1 8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/69
Sana26.02.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1233412
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69
Bog'liq
8-синф у́зб тарих темт мавзулаштирилган


 
23. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida 
shariat qonunlari bajarilishi ustidan nazoratni quyidagi mansab egasi 
amalga oshirgan?
A) shayxulislom B) muhtasib
C) qozikalon D) mehtar
24. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida sud 
ishlariga kim yetakchilik qilgan?
A) shayxulislom B) muhtasib
C) qozikalon D) mehtar
25. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida 
muhtasib (rais) lavozimi qanday ishlar bilan shug`ullangan?
1. mamlakatda jamoat tartibining saqlanishi
2. diniy marosim va amallarga rioya qilinishini kuzatgan
3. bozorlarda narx-navo va tarozilarning to`g`riligini nazorat qilish 
bilan shug`ullangan
4. zakot va boshqa tushumlardan tushgan mablag`larni zarur 
o`rinlarda ishlatish bilan shug`ullangan
A) 1,2,4 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3
26 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida 
zakot va boshqa tushumlardan tushgan mablag`larni zarur o`rinlarda 
ishlatish bilan quyidagu qaysi amaldor shug`ullangan?
A) qozikalon B) muhtasib C) mehtar D) naqib
27 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida … 
davlat lavozimi mansabdori hisoblanmasa-da xon saroyida nufuzi 
baland bo`lgan
A) qozikalon B) muhtasib C) mehtar D) naqib
28. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida 
quyidagi qaysi unvon egasi xonning yaqin va ishonchli kishisi 
hisoblangan?
A) qozikalon B) muhtasib C) mehtar D) naqib
29 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida 
quyidagi qaysi unvon egasi davlat ichki va tashqi siyosati 
masalalarida xonning maslahatchisi hisoblangan?
A) qozikalon B) muhtasib C) mehtar D) naqib
30 . Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida 
quyidagi qaysi unvon egasi zarur bo`lganda elchilik vazifasini ham 
bajargan?
A) qozikalon B) naqib C) mehtar D) muhtasib
31. Noto’g’ri mulohazani aniqlang. 
A) Shayboniylarning davlat boshqaruvida dastlab an’anaviylik 
saqlandi. 
B) Oliy hukmdorlik, ya’ni xonlik otadan bolaga emas, balki 
sulolaning yoshi eng katta vakiliga o‘tgan. 
C) Ko’chkunchixon shayboniylarning yoshi eng kattasi bo’Iganligi 
uchun taxtni egalladi. 
D) Suyunchxo’ja Shayboniyxondan avval vafot etganligi uchun 
xonlik taxtini egallash unga nasib etmadi. 
32. Qachondan boshlab Shayboniylarda taxtga katta yoshli shayboniy 
kelishi ananasi buzildi? 
A) XVI asming 40-yillari 
B) XVI asming 60-yillari 
C) XVII asming boshlari 
D) XVII asming 40-yillari 
33. Shayboniylar davrida viloyatlar asosan kimlar tomonidan 
boshqarilgan? 
A) yirik lashkarboshilar 
B) oliy ruhoniylar 
C) xonning yaqin kishilaridan tayinlangan hokimlar 
D) sulola namoyandalari orasidan tayinlangan hokimlar 
34. Markaziy hokimiyat zaiflashgach, keyinchalik viloyatlar kimlar 
tomonidan boshqarilgan? 
A) yirik lashkarboshilar 
B) qudratli qabila boshliqlari – amir 
C) xonning yaqin kishilaridan tayinlangan hokimlar 
D) sulola namoyandalari orasidan tayinlangan hokimlar 
35. Boshqaruvning eng quyi tizimi … deb atalgan. 
A) amlok B) viloyat C) tuman D) beklik 
36. Shayboniylar davrida bir nechta katta-kichik qishloqdan iborat 
boshqaruv tuzilmasi nima deb nomlangan? 
A) amlok B) viloyat C) tuman D) beklik 
37. Quyidagilarni bir-biriga muvofiqlashtiring. 
1. mirzo 2. mirob 3. amin 4. oqsoqol
a) suv taqsimlovchi b) kotib c) soliq yig‘uvchi
d) har bir qishloqning boshlig‘i 
A) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d 
B) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d 
C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d 
D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c 
38. Buxoro xonligida shayboniylar hukmronligi davrida xondan 
keying o`rinda quyidagi qaysi mansabdor shaxs turgan?
A) otaliq B) devonbegi
C) qo`shbegi D) ko`kaldosh
39. Buxoro xonligida ashtarxoniylar hukmronligi davrida xondan 
keying o`rinda quyidagi qaysi mansabdor shaxs turgan?
A) otaliq B) devonbegi
C) qo`shbegi D) ko`kaldosh 
40. Buxoro xonligida ashtarxoniylar hukmronligi davrida qanday 
lavozim joriy etilgan?
A) mehtar B) saroy qutvoli
C) qozi askar D) mutavvali
41. Ashtarxoniylar hukmronligi davrida qanday lavozim davlat 
mablag'i hisobiga amalga oshiriladigan qurilish, qal’a devorlari va 
imoratlarni ta’mirlash, shuningdek, obodonchilik ishlarini 
boshqarardi? 
A) mehtar B) saroy qutvoli
C) qozi askar D) mutavvali 
42. Ashtarxoniylarning boshqaruv tuzumiga mos kelmaydigan 
javobni aniqlang. 
A) ashtarxoniylar davrida devonlar tizimi deyarli barbod bo‘ldi. 
B) Markazda butun hokimiyat dargohda to‘planib qoldi. 
C) devonlar mahalliy hokimliklarni boshqarish imkoniyatini qo‘ldan 
chiqardi. 
D) viloyatlarda butun hokimiyat amaldorlar va oliy mansabdorlar 
qo’lida to’plandi 
43. Quyidagi qaysi omil ashtarxoniylar davrida markaziy 
hokimiyatni deyarli yo‘qqa chiqardi? 
A) viloyatlarda butun hokimiyat viloyat hokimlari va ularni qo‘llab-
quvvatlovchi mahalliy kuchlar qo'lida to‘planishi 
B) Markazda butun hokimiyat dargohda to‘planib qolishi 
C) ashtarxoniylar davrida devonlar tizimi deyarli barbod bo‘lishi 
D) devonlar mahalliy hokimliklarni boshqarish imkoniyatini qo‘ldan 
chiqarishi

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling