1 8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-синф у́зб тарих темт мавзулаштирилган
9-mavzu
1. Quyidagilardan noto’g’ri mulohazani aniqlang. A) Muhammad Shayboniyxon tashkil etgan davlat hududining chegarasi har doim ham muqim bo‘lmagan. B) Shayboniyxon hukmdorligi davrida uning davlati tarkibiga Movarounnahrdan tashqari Eron va Xuroson hududlari ham kirgan. C) Shayboniyxonning o‘limidan so‘ng Xorazm butunlay qo‘ldan chiqdi. D) Abdullaxon II davrida qisqa muddatga bo‘lsa-da, xonlik hududi yana kengaydi. 2. ...ning vafotidan so‘ng esa Eron Xuroson hududini bo‘ysundirgan bo‘lsa, Xorazm yana mustaqil davlatga aylandi. A) Abdullaxon II B) Ko’chkunchixon C) Shayboniyxon D) Ubaydullaxon 3. Qachon Shayboniyxonning harbiy yurishlari davomida Movarounnahr va Xorazmga 500-600 ming Dashti Qipchoq o‘zbeklari kirib kelgan? A) XVI asr o’rtalari B) XVI asr oxiri C) XVI asr boshlari D) XVI asr oxirgi choragi 4. Qachon xonlik aholisi ko‘chib kelgan o'zbeklardan tashqari „turk chig‘atoy“ va tojiklardan iborat bo‘lgan? A) XVI asr o’rtalari B) XVI asr oxiri C) XVI asr boshlari D) XVI asr oxirgi choragi 5. Manbalarda ...da Buxoro xonligi aholisi o‘zbek va tojiklardan iboratligi qayd etilgan. A) XVI asr o’rtalari B) XVII asr oxiri C) XVII asr boshlari D) XVII asr oxirgi choragi 6. Quyidagi qaysi mansabdor shaxs davlatning moliya va xo‘jalik ishlarini ham boshqargan? A) otaliq B) devonbegi C) naqib D) ko`kaldosh 7. Shayboniylar davrida devon faoliyati temuriylar davridagidek nufuzga ega emasdi. Bunga ... A) dargohdagi mansablar mavqeyining kuchli bo‘lmaganligi sabab bo‘ldi B) ma’muriy tuzum yaxshi tashkil etilmaganligi bo’ldi C) Boshqaruv sohasida muammolar borligi sabab bo’ldi D) dargohdagi mansablar faqat xonga yaqin kishilardan tayinlangani sabab bo’ldi 8. Buxro xonligi ma`muriy jihatdan ... bo`lingan. A) viloyatlarga B) viloyat va bekliklarga C) viloyat va tumanlarga D) tuman va bekliklarga 9. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida oliy davlat idorasi nima dеb atalgan? A) ark B) devon C) dargoh D) kengash 10 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida ijro etuvchi hokimiyat nima dеb atalgan? A) ark B) devon C) dargoh D) kengash 11. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida ijro etuvchi hokimiyatga kim rahbarlik qilgan? A) otaliq B) devonbegi C) naqib D) ko`kaldosh 12. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida xon siyosatining viloyatlardagi ta`siri … mansabiga tanlanganlarning nufuzi bilan belgilangan A) otaliq B) devonbegi C) naqib D) ko`kaldosh 13 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida xon viloyatlarni shahzodalarga taqsimlab berar ekan, ularga rahnamo etib o`z nazoratchisini, ishongan kishisini tayinlangan. Bunday nazoratchi, ishonchli shaxs … deb atalgan. A) ko`kaldosh B) devonbegi C) naqib D) otaliq 14. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida balog`atga yetmagan shahzodalar ulg`ayib, mustaqil faoliyat yuritgunlariga qadar viloyatlarda davlat ishlarini ularning nomidan kim boshqargan? A) otaliq B) devonbegi C) naqib D) ko`kaldosh 15 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida mamlakatda adolat mezonlariga amal qilinishini quyidagi qaysi lavozim egasi nazorat qilgan? A) dodxoh B) otaliq C) parvonachi D) ko`kaldosh 16 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida xon farmonlarini, rasmiy hujjatlarni mas`ul shaxslarga, ijrochilarga yetkazuvchi lavozim to`g`ri berilgan javobni aniqlang A) ko`kaldosh B) otaliq C) parvonachi D) dodxoh 17. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida dargohga tushgan arizalarni quyidagi qaysi mansab egasi qabul qilgan va ularga javob qaytarish bilan shug`ullangan? A) ko`kaldosh B) otaliq C) parvonachi D) dodxoh 18 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida xon siyosatiga fuqarolarning munosabatini o`rgangan va bu siyosatning daxlsizligini ta`minlash bilan quyidagi qaysi mansab egasi ta`minlagan? A) ko`kaldosh B) otaliq C) parvonachi D) dodxoh 19. ... mansabga xon sulolasiga eng yaqin shaxslardangina tayinlangan. A) ko`kaldosh B) otaliq C) parvonachi D) dodxoh 20 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida xon va shahzodalar o`rtasidagi ichki munosabatlar masalasi bilan qaysi amaldor shug`ullangan? A) parvonachi B) xon yasovuli C) ko`kaldosh D) dodxoh 21. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida dargoh xavfsizligi, undagi tartib hamda kеlgan-kеtganlardan xabardor bo`lib turish masalalari bilan kim shug`ullangan? A) parvonachi B) xon yasovuli C) eshikog`aboshi D) dodxoh 22. U nafaqat oddiy kishilarning, balki davlat amaldorlarining va hatto valiahdlarning ham hukmdorga nisbatan qiladigan munosabatiga javobgar bo‘lgan. Quyidagi fikrlar qaysi amaldor haqida? A) ko`kaldosh B) otaliq C) parvonachi D) dodxoh |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling