1-9 Adabiyot 9-sinf


Darsning mustahkamlash bosqichida


Download 203.66 Kb.
bet183/254
Sana05.01.2022
Hajmi203.66 Kb.
#207677
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   254
Bog'liq
1-9 Adabiyot 9-sinf

Darsning mustahkamlash bosqichida:

I.”Kuz manzaralari”she’rini ifodali o’qishva g’oyaviy-badiiy tahlil qilish:

Yana dalalarda boshlaydi havas,

Bog’larda xazonlar yonadi lov-lov.

Do’stlarim,bu kuzning barglari emas,

Mening yuragimdan to’kilgan olov..

Shoir kuz manzaralarini tasvirlash orqali o’zining yoshlikda toptalgan,xazon bo’lgan muhabbatini qalamga oladi…

II.”Abdulla Oripov she’rlari to’grisida”,”Lirik qahramon”adabiy maqolalari ustida ishlash:Abdulla Oripov lirikasi orqali o’zbek she’riyatida ko’ngil dardlarining suratlarini ,ruhiy iztiroblar manzarasini,armonga aylangan orzular inson sezimlariga qoldirgan izlar tasviri kirib keldi..

Lirik asarda tuyg’u va o’ylar tasvirlangan shaxs obrazi liri qahramondir.U,ko’pincha shoirning o’zini anglatadi.Chunki lirik asarda ishtirok etadigan asosiy timsol-shoirning o’zi ,she’rda uning o’ylari,sezimlari,tuyg’ulari,kayfiyati namoyon bo’ladi..

Kechinma va o’ylari lirik asarda ifoda etilgan va she’rxonni o’ziga tuyg’udosh qila oladigan shaxs timsolini lirik qahramon deyish mumkin.Adabiyotshunoslikda lirik qahramon tushunchasi 1921-yildarus olimi Y.N.Tinyanov tomonidan kiritilgan.

III.Test sinovi:1.Shoir terak uchlarining egilishini nimaga qiyos etadi?

A.Kelinchak salomiga B.Majnuntol tollariga

C.Mag’lub bahodir nayzasiga D.Ko’ngli o’ksigan go’dakka

2.Shoir qaysi she’rida kelajak avlodni buyuk ajdodlarga munosib bo’lishga undaydi?A.”Genetika” B.”Kuz manzaralari”

C.”Bahor kunlarida kuzning havosi” D.”Bahor”

3.”Kuz manzaralari”she’rida shoir kuz tasviri orqali nimani tasvirlaydi?

A.Yoshlik onlarini B.Behuda o’tgan vaqtini

C.Tabiat go’zalligini D.Olis yoshlikda qolgan muhabbatini

4.”Mag’lub bahodirning nayzasi misol

Ma’yus egiladi terak uchlari…” Qanday badiiy san’at qo’llanilgan?

A.Tashbih B.Jonlantirish C.Tazod D.Mubolag’a

5.”Lirik qahramon”tushunchasi birinchi marta kim tomonidan qo’llanilgan?Qachon?

A.1926-yil Abdurauf Fitrat B.1954-yil Ozod Sharafiddinov

C.1921-yil Y.N.Tinyanov D.1921-yil Turgenev

Javoblar:1.C 2.A 3.D 4.A 5.C

Uyga vazifa:Abdulla Oripov lirik merosini o’rganish va she’rlarini o’qib,tahlil qilish.

O’quvchilar bilimini baholash.




Download 203.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling