1-9 Adabiyot 9-sinf


Download 288.05 Kb.
bet14/137
Sana21.04.2023
Hajmi288.05 Kb.
#1371636
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   137
Bog'liq
9 sinf adabiyot fanidan dars ishlanm

Darsning turi:mustahkamlash;
Darsning uslubi:bahs,matn ustida ishlash;
Darsning jihozi:darslik,”Farhod va Shirin”dostoni,tarqatmalar.asar yuzasidan ishlangan minnatyuralar.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Asar asosida berilgan savol-topshriqlar ustida ishlash;
2.Asarning badiiy-g’oyaviy olami haqida gapiring.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.“Farhod va Shirindostoni o’ziga xos syujet,o’ziga xos timsollar olmiga ega.Timsollar o’rtasidagi ziddiyatlar asarni yanada ta’sirchan,yanada o’qimishli bo’lishiga turtki bo’ladi.Bunda ,albatta,Alisher Navoiyning o’ziga xos ijod yo’li borligi sababdir.
Dostonda Farhod,Shirin,Shopur,Mehnbonu kabi ijobiy timsollar Xusrav,Shopur salbiy timsollar bilan keskin kurashadi.Farhod va Xusrav bahsining o’zida ikki qahramonlarga xos iiki xil olam, ikki xil dunyoqarash namoyon bo’ladi.
…Dedi:-“Joningg’a bu ishdin alm bor”.
Dedi:-“Ishq ichra jondin kimga g’am bor?!”
“Ishq “so’zini har ikki qahramon ikki xil talqin qiladi .Biri bu yo’lda har qanday qiyinchilik,jabrni tortshga tayyor,biri esa bu yo’lda makr,hiyla ila yo’l tutadi…
II.Darslikda berilgan oarcha asosida qahramonlarga xos fazilatlarni ochib berish.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Asarning to’liq nashri orqali Shopurga xos vafodorlik,chin do’stlik,Mehnbonuga xos oliyjanoblik,lekin Xusrav hiylsila tushgan ilojsizlik,Shirin vafodorligi,mehr-muhabbati,sadoqati,Shopur va Xusrav yovuzliklarini ochib berish.
II.Asarning to’liq nashri ustida ishlash va mazmun-mohiyatini anglash,asar yuzasidan ishlanga minnatyuralar tahlili;
III.Test sinovi:
1.Xusrav kimning buyrug’I bilan Shiringa sovchi qo’yadi?
A.Shopur B.Buzurg Ummid C.Bahrom D.Mulkoro
2.Harimi iffat ichra shoh il ermsh,
Sipehri ismat uzra moh ul ermish,-
Deya Alisher Navoiy kimga ta’rif bergan?
A.Shiringa B.Farhodga C.Mehnbonuga D.Shopurga
3…”Jonparvar anfosingdan o’ldim..”degan misralarda Farhpd “anfos ”deganda nimani nazarda tutadi?
A.Shirin go’zalliga B.O’tli nafasi C.Quyosh yanglig’ yuzi D.Shirinning nafosati
4.”Ne aylaykim .qayu mahro’ ekansen”,-misrasidagi “mahro”so’zini sharhlang.
A. Oy yuz B. Quyoshday nur taratuvchi C.Mahram D.Go’zal
5.”Yaqindurkim ,bu bama’ni fasona,
”Erur boshtin-ayog’ makru-bahona”,-deya Xusrav nimani nazarda tutadi?
A.Farhodning jasoratlarini B.Arman xalqining tog’yo’lidan ariq qaziyotganini
C.Shirin haqidagi Mehnbonuning aytganlarini D.Farhodning bir o’zi lashkarini yengganini

Download 288.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling