a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida Abdulla Oripov hayoti va ijodi yuzasidan olgan bilimlarni sinash;
2.Abdulla Oripov she’rlari asosida bahs-munozara. She’rlaridan yod so’rash va badiiy-g’oyaviy tahlil;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.”Sohibqiron”dramasida Amir Temur jangler ichida emas,balki ko’proq o’ylar girdobida aks ettiriladi.Asarda Temurning murakkab tabiati uning sulton Boyazid,amirlar,o’gillariga munosabatini ko’rsatish mobaynida yorqin aks etgan.Amir Temur tajribali hukmdor va o’ychil mutafakkir sifatida davlatni ushlab turguchi tayanchlarni :”Mo’l xazina ,yagona shoh ,yengilmas lashkar ”,-deya belgilaydi.Uning jahongirlik tabiati suruvda bitta cho’pon bo’lganiday,xalqni ham bir podshoh boshqarishi kerakligi borasidagi qanoatga namoyon bo’ladi.Dramada jahongirning fuqarolarga munosabati :”Hukmdor seva turib fuqarolarni,Umid hamda qo’rquv ichra saqlashi darkor ”,-degan qarashida aks etadi.
II.”Sohibqiron “dramasidan ifodali o’qish va asarni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish:
Temur:
Do'stlaringiz bilan baham: |