hodisalariga izoh beruvchi vosita bo’lgan.

B) qo’shni xalqlarni bo’ysundirish quroli bo’lgan.

C) kundalik hayotning ajralmas bo’lagi hisoblangan.

D) aholini itoatda tutish uchun kerakli qonunlar to’plamidan iborat bo’lgan.



  1. Memfis shahri xudosini aniqlang.

A) Amon B) Ptax

C) Osiris D) Isida



  1. Qadimgi misr mifologiyasiga ko’ra qaysi xudo olamni yaratayotganda har bir narsaning nomini insonga o’rgatgan?

A) Osiris B) Amon

C) Izida D) Ptax



  1. Ptax degan xudoning yer yuzidagi qiyofasi qanday atalgan?

A) Anubis B) Amon

C) Apis D) Xapi



  1. Fiva shahrining homiy xudosini aniqlang.

A) Maat B) Xapi

C) Amon D) Ptax



  1. Qachondan boshlab quyosh xudosi Amon-Ra firavnlarning oliy ilohasi va homiysi hisoblangan?

A) mil.avv. IV asrdan B) mil.avv. I ming yillikdan

C) mil.avv. IX asrdan D) mil.avv. II ming yillikdan




  1. Qadimgi Misrda quyosh xudosi qanday atalgan?

A) Maat B) Gelios

C) Ra D) Ptax



  1. Qadimgi Misr mifologiyasiga ko’ra, Misrdagi hayotning birlamchi manbai va posboni – bu …

A) Osiris B) Amon

C) Xapi D) Ra



  1. Qadimgi Misrda yer osti saltanati xudosi qanday atalgan?

A) Isida B) Aid

C) Xatxor D) Osiris



  1. Qadimgi Misr mifologiyasiga ko’ra qaysi xudo misrliklarni dehqonchilikka o’rgatgan?

A) Isida B) Osiris

C) Xapi D) Ptax



  1. Qadimgi Misr xudolari to’g’ri berilgan qatorni aniqlang.

1) Set, 2) Xatxor, 3) Maat, 4) Anubis, 5) Tot.

a) musiqa, go`zallik va sevgi ilohasi; b) Osirisning birodari, baxtsizlik, sahro va bo`ron xudosi; c) mar-humlar va mumiyolanganlar xudosi, ko’milganlar rahnamosi; d) adolat va adliya ilohasi; e) Oy, donishmandlik va tabobat xudosi.

A) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a, 5-e B) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c, 5-e

C) 1-b, 2-a, 3-d, 4-e, 5-c D) 1-b, 2-d, 3-a, 4-e, 5-c



  1. Qadimgi Misrda buqa timsolidagi xudoni aniqlang ?

A) Anubis B) Amon

C) Apis D) Bastet



  1. Qadimgi Misrda kimlar xudolar va odamlar o’rtasidagi vositachi deb hisoblangan?

A) kohinlar B) hayvonlar

C) fir’avnlar D) qo’ng’izlar



  1. Qadimgi Misrda kimlar Nilning qachon toshishini, qachon urug’ sochib, qachon hosil yig’ilishini oldindan bilishgan?

A) fir’avnlar B) kohinlar

C) mirzolar D) ziroatchilar



  1. Xufu piramidasi qurilishida qancha tosh ishlatilgan?

A) 2, 5 mln. dona B) 2 mln. dona

C) 1, 5 mln. dona D) 3 mln. Dona



  1. Sarkofag nima?

A) harbiy qоshin B) qabriston, maqbara

C) tosh tobut D) papirusdan qilingan uy



  1. Qaysi podsholik davridan piramidalar qurilishi to’xtatilgan?

A) O’rta podsholik B) Qadimgi podsholik

C) Yangi podsholik D) So’nggi podsholik



  1. Qadimgi Misrda eng mashhur maqbara qaysi?

A) Tutanxamon B) Xeops

C) Xufu D) Xafra



  1. Qadimgi Misrda “Podsho tirsagi” necha santimetrga teng bo’lgan?

A) 54 sm B) 24 sm

C) 28,7 sm D) 52,5 sm



  1. Misrda mumyolash necha kun davom etgan?

A) 70 kun B) 60 kun

C) 40 kun D) 30 kun



  1. Qadimgi misrliklaming nazariy bilimlarining dunyoga kelishi va rivoj topishi… bog’liq bo’lgan.

A) ularning diniy tasavvurlari bilan

B) Nil daryosi toshqini bilan

C) yozuvni kashf etilishi bilan

D) ularning kundalik hayoti bilan



  1. Misrliklar yozuvdan nima maqsadda foydalanishgan?

  1. xo’jalik yuritishda

  2. hukmdorlar vasiyatini yozishda

  3. duolar va marosimlarni yozishda

  4. qarzlarni yozib borishda

  1. Misrliklar yozuvni nima deb nomlashgan?

A) podsho xati

B) muqaddas bitik

C) xudolar kalomi

D) hayot maktabi



  1. Quyidagi qaysi so’z “toshga chekilgan muqaddas bitik” degan ma’noni beradi?

A) “petrolif”

