1. adabiyot – so‘z san’ati. Vatanning singilga qiyoslanishi kimning qaysi she’rida uchraydi? A muhammad Yusufning «O‘zbekiston»


EZOP . 1. Ezop masallarida nima suvni shimadi va natijada eshakning yuki og‘irlashadi? A) sirach B) yuvg‘ich


Download 205.5 Kb.
bet5/11
Sana01.11.2023
Hajmi205.5 Kb.
#1738706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3. EZOP .
1. Ezop masallarida nima suvni shimadi va natijada eshakning yuki
og‘irlashadi?
A) sirach B) yuvg‘ich
C) mahmil D) uvunto‘da ko‘rpa-yostiq
2. Majoziy shakldagi ibratli hikoyatlarning eng sara namunalari
uchraydigan Alisher Navoiyning «Xamsa» asaridagi birinchi doston
qaysi?
A) «Hayrat ul-abror» B) «Lison ut-tayr»
C) «Layli va Majnun» D) «Saddi Iskandariy»
3.(2008) O‘zbek masalnavis shoirlari qaysi qatorda to‘g‘ri
ko‘rsatilgan?
A) S. Abduqahhor, M. Yusuf, M. Xudoyqulov
B) A. Avloniy, Hamza, S. Abduqahhor, U. Nosir, M. Xudoyqulov
C) A. Avloniy, Hamza, Y. Qurbon, M. Xudoyqulov, S. Abduqahhor
D) Shukrullo, T. Sulaymon, A. Suyun, S. Abduqahhor
4. Ezop masallarida: «Qilmish – qidirmish», – deya ingragan jonivor
qaysi?
A) laylak B) bo‘ri C) zag‘cha D) kiyik
5. XVII asrda yashab ijod etgan fransuz masalchisi kim?
A) Lafonten B) Gellert C) Lessing D) Krilov
6. Majoziy shakldagi ibratli hikoyatlarning eng sara namunalari
Alisher Navoiyning qaysi dostonlarida uchraydi?
A) «Hayrat ul-abror», «Mantiq ut-tayr»
B) «Mahbub ul-qulub», «Mantiq ut-tayr»
C) «Layli va Majnun», «Lison ut-tayr»
D) «Hayrat ul-abror», «Lison ut-tayr»
7.(2018) Ezopning «Yovvoyi echkilar bilan cho‘pon» masalidan
qanday xulosa kelib chiqadi?
A) to‘g‘ri va rostgo‘y bo‘lish B) do‘stga sadoqat C) mehnatsevarlik
D) haqiqatgo‘y bo‘lish
8. Ezopni sotib olgan o‘ta yengiltak, kaltafahm odam bo‘lgan Ksanf
qayerda yashardi?
A) Samos orolida B) Delfa shahrida
C) Lidiyada D) Frigiyada
9. «Ko‘rpangga qarab oyoq uzatgin» maqoli Ezopning qaysi masali
mazmuniga mos keladi?
A) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon»
B) «Eshak bilan baqalar»
C) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»
D) «Kiyik bilan tokzor»
10. Alisher Navoiyning majoziy shakldagi ibratli hikoyatlarning eng
sara namunalari uchraydigan, maxsus shu yo‘nalishda yaratilgan
asari qaysi?
A) «Hayrat ul-abror» B) «Layli va Majnun»
C) «Lison ut-tayr» D) «Saddi Iskandariy»
11. Ezop masallarida suvga cho‘kib ketgan jonivor qaysi?
A) echki B) eshak C) kiyik D) bo‘ri
12. Ezopning «Kiyik bilan tokzor» hamda «Ustiga tuz ortilgan eshak»
masallarining xulosalarini toping.
A) Aqlni ishlatish, qiyinchilikka sabrli bo‘lish kerak; Behuda
chiranish belni chiqaradi.
B) Qilmish – qidirmish; Og‘irning ostidan, yengilning ustidan
o‘tma.
C) Behuda chiranish belni chiqaradi; Og‘irning ostidan, yengilning
ustidan o‘tma.
D) Yaxshilikni ham uning qadriga yetadigan odamga qilish kerak;
Ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganliklarini ham
yaxshilikka yo‘yadilar.
13.(2017) Yaxshilikka yomonlik qilgan kishining Xudoning qahriga
yo‘liqishi Ezopning qaysi masalida uchraydi?
A) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon»
B) «Kiyik bilan tokzor»
C) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»
D) «Eshak bilan baqalar»
14. Qadim davrlardayoq «Ezop masallari» nomi ostida jamlangan
kitobda Ezopning qancha masali yig‘ilgan edi?
A) 50 ga yaqin B) 300 dan ortiq
C) 500 ga yaqin D) 600 dan ortiq
15. Yevropaliklar «Ezop tilida so‘zlash», «ezopona til» deb qanday
so‘zlashga aytishadi?
A) notiqlik qoidalariga rioya qilgan holda so‘zlash
B) hissiy bo‘yoqdor so‘zlardan foydalangan holda so‘zlash
C) oddiy va sodda, xalqona so‘zlash
D) maqol, masallar va ibratli voqealar bilan so‘zlash
16. Masalning asosiy jihati nimada?
A) majoziy xarakterdagi yirik hikoya ekanligida
B) hayvonlar orqali olamni tasvirlovchi hikoyalar ekanligida
C) to‘liq ma’noda tarbiyaviy maqsadga yo‘naltirilganlida
D) asosiy qahramonlari turli hayvonlar, narsa-buyumlardan
iboratligida
17. Ezop masallarida o‘zini burgut hisoblaydigan qush qaysi?
A) laylak B) turna C) zag‘cha D) zog‘
18. Ezop masallarida havo bulutligi tufayli yaylovga olib chiqilmagan
jonivorlar qaysilar?
A) echkilar B) qo‘ylar C) sigirlar D) yilqilar
19.(2012) Rivoyat qilishlaricha, Ezopning xo‘jayini safarga otlanar
ekan, o‘z qullariga yuklarni bo‘lib olib, ko‘tarib kelishni buyuradi.
Shunda Ezop nimani ko‘tarib oladi?
A) (to‘rt kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan) non solingan og‘ir qutini
B) (besh kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan) xo‘jayinining kiyimlarini
C) (besh kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan) otlar uchun hashakni
D) (to‘rt kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan) idish-tovoqlar solingan qopni
20. Ezop qaysi masalida yaxshilikka yomonlik qilish muqarrar jazo
bilan yakunlanadi, deyish barobarida insonlarni nafs balosidan ham
asranishga, hamma narsaga bir paytning o‘zida erishaman deb,
ochko‘zlik qilmaslikka da’vat etadi?
A) «Kiyik bilan tokzor»
B) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon»
C) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»
D) «Eshak bilan baqalar»
21. Ko‘hna Sharq adabiyotida majoziy shaklda, ya’ni turli hayvonlar
tilidan tarbiyaviy ahamiyatga molik hikoyachalar keltirish qadim hind
adabiyotining nodir namunasi hisoblangan qaysi asar tarkibida
uchraydi?
A) «Pandnoma» B) «Odobnoma»
C) «Kalila va Dimna» D) «E’zoznoma»
22. «Bo‘ri bilan laylak» masalidan kelib chiqadigan asosiy xulosani
toping.
A) Aqlni ishlatish, qiyinchilikka sabrli bo‘lish kerak.
B) Behuda chiranish belni chiqaradi.
C) Ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganliklarini ham yaxshilikka
yo‘yadilar.
D) Og‘irning ostidan, yengilning ustidan o‘tma.
23. Ezop aql-u farosati, topqirligi bilan oxir-oqibat o‘zini qullikdan
xalos etib, qaysi darajalargacha ko‘tarilgan?
A) Vavilon shohi Likurg saroyida xizmatchi, Lidiya shohi Krez
saltanatida xazinachi
B) Lidiya shohi Likurg saroyida xizmatchi, Vavilon shohi Krez
saltanatida xazinachi
C) Lidiya shohi Krez saroyida xizmatchi, Vavilon shohi Likurg
saltanatida xazinachi
D) Vavilon shohi Krez saroyida xizmatchi, Lidiya shohi Likurg
saltanatida xazinachi
24. «Birni ko‘rib shukur qil, birni ko‘rib fikr qil» maqoli Ezopning qaysi
masali mazmuniga mos keladi?
A) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon» B) «Eshak bilan baqalar»
C) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon» D) «Kiyik bilan tokzor»
25.(2008) Ezopning «Kiyik bilan tokzor» masalidan qanday xulosa
kelib chiqadi?
A) kattalarga hurmatda bo‘lish
B) kamtar bo‘lish
C) yomonlikka yomonlik bilan javob qaytarish
D) yaxshilikka hamisha yaxshilik bilan javob qaytarish
26. Masal nima?
A) Hayvonlar orqali insonlarni tasvirlovchi hikoyalar bo‘lib, nasriy
shaklda yoziladigan asar.
B) Majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo‘lib, nasriy yoki she’riy
shaklda yoziladigan asar.
C) Hayvonlar haqidagi hikoyalardan iborat janr bo‘lib, nasriy yoki
she’riy shaklda yoziladigan asar.
D) Majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo‘lib, nasriy shaklda
yoziladigan asar.
27. «Og‘irning ostidan, yengilning ustidan o‘tma» matali Ezopning
qaysi masali mazmuniga mos keladi?
A) «Eshak bilan baqalar»
B) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»
C) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon»
D) «Ustiga tuz yuklangan eshak»
28.(2005) Masal janri nimaga asoslanadi?
A) mubolag‘aga B) jonlantirishga
C) o‘xshatishga D) majozga
29. Masal janri haqidagi noto‘g‘ri fikrni toping.
A) Masalning asosiy qahramonlari turli hayvonlar, narsabuyumlardan iborat.
B) Masalda hayvonlar, narsa-buyumlar ramziy-majoziy ma’noda
qo‘llanilib, insonlar fe’l-atvoridagi turli xususiyatlarga ishora
sifatida keltiriladi.
C) Masal – majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo‘lib, faqat
nasriy shaklda yoziladi.
D) Gulxaniy «Zarbulmasal» nomli asari bilan o‘zbek adabiyotida
masalchilik rivojiga ulkan hissa qo‘shdi.
30. Ezopning qaysi masalida «Qilmish – qidirmish» maqoli keltirilgan?
A) «Eshak bilan baqalar»
B) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»
C) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon»
D) «Kiyik bilan tokzor»
31. Ayrim kishilarning kichkinagina qiyinchilik oldida ham esankirab,
ruhan cho‘kib qolishlari, holbuki, boshqalar bundan o‘n chandon og‘ir
mashaqqatlarni-da sabr-la yengishlari mumkinligi xulosasi qaysi
masalga tegishli?
A) «Eshak bilan baqalar» B) «Ustiga tuz yuklangan eshak»
C) «Kiyik bilan tokzor» D) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»
32. Ezop masallarida bo‘rining muammosi nima edi?
A) Bo‘g‘ziga qopqonning temiri tiqilib qoladi.
B) Oyog‘i ovchining qopqoniga tushib qoladi.
C) Tishlari orasiga qimmatbaho uzuk kirib qoladi.
D) Bo‘g‘ziga suyak tiqilib qoladi.
33. Quyidagi fikrlarning muallifini toping.

Download 205.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling