Uyga vazifa:Otilganlarni mustahkamlash.
1-22 Adabiyot 9-sinf
Darsning mavzusi:Nazorat ishi tahlili
Darsning maqsadi:a)ta’limiy-o’quvchilar yozgan yozma ishlar tahlili,xatolar ustida ishlash;
b)tarbiyaviy-insoniylik,mehr-muhabbat va ezgulik tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvchilarning fikrlash salohiyati,yozma savodxonligi va dunyoqarashini kengaytirish.
Darsning turi:mustahkamlash;
Darsning uslubi:tahlil,xatolar ustida ishlash,ijodiy ish.
Darsning jihozi:darslik,”Farhod va Shirin”dostoni
Darsning borishi :
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
Datsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Nazorat ishi daftarlarini tarqatish va o’quvcholarning nazorat ishidan olgan baholarini izohlash;
II.Xatolar ustida ishlash:
a)imlo xatolari ustida ishlash; b)ishoraviy xatolar ustida ishlash; d)uslubiy xatolar ustida ishlash.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Matn tuzing:Hunarni asrabon netgumdur oxir…
Hunarni asrabon netgumdur oxir,
Olib tuproqqami ketgumdur oxir.
Farhod aytgan bu fikrlar hozirgi kunimiz uchun ham har kunlik shiorga aylangan.Zero,inson bolasi hunar va mehnat ortidan kamolotga erishadi. Hayotda o’z o’rnini topishga harakat qiladi.Bu kungi yoshlarimiz shu shiorni ozlari uchun hayot haqiqati deb bilyaptilarmi?Keling shu haqda fikr va mulohazalarimizni bayon qilsak…
Bugungi davr yoshlarini intilishi va harakatini ikki xil baholash mumkin.Birinchi toifa yoshlarimiz har vaqtini g’animat bilib,ilm-u hunar sirlarini o’rganishga oshiqsa,ikkinchi toifa yoshlarimiz internet o’yinlariga mukkasidan ketib,yoshligini xazon qilmoqda.Erta ona Vatan qanday yoshlarga tayanadi?Albatta, ilmli,hunarli yoshlarga tayanadi.Chunki bu yoshlar ham o’zining,ham Vatanning kamolotini ta’minlaydi.
II.Ijodiy matnlar tahlili.
Do'stlaringiz bilan baham: |