Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.”Bahor”she’rini ifodali o’qishva g’oyaviy-badiiy tahlil qilish:
Yana bahor keldi.Yana olamda
Ajib bir go’zallik,ajib bir bayot.
Men seni qutlayman shu ulug’ damda,
Ulug’ yelkadoshim muzaffar hayot!
Tashbih axtarmangiz ushbu g’azaldan,
Naqd joyda nasiya ne kerak asli?
Ayon bir xislating border azaldan,
Seni atamishlar uyg’onish fasli.
Shoir bahor fasli,uning go’zalligi va nafosatidan ilhom olib,uning tabiatini go’zal tashbihlar bilan ta’riflaydi.Uyg’onish faslining o’ziga xos jihatlarini go’zal aks ettiradi…
II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
III.Test sinovi:
1.Shoirning 1983-yilda chop etilgan to’plami:
A.”Qasida” B.”Yillar armoni” C.”O’zbekiston” D.”Haj daftari”
2.Shoir tamomila qaytmoqchi bo’lgan “bearmon kunlar”qachon bo’lgan?
A.Bolalik onlari B.Yigitlik davri C.O’qish yillari D.Bog’cha davri
3.Xira tuman orasida cho’g’day miltirar,
Jayron quvib,jayron yanglig’ o’tgan kunlarim.
Qanday badiiy san’at qo’llanilgan?
A.Tazod B.Jonlantirish C.Tashbih D.Mubolag’a
4.Ha,mangu zavollik bo’lmas olamda,
To suyin socharkan abri naysonlar…-ajratilgan sozni izohlang:
A.Yomg’ir B.Gullar C.Lolalar D.Ko’klam
5.Jonlantirish san’ati qo’llanilgan qatorni toping:
A.Hovliqma jilg’alar chopar beega…
B.Bugun-chi, ne kezar o’tli qoningda..
C.Beqiyos edi u sher lochini..
D.Faqat sen dunyoga mangu qolursan…
Javoblar:1.B 2.A 3.C 4.D 5.A
Uyga vazifa:Abdulla Oripov lirik merosini o’rganish va she’rlarini o’qib,tahlil qilish.
O’quvchilar bilimini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |