38-§. Rim respublikasi
1. Qadimgi Rimda faoliyat ko’rsatgan “Xalq majlisi”ning vakolatlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
1) urush e’lon qilgan, sulh tuzgan; 2) turli soliqlar va bojlarni joriy qilgan; 3) vakolatlari imperatornikiga teng bo’lgan; 4) qonunlarni qabul va bekor qilgan; 5) barcha muhim mansabdor shaxslarni saylagan; 6) Davlat xazinasidan cheksiz foydalangan; 7) Zarur hollarda imperator nomidan farmon chiqargan.
A) 1, 4, 5, 6 B) 1, 2, 4, 5
C) 2, 3, 5, 7 D) 1, 4, 5
2. “Senat” so`zining ma`nosi nima?
A) “muqaddas dargoh” degan ma`noni anglatadi
B) “donishmandlik yo`lboshchilari” degan ma`noni anglatadi
C) “oqsoqollar kengashi” degan ma`noni anglatadi
D) “tarbiya maktabi” degan ma`noni anglatadi
3. Patritsiylar kimlar?
A) Rimning oddiy xalqi
B) Diniy marosimlar o’tkazilishi ustidan nazorat qilgan kohinlar
C) Rimning tub aholisi
D) Vesta ibodatxonasidagi muqaddas olovni saqlagan kohinlar
Do'stlaringiz bilan baham: |