B) “iyeroglif”

C) “epigraf”

D) “piktografiya”



  1. Misrda yozuvlar dastlab nimalarga yozilgan?

  1. qog’ozga

  2. maqbara devoriga, xudolar haykallariga

  3. papiruslarga

  4. sopol buyumlar parchasiga va ohaktoshga

  1. Qadimgi Misr alifbosi nechta belgidan iborat bo’lgan?

A) 675 ta B) 550 ta

C) 750 ta D) 775 ta



  1. Qadimgi Misrda yozishda nimadan foydalanilgan?

A) suyak parchasi B) qamish qilqalam

C) metall tayoqcha D) yog’och tayoqcha



  1. Misr iyerogliflarini o’qish kalitini kim aniqlagan?

A) A.Dyupperon B) G.Shliman

C) F.Shampolyon D) F.Shiller



  1. Misr iyerogliflarini o’qish kaliti qachon aniqlangan?

A) 1870-yilda B) 1822-yilda

C) 1877-yilda D) 1896-yilda



  1. Rozett bitiktoshi qaysi tillarda yozilgan?

A) elam va misr B) yunon va misr

C) bobil va misr D) misr, bobil va elam



  1. Rozett bitiktoshi qayerda saqlanadi?

A) Luvr muzeyida B) Qohira muzeyida

C) Kama muzeyida D) Britaniya muzeyida



  1. Misrda asosiy o’lchov birligi – bu ...

A) “xarvor” B) “mino”

C) “tirsak” D) “mu”



  1. Misr Afrikaning qaysi tomonida joylashgan?
    A) shimoli-sharqida B) janubida

C) shimoli-g`arbida D) sharqida

  1. Nil daryosi qaysi dengizga quyilardi ?
    A) Qizil dengizga B) O`rtayer dengiziga
    C) Arabiston dengiziga D) Egey dengiziga

  2. Qadimgi Misr hunarmandlari qancha kasb-korlarga ega bo’lganlar ?

A) 30 dan ziyod B) 40 dan ziyod

C) 10 dan ziyod D) 20 dan ziyod



  1. Misrda kemazozlar qayiq va kemalarni nimadan yasashardi?

A) papirus va metalldan B) yog’och va papirusdan

C) qamish va yog’ochdan D) qamish va papirusdan



  1. Ilk Misr podsholigining poytaxti qaysi shahar hisoblangan?
    A) Memfis shahri B) Fiva shahri

C) Giza shahri D) Lagash

  1. Misrliklar hunarmandlar yasagan buyumlar va nodir qimmatbaho toshlarni qaysi davlatdan olib kelar edilar?     
    A) Falastin va Suriyadan B) Liviya va Mesopotamiyadan
    C) Falastin va Nubiyadan D) Liviya va Suriyadan

  2. Falastin va Suriya .... boy edi.

A) qo'rg'oshin va simobga B) mis va temir rudasiga

C) simob va qalayiga D) temir va qo’rg o’shinga



  1. Janubiy Falastin va Nubiya shimoli qaysi podsholik davrida bosib olingan.

A) So’nggi podsholigini B) Qadimgi Misr podsholigini
C) Yangi podsholigni D) O’rta Misr podsholigni

  1. Sinay yarim orolidan shimolroqda joylashgan davlatni toping

A) Nubiya B) Falastin C) Liviya D) Suriya

  1. Sinay yarimoroli qachon Misr tomonidan bosib olingan?
    A) Ilk podsholik davrida B) O’rta podsholik davrida
    C) Qadimgi podsholik davrida D) Yangi podsholik davrida

  2. Giksoslar istibdodidan xalos bo’lish taraddudiga tushib qolgan “nom”lar hukmdorlari qaysi shahar tevaragiga birlashdilar?
    A) Memfis B) Fiva C) Avson D) Bibl

  3. Qaysi hukmdor Yangi Misr podsholigiga asos solgan?
    A) Menes B) Yaxmos

C) Tutanxamon D) Tutmos III

  1. Misrda qaysi podsholik davrida Misr armiyasini nayzalar, qilichlar va dastasi uzun jangovar oyboltalar shuningdek jang aravalari bilan qurollantirgan?

A) So’ngi podsholikda

B) O’rta podsholikda

C) Qadimgi podsholikda

D) Yangi podsholikda



  1. Qadimgi Misrda oy, donishmandlik va tabiblik ilohini aniqlang.

A) Set B) Xatxor C) Maat D) Tot

  1. Rivoyatlarda ko’ra, Misrning ilk afsonaviy podsholaridan biri bo’lgan ilohni aniqlang.
    A) Tot B) Anubis C) Osiris D) Set

  2. Rivoyatlarga ko’ra, qadimgi misrliklarni dehqonchilikka o’rgatgan ilohni ko’rsating.
    A) Ptax B) Amon-Ra C) Set D) Osiris

  3. Quyidagi xudolardan faqat Misrga tegishli bo’lganini aniqlang.
    1) Ptax; 2) Indra; 3) Ganesha; 4) Ahuramazda; 5) Osiris;

6) Nika;7) Xapi; 8) Amon-Ra; 9) Aid
A) 2, 4, 6, 9 B) 3, 5, 7, 8

C) 1, 5, 7, 8 D) 1, 3, 4, 6



  1. Qaysi Misr podsholigi davrlarida piramidalar bino qilingan?
    A) Ilk va O’rta podsholiklari davrida

B) O’rta va Yangi podsholiklari davrida
C) Qadimgi va O’rta podsholiklari davrida

D) Yangi va So“nggi podsholiklari davrida



  1. Qaysi shaharda eng mashhur piramidalar bunyod etilgan?
    A) Abidos B) Fiva C) Giza D) Memfis

  2. Qadimgi Misrnihg fir’avnlari - Xufu, Xafra va Menkaura uchun bunyod etilgan mashhur piramidalr qaysi shaharda bunyod etilgan?
    A) Memfisda B) Fiva

C) Geliopolda D) Gizada

  1. Eng mashhur maqbara tegishli bo’lgan Misr fir’avnini aniqlang.

A) Tutanxamon B) Tutmos II

C) Tutmos III D) Yaxmos



  1. Ma’lumki, Yangi podsholik davridan boshlab piramidalar qurilmay qo’ygan. Shundan so’ng Fir’avnlarni qayerlarga dafn etadigan bo’lishdi?
    A) tog’larga o’yilgan maqbaralarga dafn etiladigan bo’ldi
    B) daryoga kuli oqiziladigan bo’ldi
    C) yer osti g’orlarga dafn etiladigan bo’ldi

D) mumyolab so`ngra sakofaglarga solib qo`yilgan

  1. Kimning qarshisida go’zal qiyofada qad rostlash uchun misrliklar inson jasadini mumiyolashgan?

A) Osirisning B) Raning

C) Fir’avnning D) Amonning



  1. Misrliklar yozuvlarini “muqaddas” yoki “xudolar kalomi” deb nomlashlariga sabab nimadan edi ?
    A) Yozuvdan o’limdan keyingi hayotni yozib borishda foydalanganliklari uchun
    B) Yozuvdan fir’avnlar hayotini yozib borishda foydalanganliklari uchun
    C) Yozuvdan an’analarni yozib borishda foydalanganliklari uchun

D) Yozuvdan duolar va marosimlarni yozib borishda foydalanganliklari uchun

  1. Hozirgi kunda qaysi shaharda Rozett bitiktoshi saqlanmoqda ?
    A) London B) Parij

C) Rim D) Qohira

  1. Qadimgi Misrda ta`lim olayotganda talabalar nimalarga yozganlar ?

A) bambukka va teriga

B) ohaktoshga va maxsus terilarga

C) papirusga va sopol parchalariga

D) ohaktoshga va sopol buyumlar parchasiga



  1. Ma’lumki, misrlik ziroatchilar qachon urug’likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig’ishtirib olishni bilishi zarur edi. Bu muddatlarni ular qanday aniqlaganlar?
    A) Misrliklar bu muddatlarni taqvimga qarab aniqlashgan
    B) Misrliklar bu muddatlarni oyga qarab aniqlashgan
    C) Misrliklar bu muddatlarni yulduzlarga qarab aniqlashgan D) Misrliklar bu muddatlarni qaldirg’ochning parvoziga qarab aniqlashgan

  2. Qadimgi Misrda vaqt nima yordamida o`lchangan?
    A) suv soatlari yordamida B) yulduzlar yordamida
    C) quyosh soati yordamida D) qum soati yordamida

  3. Misrdagi “nom”larni kimlar boshqargan?

A) monarx B) nomarx

C) kohinlar D) firavn



  1. Tutmos II qaysi hududlarga istilochilik yurishlarini olib borgan?

1) Finikiya 2) Nubiya 3) Suriya 4) Falastin 5) Liviya 6) Sinay oroli

A)1,2,3 B) 1,3,5

C) 2,3,5 D) 1,3,4


  1. Misrda kimning davrida Old Osiyoda hukmronlik o`rnatildi?

A) Tutmos II B) Tutmos III

C) Yaxmos D) Menes



  1. Misrda piramida qurish uchun tosh qayerdan olib kelingan?

A) Sinay yarimorolidan B) Finikiya

C) Nil daryosi ong sohilidagi yassi tog`lardan D) Suriya



  1. Qadimgi Misrda kimlar mumyolash bilan shug’ullanishgan?

A) tibbiy bilimlarga ega bo’lgan kohinlar

B) firavnlarning yaqin qarindoshlari

C) turli ilmlardan xabardor ilmli kishilar

D) faqatygina tabiblar




Download 381.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling