1-9 Adabiyot 9-sinf
Download 288.05 Kb.
|
9 sinf adabiyot fanidan dars ishlanm
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash
- Darsning mustahkamlash bosqichida
Darsning jihozi:darslik,Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon siymosi,qo’shimcha badiiy adabiyotlar,tarqatmalar”Kecha va Kunduz”romani;
Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitob-daftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish; O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida Cho’lpon hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob; 2.Cho’lpon she’rlaridan yod so’rash va undagi badiiyat,g’oya yuzasidan bahs-munozara; Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Siz yettinchi sinfda Cho’lpon hayoti va ijodi bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’lgansiz.Aytingchi,shoir she’rlarida ,asosan,qanday g’oya ilgari surilgan? II.Shoirshe’rlarida uning ilhomihamisha buloqday qaynab turgan.Uning yoniq yuragi,ta’sirchan ko’ngli ,isyonkor tabiati yaqqol ko’rinib turadi.U shaxsiyati bilan she’riyati bir bo’lgan ijodkor edi. Muhabbatning saroyi kehg ekan yo’lni yo’qotdim-ku, Asrlik tosh yanglig’ bu xatarlik yo’lda qotdim-ku. Bu she’rda shoir muhabbatning o’tli va dardli olaminio’zining qalb tug’yonlari bilan birga kuylaydi.. II.”Ko’ngil”,”Yong’in”she’rlaritahlili: Ko’ngil,sen munchlar nega Kishanlar birla do’stlashding? Na faryoding,na doding bor, Nechun se muncha sustlashding? Shoir qullik tananing kishanlanishidan emas,balki ruhning ,ko’ngilning zanjirbandlgidan boshlanishini biladi.Chunki ko’ngli hur odamni qul qilib bo’lmaydi… Nega mening qulog’imda tun va kun Boyqushlarning shumli tovshi baqirar? Nega manim borlig’imda har o’yun Va har kulgu og’u separ,o’t yoqar? Bu sh’erda ham shoir o’sha davrdagi Turkiston o’lkasi va xalq ahvolni yorqin aks ettirib beradi. Darsning mustahkamlash bosqichida: I.”Vijdon erki”she’rini ifodali o’qish va tahlil qilish: Ay tutqinlar,ay ezilganlar, Ay qiynalgan ,yo’qsil eller, Ay umidsiz,ay chizilgan Dor oldiga …oppoq dillar! Bu she’rda erksizlik va mustamlakalik zulmi tufayli ezilgan xalq ahvoli bayon qilinadi va har bir ezilgan xalqni ozodlik uchun kurashga da’vat etadi… II.Cho’lpon she’rlari tog’risida berilgan adabiy maqola matni ustida ishlash. III.Nazariy ma’lumot:Ijtimoiy va intim lirika “Intim” lotincha so’z bo’lb,”eng ichki ”va “yashirin”degan ma’nolarni anglatadi.Intim she’rda shoir bevosita o’ziga tegishli sezim,tuyg’u va holatlarni aks ettiradi.”Qalandar ishqi”sh’eri shu ruhda bitilgan. Ijtimoiy hodisalarning muallif tuyg’ularini bezovta qilish ,ini muvozanatdan chiqarish natijasida dunyoga kelgan asarlar ijtimoiy lirika namunalari sanaladi.Unda hayot hodisalari,odamlararo munosabatlar aks ettiriladi.”Ko’ngil”,”Buzilgan o’lkaga”,”Yong’in”… IV.Test sinovi:1.Shoirning umrining oxirida yozgan she’riy to’plami A.”Tong” B.”Buloqlar” C.”Soz” D.”Uyg’onish” 2.”Qalandar ishqi”she’ri qanday lirika mahsuli sanaladi? A.Intim B.Ijtimoiy C.Peyzaj D.Falsafiy 3.Karashma dengizin ko’rdum,na nozlik to’lqini bordur, Halokat bo’lg’usin bilmay qulochni katta otdim-ku.Qanday badiiy san’at qo’llanilgan? A.Tashbih B.Jonlantirish C.Tazod D.Irsoli masal 4.”Intim” so’zining ma’nosi A.Eng yashirin,ichki B.Hayot hodisalari bilan hamohang C.Qalb iztiroblari D.Muhabbat qo’shiqlari 5.””Vijdon erki,”Ko’ngil”,”Buzilgan o’lkaga”,”Yong’in ”she’rlari qaysi lirika mahsuli? A.Intim B.Ma’rifatparvarlik C.Ijtimoiy D.Peyzaj Download 288.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling