1. adabiyot – so‘z san’ati. Vatanning singilga qiyoslanishi kimning qaysi she’rida uchraydi? A muhammad Yusufning «O‘zbekiston»
Download 205.5 Kb.
|
«Do‘st uldurki, o‘ziga ravo ko‘rmagan narsani, do‘stiga ham ravo
ko‘rmaydi». A) Ezop B) Navoiy C) Huvaydo D) Gulxaniy 34. Ezop masallarida burgutning o‘ljasi nima edi? A) qo‘chqor B) buzoqcha C) echki D) qo‘zichoq 35. Ezopning qaysi masali ota-bobolarimizning nima uchun hasadni o‘tga o‘xshatishganini yodga soladi? A) «Eshak bilan baqalar» B) «Ustiga tuz yuklangan eshak» C) «Kiyik bilan tokzor» D) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon» 36. (2008) Ezopning qaysi masalida o‘ziga ortiqcha baho berishning oqibati yoritilgan? A) «Bo‘ri bilan laylak» B) «Eshak bilan baqalar» C) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon» D) «Kiyik bilan tokzor» 37. Ezop masallarida zag‘chaning qanotlarini kim kesib qo‘yadi? A) ovchi B) cho‘pon C) dehqon D) ustod 38. Ezop masallarida baqalarning makoni qayer edi? A) arna – ariq B) katta ko‘l C) sho‘r dengiz D) botqoq 39. Ezop qachon va qayerda quldorlik tuzumi hukm surgan paytda qullar orasidan yetishib chiqqan nihoyatda aqlli, ammo o‘ta badbashara, xunuk bir donishmand edi? A) Yunonistonda, eramizdan avvalgi VII asrda B) Vavilonda, eramizdan avvalgi VII asrda C) Frigiyada, eramizdan avvalgi VI asrda D) Yunonistonda, eramizdan avvalgi VI asrda 40. Ezop masallarida laylakning mukofoti nima edi? A) bo‘rining og‘zidan oyog‘ining omon chiqishi B) polaponlarining omon qolishi C) bo‘rining tishlari orasiga kirib qolgan qimmatbaho uzuk D) bo‘rining og‘zidan boshining omon chiqishi 41. Ezop masallarida «nonko‘rlar» deya haqoratlangan jonivorlar qaysilar? A) zag‘cha va laylak B) baqalar va laylak C) cho‘ponning echkilari D) yovvoyi echkilar 42.(2008) Ezopning «Bo‘ri bilan laylak» masalidan qanday xulosa kelib chiqadi? A) yaxshi-yomonga barobar yaxshilik qilish B) yomonlikka ham yaxshilik bilan javob qaytarish C) yomonlikka yomonlik bilan javob qaytarish D) yaxshilikni uning qadriga yetadigan odamga qilish 43. Ezop masallarida uchishga ham, qochishga ham imkoni qolmagan qush qaysi? A) zog‘ B) burgut C) zag‘cha D) laylak 44. Ezop masallarida qo‘llanilgan «yuvg‘ich» nima? A) Teridan yasaladigan xalta. B) Oshirilmagan xamirdan qilinadigan yupqa non. C) Ko‘p yillik daraxtdan olinadigan, kiyim-kechaklarni yuvishda foydalaniladigan, yumshoq, ichi g‘ovak narsa. D) Bir yillik o‘simlikdan olinadigan, idish-tovoq yuvishda ishlatiladigan, yumshoq, ichi g‘ovak narsa. 45. Ezopning asli kelib chiqishi qayerlik va qayerga qul qilib olib kelingan? A) Asli vavilonlik, Yunonistonga qul qilib olib kelingan. B) Asli yunonistonlik, Vavilonga qul qilib olib kelingan. C) Asli frigiyalik, Yunonistonga qul qilib olib kelingan. D) Asli yunonistonlik, Frigiyaga qul qilib olib kelingan. 46. Ezop masallarida nima suvda erib, eshakning yuki yengillashadi? A) shakar B) tuz C) dori-darmon D) un 47.(2008) Ezopning «Eshak bilan baqalar» masalining mazmuni qaysi o‘zbek xalq maqoliga hamohang? A) Birni ko‘rib shukr qil, birni ko‘rib fikr qil. B) Sanamay sakkiz dema. C) Buzoqning yugurgani somonxonagacha. D) Osmon uzoq, yer qattiq. 48. «…men ham dengizni ichib yuborishim mumkin», – deya mast holatda katta ketgan Ezopning xo‘jayini kim edi? A) Ksanf B) Likurg C) Krez D) Fedr 49. Ezop masallarida kiyikni qaysi obraz yaralaydi? A) burgut B) cho‘pon C) ovchi D) bo‘ri 50.(2017) Ezopning «Burgut, zag‘cha va cho‘pon» masaliga tegishli xulosa qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) Behuda chiranish belni chiqaradi. B) Birni ko‘rib shukur qil, birni ko‘rib fikr qil. C) Og‘irning ostidan, yengilning ustidan o‘tma D) Yangi do‘stni ko‘rganda eskisini unutma. 51. Ezop qaysi xojasini og‘ir vaziyatlarda qutqarib qoladi, lekin evaziga undan kaltak yeydi? A) Krezni B) Likurgni C) Ksanfni D) Fedrni 52. Ezop masallarida hasadgo‘y qush qaysi? A) zog‘ B) burgut C) zag‘cha D) laylak 53. Ezopning qaysi masalidan odam boshiga tashvish tushganda o‘zini qanday tutishi to‘g‘riligi haqidagi g‘oyaviy mazmun kelib chiqadi? A) «Eshak bilan baqalar» B) «Ustiga tuz yuklangan eshak» C) «Kiyik bilan tokzor» D) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon» 54. Ezopning qaysi masalidan hiyla-nayrang ishlatishni o‘ziga odat qilib olishning zarari haqidagi g‘oyaviy mazmun kelib chiqadi? A) «Eshak bilan baqalar» B) «Ustiga tuz yuklangan eshak» C) «Kiyik bilan tokzor» D) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon» 55. Ezop qay tarzda vafot etadi? A) Haqgo‘yligi, adolatparastligi uchun hasadgo‘y dushmanlari uni Lidiyada tog‘ qoyasidan otib yuboradilar. B) Kinoyali achchiq tili uchun alamzada dushmanlari Frigiyada tog‘ qoyasidan otib yuboradilar. C) Kinoyali achchiq tili uchun alamzada dushmanlari Vavilonda tog‘ qoyasidan otib yuboradilar. D) Hasadgo‘y dushmanlari Delfa shahrida tog‘ qoyasidan otib yuboradilar. Download 205.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling