Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.”Surmadin ko’zlar qaro…”g’azali tahlili
Surmadin ko’zlar qaro,qo’llar hinodin lolarang,
G’ozadin yuzlarida tob-u ,o’smadin qoshlar tarang…
Bu g’azalda ma’shuqa g’ozal tavsiflar bilan tilga olinadi.Qolaversa,bu misralar shoirning mashhur misralaridan biri sanaladi.Chunki bu misralar go’zallik tasviri bilan birga milliylik ifodasi hamdir.Bu g’azalda shoir o’zbek qiz;arining o’ziga xosligi,milliyligi,suratini chizib bera olgan…
II.”Biz istig’no eli…”
Biz istig’no eli,qichqiemag’on mavog’a bormasmiz,
Agar chandiki xirman aylasa,dunyog’a bormasmiz…
Bu she’rdagi ohanglar,so’zlar va g’oya o’ziga xos.G’azal ma’rifat,o’zlikni anglash,poklik tuyg’ularini tarannum etadi…
III.Test sinovi
1.Furqat taxallusi qaysi so’z bilan hamohang,shoir taqdiri bilan bog’liq taxallus ma’nosini izohlang.
A.Azob,sog’inch B.Ayriliq,firoq
C.Farz,burch D.Dard,iztirob
2.Furqat lirikasi g’azallar soni
A.200 atrofida B.189 ta C.200 dan ortiq D.300 ga yaqin
3.”Surmadin ko’zlar qaro…”g’azali kimning g’azaliga nazira tarzida bitilgan?
A.Navoiy B.Bobur C.Atoiy D.Fuzuliy
4.”Sabog’a xitob”,”Manam shorida bulbul “she’rlari ohangi
A.Muhabbat,ishq azobi B.Tabiat tasviri
C.Vatan sog’inchi,ayriliq azobi D.Ma’shuqa tasvifi
5.Ne bilur Yusufki noz-u husn ila mag’rurdur,
Ul qadarkim,ishq dardini Zulayxo tortadur…
Baytda qanday san’at qo’llanilgan?
A.Talmeh B.Irsoli masal C.Tazod D.Jonlantirish
Javoblar:1.B 2.A 3.D 4.C 5.A
Uyga vazifa:Shoir g’azalaridan birini yod olish
O`quvchilar bilimini baholash
Sana:
Sinf: 9 “A”-sinf
Darsning mavzusi: Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat muxammasi, g’azal haqida nazariy ma’lumot berish
Darsning maqsadi:a)ta’limiy- Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat muxammasini ifodali o’qish,tahlil qilish,savol-topshiriqlar ustida ishlash,g’azal haqida nazariy ma’lumot berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |