1. adabiyot – so‘z san’ati. Vatanning singilga qiyoslanishi kimning qaysi she’rida uchraydi? A muhammad Yusufning «O‘zbekiston»
Download 205.5 Kb.
|
2. IMOM BUXORIY
1. Imom Buxoriy kimning chopariga «Men ilmni xor qilmayman, uni hukmdorlar eshigiga olib bormayman», – degan gaplarni aytgan? A) Qo‘qon xoni Nasrulloning B) Qo‘qon xoni Xudoyorxonning C) Buxoro amiri Ahmad ibn Xorunning D) Buxoro amiri Xolid ibn Ahmadning 2. Hadislarda ilmni o‘rganib, o‘zgalarga o‘rgatib, o‘zi amal qilmaydiganlar qanday nomlanadi? A) mo‘min B) fosiq C) kofir D) g‘ofil 3.(2012;2014) Buxoriy hadislarida qanday odamlar polvonlar deyiladi? 1) g‘azablanganda g‘azabini yuta olgan; 2) adolatli; 3) salom beruvchi; 4) kambag‘alligida ham sadaqa beruvchi; 5) o‘z qasamining ustidan chiqqanlar. A) 1 B) 2,3,4 C) 1,2,5 D) 1, 5 4. Nima sababdan Imom Buxoriy umrining so‘nggi yillarida Samarqandga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi? A) Samarqand hukmdori bilan oralari buzilgani uchun B) Buxoroda turishi qiyin bo‘lib, sog‘ligi yomonlashgani uchun C) Nasrulloning farzandlariga ta’lim berishni xohlamagani uchun D) Xolid ibn Ahmad bilan oralari buzilgani uchun 5. Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, ilm o‘rganib, odamlarga o‘rgatadigan, ammo o‘zi amal qilmaydigan kishi nimaga o‘xshatiladi? A) tekis yerga B) hosilsiz daraxtga C) yog‘insiz bulutga D) qattiq, qurg‘oq yerga 6. Soxta hadislarning paydo bo‘lishiga sabab nima edi? A) roviy bo‘lib mashhur bo‘lishga intilish B) dindagi ichki g‘oyaviy kurashlar C) yolg‘onchilarning ko‘payib ketishi D) roviylarni obro‘sizlantirish 7. Quyidagi hadis roviysini toping. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam, agar biror gado yoki hojatmand kishi huzurlariga kirib kelsa: «Ko‘mak qilingiz, savob topg‘aysiz! Alloh taolo o‘z rasulining tilidan uning istagan narsasini ayttirib, hojatini chiqaradi!» A) Sahoba Ammor B) Ammor ibn Yosir C) Abu Muso D) Abu Hurayra 8. Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, rasululloh bergan hidoyani (ilmni) o‘zi o‘rganib o‘zgalarga o‘rgatadigan, o‘zi ham amal qiladigan kishini kim deb ataydi va qanday yerga o‘xshatadi? A) ulamo, unumdor yerga B) fosiq; qurg‘oq, qattiq yerga C) kofir, qurg‘oq yerga D) mo‘min, unumdor yerga 9. Hadisni davom ettiring. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir kishi so‘radi: «Islomda eng yaxshi xislatlar qaysidir?» … A) «Ochlarga taom bermoqlik, tanigan va tanimaganga salom bermoqlik». B) «G‘azablangan taqdirda ham kechira olmoq, barchaga salom bermoq». C) «Insofli va adolatli bo‘lmoq, kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq». D) «Ochlarga taom bermoqlik, kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq». 10. Imom Buxoriydan bizgacha qancha ilmiy asar meros qolgan? A) 10 dan ortiq B) 20 dan ortiq C) 40 ga yaqin D) 30 ga yaqin 11. Imom Buxoriy qanday unvonlarga ega bo‘lgan? A) «muhaddislar imomi», «muhaddislar sultoni» B) «muhaddislar sultoni», «muhaddislar donosi» C) «muhaddislar donosi», «muhaddislar imomi» D) «muhaddislar podshosi», «muhaddislar sultoni» 12. Imom Buxoriyning otasi kim? A) Ahmad al-Buxoriy B) Ibrohim Buxoriy C) Ismoil Buxoriy D) Xolid Buxoriy 13. Payg‘ambarimizni ko‘rgan va u kishi bilan suhbatda bo‘lgan izdoshlari kimlar hisoblanadi? A) muhaddislar B) tobeinlar C) sahobalar D) roviylar 14. Muhaddis kim? A) «ma’lumot beruvchi», «hadis biluvchi» B) «rivoyat qiluvchi», «hadis aytuvchi» C) «hadis to‘plovchi», «hadis biluvchi» D) «hadis biluvchi», «hadis aytuvchi» 15. Imom al-Buxoriy qancha ishonchli ulamodan hadis yozib olgan? A) olti yuzdan ortiq B) yuzdan ortiq C) mingdan ortiq D) ikki yuzga yaqin 16. Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, payg‘ambarimiz ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini juft qilib: «Ikkimiz jannatda yonma-yon yashaymiz», – deb kimni nazarda tutgan? A) g‘azablangan vaqtida jahlini yutgan odamni B) ilm o‘rgangan va uni boshqalarga o‘rgatgan odamni C) tanglikda ham, mo‘lchilikda ham xayr-ehson qilgan odamni D) yetimning kafilini olgan odamni 17. Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, Ammor ibn Yosir kim? A) Alining yordamchilaridan, sahoba B) Hazrat Usmonning yordamchilaridan, sahoba C) Muhammad alayhissalomning yordamchilaridan, sahoba D) Abubakrning yordamchilaridan, sahoba 18. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning gaplari, ishlari, ma’qullashlari, xulqiy sifatlari biz uchun nima hisoblanadi? A) sunnat B) sanad C) musnad D) kalom 19. Hadislardagi o‘xshatishlarga mos javoblarni tanlang. 1) suvni o‘zida tutib turmaydigan, ko‘kat ko‘kartirmaydigan yer; 2) unumdor yer; 3) suvni shimmaydigan, o‘zida to‘playdigan yer. a) kofir; b) mo‘min; s) fosiq. A) 1-b, 2-a, 3-s B) 1-a, 2-b, 3-s C) 1-s, 2-b, 3-a D) 1-s, 2-a, 3-b 20. Imom Buxoriy necha yoshlaridan o‘z zehni va yod olish quvvati bilan ustozlarini shoshirib qo‘yardi? A) olti yoshlaridan B) sakkiz yoshlaridan C) o‘n yoshlaridan D) o‘n olti yoshlaridan 21. Hadis yig‘ish an’anasi qachondan boshlangan? A) islom dini paydo bo‘lgandan B) payg‘ambarimiz yashagan davrdan C) sahobalar davridan D) Imom Buxoriy davridan 22. Hadislar tuzilishiga ko‘ra necha qismga bo‘linadi? A) 3 ta: matn, sanad, musnad B) 2 ta: sanad, musnad C) 2 ta: matn, roviy D) 2 ta: sanad, matn 23. «Qur’on» xalq orasida yana qanday nom bilan mashhur? A) «Kalomulloh» B) «Tafsir» C) «Tafsiri Hilol» D) «Muqaddas kitob» 24. Imom Buxoriy keltirgan quyidagi hadisning roviysi kim? Download 205.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling