Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Ogahiyning “Ustina”radifli g’azalini ifodali o’qish va g’oyaviy-badiiy tahlil qilish:
Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina,
Qatlim uchun “nas”keltirur “nun”eltibon “sod”ustina…
Shoirning bu g’azali eng mashhur g’azallaridan biri sanaladi.Unda yorning cheksiz go’zalligi ta’riflanadi.Lirik qahramonning ishqdagi o’rtanishi tsvirlanadi.Maqta’da yorning qoshi va ko’zi ta’rif etilmoqda.”Mushkin”so’zi ham qoralik,ham xushbo’ylikni ifodalaydi.Qosh va ko’zning qoraligi jallod sifatida tasvirlanadi…
II.”Ustina”radifli g’azali asosida berilgan savol-topshiriqlar ustida ishlash,g’azal badiiy tasvir vositalaridan foydalanishning o’ziga xosligi yuzasidan bahs;
III.Test sinovi
1.Shoirninh lirik devoni
A,”Firdavs ul-iqbol” B.”Ta’viz ul-oshiqin”
C.”Gulshani davlat” D.”Shohidi iqbol”
2.Devondan qancha forsiy misralar o’rin olgan?
A.1300 misradan ortiq B.1300 misraga yaqin
C.20 mingga yaqin D.1400 misradan ortiq
3.Devon kimning talabi va taklifi biln tuzilgan?
A.Nasrulloxon B.Olloqulixon
C.Muhammad Rahimxon D.Olimxon
4.”Navro’z”radifli g’azali qaysi san’at asosida qurilgan?
A.Tazod B.Irsoli masal
C.Tashxis D.Talmeh
5. Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina,
Qatlim uchun “nas”keltirur “nun”eltibon “sod”ustina –Misralarida qanday san’at qo’llanilgan?
A.Tashbih B.Tashxis
C.Talmeh D.Irsoli masal
Javoblar:1.B 2.A 3.C 4.C 5.A
Uyga vazifa:G’azallar tahlili va yod olish.
Oquvchilar bilimini baholash
Sana:
Sinf: 9 “A”-sinf
Darsning mavzusi: Muhammad Rizo Ogahiy lirikasi.Tarji’band,tuyuqlari
Darsning maqsadi:
a)ta’limiy-o’quvchlarga Muhammad Rizo Ogahiy lirikasi ,ijodiy merosi haqida bilim va ko’nikmalarni takomillashtirish ,shoirning g’azalari,tarji’band,tuyuqlarini ifodali o’ish va g’oyaviy-badiiy tahlil qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |