1-9 Adabiyot 9-sinf
Download 288.05 Kb.
|
9 sinf adabiyot fanidan dars ishlanm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning mohiyatini anglash bosqichida
- Darsning mustahkamlash bosqichida: I.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitob-daftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish; O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob; 2.”O’tkan kunlar”romani haqida qanday tushuncha va ma’lumotlarga egasiz? Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar ’asari o’zbek romanchiligining ilk va mukammal namunasi,shu bilan birga shu roman asosida yaratilgan o’zbek kinosi ham o’zbek kinochiligida alohida o’rinda turadi .Chunki bu asar va kini durdonasi Abdulla Qodiriy iste’dodininig yuksak mevasidir.Unda adib haqiqiy hayot sahnasini chizib bera olgan ,ham kitobxon,ham tomoshabin uning qahramonlari bilan birga yashaydi va undagi tuyg’ularni his qila oladi. Har qanday ishda bo’lgani kabi asarlarini yozishda ham g’oyatda puxta tayyorgalik ko’radigan yozuvchi 1917-1918-yillardan boshlab asosiy asari bo’lmish “O’tkan kunlar”romani uchun material yig’ishga kiradi.Yozuvchi xalqning hayoti ,ahvoli-ruhiyatini yirik badiiy asarda tasvirlash zaruriyatini his etardi.O’zbekning qanday xalq ekanligini ko’rsatib beradigan katta hajmli asarda ulkan ehtiyoj borligini sezadi.Adib romanni 1919-yildan yoza boshlaydi..1922-yilda birinchi o’zbek romanining dastlabki boblari “Inqilob ”jurnalida chop etiladi.1925-yilda romanning bo’limlari alohida-alohida uch kitob tarzida,1926-yilda esa “O’tkan kunlar”yaxlit asar holda bosilib chiqdi II.”O’tkan kunlar”asari haqida darslikda va qo’shimcha badiiy adabiyotlarda berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirish. Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Darslikda berilgan “O’tkan kunlar”asaridan berilgan parcha ustida ishlash va asarni tahlil qilish: “Kirayi kuyaving shundoq bo’lsa”bobida Abdulla Qodiriy milliy o’zligimizga ,hunarmandchiligimizga mos imoratlarga chiroyli va to’g’ri ma’lumot berib,bu ma’lumotlarni qahramonlar ichki olami (Mirzakarim qutidor)bilan bog’laydi.Bu o’ziga xos tasvir ifodasi.Qahramonlar tashqi qiyofasi yoshi va ichki olami bilan uyg’unlashgan(Oftob oyim,Oysha bibi,To’ybeka,Kumushbibi).. II.asarning to’liq nashri ustida ishlash va voqealar bayoni asosida bahs-munozara o’rkazish III.Test sinovi: 1.Adib “O’tkan kunlar”romanini qachondan yoza boshlagan? A.1919-yil B.1917-1918-yil C.1922-yil D.1920-yil 2.Asar to’liq holda qaysi matbuotda bosilgan? A.”Oina” B.”Inqilob” C.”Samarqand” D.”Sadoyi Turkiston” 3.1926-yil… A.Asarning ilk boblari bosilib chiqdi B.Asar uch kitobda nashr etildi. C.Asar yozila boshlandi. D.”O’tkan kunlar”yaxlit asar sifatida bosilib chiqdi. 4.Mirzakarim qutidor uyidagi “ko’zga chalinadurg’on ortiqliqlardan “eng birinchi narsa nima edi? A.Ehtiyoj binolar B.To’rdagi binolar C.Koshinkon va naqshin chorxari ayvon D.Tancha 5”….ichidan atlas ko’ynak,ustidan xon atlas guppy kiygan,boshig’a oq dakanini tashlagan…”ayol kim edi? A.Oftob oyim B.Oysha bibi C.Kumush D.To’ybeka Download 288.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling