1 8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/69
Sana26.02.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1233412
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69
Bog'liq
8-синф у́зб тарих темт мавзулаштирилган

19-mavzu 
 
1. Buxoro shahri qaysi yildan Buxoro xonligining poytaxti etib 
belgilandi? 
A) 1556-yilda B) 1538-yilda 
C) 1533-yilda D) 1601-yilda 
2. „Tangrining jamoli“, „islom dinining 
gumbazi“ va „islom dinining quvvati“ deb ulug'langan
Shahar qaysi? 
A) Buxoro B) Samarqand
C) Xiva D) Qo’qon 
3. Buxoro shahri necha yillik tarixga ega? 
A) 2000 B) 2500 C) 2700 D) 2750
4. Qaysi hukmdor davrida Buxoro uzil-kesil poytaxtga aylandi? 
A) Shayboniyxon B) Ko’chkunchixon 
C) Abu Said D) Abdullaxon II 
5. Buxoro shahriga nechta darvoza orqali kirilgan? 
A) 6 B) 10 C) 12 D) 4 
6. Buxoro shahrida qancha aholi yashagan? 
A) 50 mingga yaqin. B) 60 mingdan ortiq 
C) 60 mingga yaqin D) 80 mingga yaqin 
7. Buxoro shahridagi madrasa (1), masjid(2), karvonsaroy(3) lar 
sonini aniqlang.
A) 1-200 dan ortiq, 2-300 dan ortiq, 3-38 ta 
B) 1-100 ga yaqin, 2-300 dan ortiq, 3-28 ta 
C) 1-100 dan ortiq, 2-200 dan ortiq, 3-38 ta 
D) 1-100 dan ortiq, 2-300 dan ortiq, 3-38 ta 


23 
 
8. Buxoro karvonsaroylariga har yili necha tuya mol kelib turgan? 
A) 13-15 ming B) 12-15 ming 
C) 12-17 ming D) 15-17 ming
9. Amirlikda savdo-sotiq ishlariga, savdogarlar xavfsizligiga kim 
mas’ul bo‘lgan? 
A) Boshchixo’ja B) Mirshabboshi 
C) Karvonboshi D) Ko’kaldosh 
10. Buxoro amiligida quyidagi qaysi shahar «Dunyoning husni» deb 
ulug`langan?
A) Toshkent B) Samarqand
C) Buxoro D) Andijon
11. Samarqand shahrini tiklash ishini unga suv chiqarishdan 
boshlagan hukmdor kim?
A) Doniyolbiy otaliq B) Muhammad Rahimbiy 
C) Muhammad Hakimbiy D) Amir Shohmurod 
12. U shaharni tiklash va aholi sonini ko‘paytirish uchun boshqa 
shaharlardan majburiy ravishda aholi ko‘chirib keltirdi. Shaharda 
katta bunyodkorlik ishlari uning vafotidan so‘ng ham davom 
ettirilgan bo‘lsa-da, shahar asosan uning davrida deyarli qayta 
bunyod etildi. 
E’tirof qaysi hukmdor haqida? 
A) Doniyolbiy otaliq B) Muhammad Rahimbiy 
C) Muhammad Hakimbiy D) Amir Shohmurod 
13. Manbalarda bunday deb yozilgan: „Samarqandning hozirgi 
obodonchiligi … yil, ya ’ni Shohmurod davridan boshlangan bo‘lib, 
… yillarda bir shahar yo‘siniga kirgizildi". Nuqtalar o’rniga mos 
yillarni qo’ying. 
A) 1785-yil, 1809-yillar B) 1780-yil, 1810-yillar 
C) 1780-yil, 1809-yillar D) 1785-yil, 1809-yillar 
14. Qachon Samarqand shahri baland devor bilan o‘raldi? 
A) XIX asr boshlarida B) XIX asr o’rtalarida 
C) XIX asr oxirida D) XX asr boshlarida 
15. Samarqand shahriga nechta darvozadan kirilardi? 
A) 4 ta B) 6 ta C) 10 ta D) 12 ta 
16. Amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari tufayli tez orada 
Samarqand shahri aholisi soni qancha kishiga yetgan? 
A) 15-20 ming B) 20-25 ming 
C) 25-30 ming D) 20-30 ming 
17. Hunarmandchilik sohasida Buxoro o`zining nimasi bilan mashur 
edi?
A) olachasi, bo`zi va to`q qizil rangli baxmali bilan
B) olachasi, bo`zi, bo`zga gul bosish yo`li bilan tayyorlanadigan 
chiti, shoyisi bilan
C) to`q qizil rangli baxmali bilan
D) ro`mol, choyshab, olachasi bilan
18. Hunarmandchilik sohasida Samarqand o`zining nimasi bilan 
mashur edi?
A) olachasi, bo`zi va to`q qizil rangli baxmali bilan
B) olachasi, bo`zi, bo`zga gul bosish yo`li bilan tayyorlanadigan 
chiti, shoyisi bilan
C) to`q qizil rangli baxmali bilan
D) ro`mol, choyshab, olachasi bilan
19. Buyuk ipak yo‘li o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa-da, 
amirlikning tashqi savdo aloqalari to’xtab 
qolgani yo‘q. Buxoro qaysi davlatlar bilan savdo 
aloqalari olib bordi? 
1. Hindiston 2. Afg‘oniston
3. Eron 4. Xitoy
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 1,2,3,4 
20. Amirlikda asosiy savdo transporti nima edi? 
A) Ot B) Tuya
C) Kema D) Temiryo’l 
21. Buxoro amirligining qaysi shaharida hind savdogarlari va 
sudxo`rlari yashaydigan alohida mahallalar mavjud edi?
A) Toshkent B) Samarqand
C) Buxoro D) Andijon
22. Qachon Orenburgda Buxoro savdogarlarining qarorgohi 
qurilgan?
A) 1802-yilda B) 1806-yilda
C) 1804-yilda D) 1808-yilda
23. Qachon Buxoro amirligining Markaziy Osiyo- Rossiya tashqi 
savdosiulushi 25% ga yetdi?
A) 1825-yil B) 1844-yil C) 1854-yil D) 1864-yil
24. Qachon Buxoro amirligining Markaziy Osiyo- Rossiya tashqi 
savdosi ulushi 42% ga yetdi?
A) 1825-yil B) 1844-yil C) 1854-yil D) 1864-yil
25. Amirlikda yetishtirilgan necha tonna paxtaning hammasi 
Rossiyaga sotilganligi qayd etilgan?
A) 12 ming B) 15 ming 
C) 16 ming D) 18 ming 
26. Amirlikka Rossiyadan har yili faqat to‘qimachilik sanoati 
mahsulotlarining o‘zidan qancha rubllik tovar eksport qilingan? 
A) 1 mln B) 2 mln C) 3 mln D) 4 mln 
27. Quyidagi ma’lumotlardan xato variantni aniqlang. 
A) Buxoro ko‘p yillar davomida o‘zining avvalgi mavqeyini yo‘qotib 
qo‘ygan edi. Bunga ashtarxoniylar davrida o'zaro urushlarning 
kuchayganligi, tashqi ko‘chmanchi qabilalaming xonavayron 
qiluvchi 
hujumlari sabab bo‘ldi. Mang‘itlar esa xarobaga aylangan 
Samarqandni tiklash chorasini ko‘rdilar. 
B) Amirlikda hunarmandchilikning asosiy turlaridan biri 
to‘qimachilik bo'lgan. 
C) Amirlik hayotida iste’mol ehtiyojlari ishlab chiqarishdan ustun 
bo‘lolmadi. Bu esa, o‘z navbatida, yuqori mehnat unumdorligini 
ta’minlovchi yirik mashinalashgan ishlab chiqarishdan foydalanish 
ehtiyojini vujudga keltirmadi. 
D) Bozorlarda kimki xaridor haqiga xiyonat qilsa, qattiq jazoga 
duchor etilardi. Xususan, bundaylar yarimyalang‘och holda aravada 
bozor ahliga sazoyi qilinardi va ovozi boricha: „Men shayton yo‘liga 
kirib, xaridorni aldadim“, deb jar solishga majbur etilardi 
28. Ma’lumotlardan faqat to’g’rilarni aniqlang. 
1. Chet davlatlarga amirlikda ishlab chiqarilgan ip 
gazlamalar, baxmal, qog‘oz, egar-jabduqlar, qurollaming ayrim 
turlari, meva va boshqa mahsulotlar eksport qilinardi. 
2. Buxorodagi Hind savdogarlari hind gazlamalari, bo‘yoqlari, 
shifobaxsh va ziravor o!tlar, doridarmonlar, qand-shakar bilan savdo 
qilardilar. 
3. Bozorlar faqatgina xo‘jalik vazifasini o‘tab qolmagan. Ular ayni 
paytda o‘ziga xos jamoat va madaniyat markazi vazifasini ham 
o‘tagan. Xususan, bozorlarda hukmdorning farmonlari o‘qib 
eshittirilgan. Aybdorlar jazolangan. Bayram kunlari esa turli 
tomoshalar namoyish etilar edi. 
A) 1 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 1,3 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling