Uyga vazifa:Badiiy dostonlar o’qish,o’tilganlarni takrorlash va mustahkamlash.
O’quvchilar bilimini baholash.
1-23 ADABIYOT 9-sinf
Darsning mavzusi: Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi.
Darsning maqsadi:a)ta’limiy-Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida qo’shimcha ma’lumot berish,ijodiy merosi haqida ma’lumotlar berish;
b)tarbiyaviy-adabiyotga bol’gan qiziqishni tarbiyalash ,Ona Vatanni sevish,ardoqlash,qadrlash tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvchilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish.
Darsning turi:noan’anaviy;
Darsning uslubi:bahs,she’riyat gulshani,tavsif berish,ma’lumot berish;
Darsning jihozi:darslik,Z.M.Bobur siymosi,badiiy asrlari.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Alisher Navoiy hayoti va ijodi yuzasidan bilimlarni xulosalash;
2.”Farhod va Shirin” dostoni haqidagi olgan bilimlarni tarqatmalar asosida mustahkamlash.
Darsning mohiyatini anglash bosqichi:
I.Z.M.Bobur hayoti va ijodi haqida qanday bilim va tushunchalarga egasiz?
II.She’riyat gulshani:Z.M. ZBobur ijodidan yod ayting.
Tole’ yoqi jonima balolig ‘bo’ldi,
Har ishniki ayladim xatolig’ bo’ldi.
O’z yurtin qo’yib Hind sori yuzlandim,
Yo Rab,netayin ne yuz qarolig’ bo’ldi.
III. Z.M.Bobur yirik davlat va madaniyat arbobi ,mohir sarkarda,donishmand tarixchi,zakovatli olom va tarjimondir.U 1483-yil Farg’ona viloyatining poytaxti Andijonda tug’ilgan.Otasi Umarshayx Mirzo Amir Temurga to’rtinchi avlod,evara,Andijon hokimi.Onasi Qutlug’ Nogorxonimnong otasi Yunusxon Chongizxonga o’n ikkinchi avlod.Bobur 12 yoshida otasi kabutarxonasi bilan Axsi qo’rg’onidagi jarga qulab,halok bo’ladi.Undan 3 o’g’il va 5 qiz qoladi.Bobur katta o’g’il bo’lgani uchun 12 yoshida taxtga o’tiradi.1497-yil Samarqandni egallaydi.Samarqand uchun ukasi Jahongir Mirzo va Shayboniyxon bilan bir necha bor kurashlar olib boradi.Xiyonat ortidan u Qobul va Hindistonga yo’l olib,”Buyuk mo’gul imperiyasi”deb atalgan ulkan saltanatga asos soladi.1526-yil Bobur dushmanlari(Ibrohim Lo’diy) tomonidan zaharlanadi va 1530 yil Agrada vafot etadi.Keyin uning xoki vasiyatiga muvofiq Qobulga ko’chiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |