1 8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/69
Sana26.02.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1233412
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69
Bog'liq
8-синф у́зб тарих темт мавзулаштирилган

20-mavzu 
 
1. Amirlik tashqi siyosatining asosiy tamoyillari nimalardan iborat 
bo’lganini aniqlang.
1. O‘rta Osiyoda mavjud uch o‘zbek davlatlari orasida yetakchi 
mavqega ega bo‘lish va qulay imkoniyat tug‘ilganida ularni 
bo’ysundirish;
2. Xurosonda mustahkam o‘rnashib olish 
3. Rossiya va boshqa davlatlar bilan savdo munosabatlarini 
rivojlantirish;
3. O‘rta Osiyo mintaqasidagi barcha musulmonlarning amiri 
(mang‘itlar o‘zlarini shunday deb hisoblaganlar) sifatida 
musulmonlarning Astraxon orqali Makkaga Haj safariga borib 
kelishlarini ta’minlab turishni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo’lgan 
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4 
2. XVIII asrning so‘nggi choragida Rossiyaga ikki bor tashrif 
buyurgan elchini aniqlang? 
A) Ernazarbiy B) Odambiy 
C) Muhammad D) Qulibek 
3. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash ishiga 
qo‘shgan hissasi uchun Ernazarbiyga qaysi Rossiya imperatori 
Buxoroda madrasa qurish uchun pul ham ajratgan? 
A) Pyotr I B) Yekaterina I 
C) Yekaterina II D) Nikolay I 
4. Ernazarbiy elchi sifatida savdo aloqalarini rivojlantirishdan 
tashqari qaysi shaharda Rossiya tomonidan jome masjidi qurdirishga 
erishgan? 
A) Moskva B) Novogorod 
C) Astraxon D) Volgagrad
5. Amir Shohmurod qachon Rossiyaga elchi yuborgan? 
A) 1791-yilda B) 1795-yilda 
C) 1787-yilda D) 1797-yilda 


24 
 
6. Amir Shohmurod Rossiyaga kim boshchiligida elchi yuborgan? 
A) Ernazarbiy B) Polvonquli qurchi
C) Muhammad D) Qulibek 
7. Amir Shohmurodning Rossiyaga elchi yuborishiga nima sabab 
bo’ldi? 
A) Eronning Buxoro amirligi xavfsizligiga tahdid sola boshlaganligi 
B) Usmoniy Turklarning Buxoroga tahdidi 
C) Savdo-elchilik munosabatlari o’rnatish 
D) Qurol-aslaha bo’yicha yordam olish 
8. Amirlikdan qaysi hukmdor yuborgan elchilar Rossiya hukumati 
oldiga Ural daryosining Osiyo qit’asi qismidan amirlik 
savdogarlariga haq to‘lamasdan chorva mollari boqishlari uchun joy 
ajratib berish, Buxoroga po‘lat sotish, savdo karvonlarining 
talanishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalarni qo‘ydilar? 
A) Amir Nasrullo B) Amir Haydar 
C) Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod 
9. Qaysi amir hukmronligi davrida yuborilgan elchilar rus hukumati 
oldiga, asosan, Buxoro tovarlaridan olinayotgan boj to‘lovlarini 
kamaytirish, tog‘-kon ishlari olib borish uchun mutaxassislar 
yuborish hamda amirlikka zambarak quroli sotish kabi masalalarni 
qo'ydilar. 
A) Amir Nasrullo B) Amir Haydar 
C) Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod 
10. Buyuk Britaniya josuslari va tovarlarining O‘rta Osiyoga kirib 
kelishining kengayishi Rossiyani xavotirga solib qo‘ydi. Chunonchi, 
Banoras (Hindiston)dan kiritilayotgan ingliz tovarlari bu yerda o‘z 
narxidan necha marta arzon bahoda sotila boshlangan? 
A) 5-7 marta B) 6-8 marta 
C) 6-9 marta D) 7-9 marta
11. Rossiya Amir Nasrulloning qaysi iltimosini qabul qildi? 
A) Buxoro tovarlaridan olinayotgan boj to‘lovlarini kamaytirish 
B) Tog‘-kon mutaxassislari yuborish to‘g‘risidagi 
C) Amirlikka zambarak quroli sotish 
D) Buxoroga po‘lat sotish 
12. Qachon Buxoroga polkovnik Ignatyev boshchiligida Rossiya 
elchilari kelgan?
A) 1857-yilda B) 1858-yilda 
C) 1860-yilda D) 1843-yilda 
13. 1825-yilda Buxoroga kеlgan ingliz ekspeditsiyasi boshlig`ini 
aniqang.
A) U.Murkford B) A.Byorns
C) F.Bеrg D) J.Abbot
14. Qachon Aleksandr Byorns boshchiligida navbatdagi ingliz 
missiyasi Buxoroga keldi?
A) 1830-yil B) 1831-yil C) 1832-yil D) 1833-yil
15. A.Byorns o`zini qayerlik savdogar deb tanitgan?
A) arman B) hind C) afg`on D) turk
16. Qachon Buyuk Britaniya Afg`onistonga qarshi harbiy harakatarni 
boshladi?
A) 1835-yil B) 1839-yil C) 1841-yil D) 1845-yil
17. Rossiyaga Buyuk Britaniya harbiy flotining Qora dengizdan xavf 
solish imkoniyatini yo‘qqa chiqara oladigan omil zarur edi. … ana 
shunday omil bo‘la olardi. 
A) O‘rta Osiyoni egallash 
B) Hindistonni bosib olish 
C) Usmonli davlati bilan birlashish 
D) O’rtayer dengiziga harbiy kema yuborish 
18. Quyidagi ma’lumotlardan to’g’rilarini aniqlang. 
1. Ernazarbiy elchiligidan Doniyolbiy siyosiy maqsadlami ham 
ko‘zlagan edi. Chunonchi, Buxoro-Usmonli davlati munosabatlari 
haqida rus hukumatining qanday fikrda ekanligini bilish maqsadida, 
uning topshirig‘iga ko‘ra, elchi rus hukumatiga Buxoroning Usmonli 
davlati bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga harakat qilishini 
ham ma’lum qildi. 
2. Amir Haydarning ruslardan chorva mollari boqishga ajratiladigan 
yerlar nchun haq to‘lamaslik iltimosi qabul qilinmadi. Savdo 
karvonlari qaroqchilariga birgalikda qarshi kurashga rozilik berildi. 
3. Amir Nasrulloning ruslardan tog‘-kon mutaxassislari yuborish 
to‘g‘risidagi iltimosi qabul qilindi. Ular Buxoroga qaytib kelayotgan 
savdo karvoniga qo‘shib jo‘natildi. Biroq karvon yo‘lda hujumga 
uchradi va 
muhandislar ekspeditsiyasi katta qiyinchiliklar bilan Orenburgga 
qaytib ketdi. 
4. Polkovnik Ignatyev boshchiligida Rossiya 
elchilari kelganda Amir Nasrullo Buyuk Britaniya elchilarini qabul 
qilmasligini, Afg‘oniston amiridan ularni Buxoroga o‘tishlariga 
ruxsat bermasligini so‘rashini ma’lum qildi. 
5. XIX asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniya va Rossiya 
o‘rtasida O‘rta Osiyoda raqobat kuchayib ketdi. Bunga bu ikki 
mustamlakachi davlatlarning o'zbck davlatlari hisobiga yangi 
mustamlakalarga ega bo‘lishga, ularning bozorlarini va boy 
xomashyo manbalarini qo‘lga kiritishga intilishlari sabab bo‘ldi 
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4,5 
19. Murkford ekspeditsiyasidan xabar topgan Rossiya tashvishga 
tushdi. Natijada, Rossiya hukumati Buxoroning qaysi amiriga 
inglizlarning Buxorodagi xatti-harakatidan noroziligini bildirdi? 
A) Amir Nasrullo B Amir Haydar 
C) Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod 
20. Ingilizlarning qaysi elchilik missiyasi O‘rta Osiyoda Buyuk 
Britaniya savdosining rivojlanishiga yordam berdi? 
A) Murkford B) A. Byorns 
C) J. Abbot D) R. Kanolli 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling