1. adabiyot – so‘z san’ati. Vatanning singilga qiyoslanishi kimning qaysi she’rida uchraydi? A muhammad Yusufning «O‘zbekiston»
Download 205.5 Kb.
|
«… – dilning chirog‘i, … – ilm chorbog‘i».
A) Bola, ona B) Bilim, shogird C) Ilm, ustoz D) Ilm, maktab 27. Mumtoz adabiyot janri hisoblangan chistonlar qanday shakllarda yozilmaydi? 1) g‘azal; 2) fard; 3) tuyuq; 4) ruboiy; 5) muxammas; 6) bayt; 7) qit’a. A) 2,6,7 B) 3,5 C) 2,4,7 D) 1,2,5 28. Maqolning davomini toping: «Xalqqa xizmat –...». A) oliy himmat B) asl saodat C) eng oliy saodat D) eng oliy baxt 29. Maqolni davom ettiring. «Tikansiz gul bo‘lmas, Mashaqqatsiz – … ». A) ish B) hunar C) boylik D) rohat 30. Ko‘chma ma’noda ishlatiladigan maqollarni toping. 1) Olmaning tagiga olma tushadi. 2) Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi. 3) Qazisan, qartasan – axir aslingga tortasan. 4) Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda. A) 1,2,4 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 2,3,4 31. «Al», «ochun», «bitik» so‘zlarining ma’nolarini toping. A) barmoq, olam, so‘z B) qo‘l, dunyo, kitob C) olam, qo‘l, kitob D) qo‘l, dunyo, barmoq 32. Topishmoqlar qaysi xususiyatiga ko‘ra zamonaviy va an’anaviy topishmoq kabi turlarga bo‘linadi? A) tuzilishiga ko‘ra B) yaratilishiga ko‘ra C) shakliga ko‘ra D) zamonaviyligiga ko‘ra 33. Topishmoqning javobini toping: «Yuzi oppoq, qor emas, Non bo‘lmaydi, un emas». A) jiyda B) tuxum C) shakar D) paxta 34. Topishmoqlar tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? A) nasriy va she’riy B) sodda va murakkab C) bir va bir nechta predmetli D) zamonaviy va an’anaviy 35. Maqol janri haqidagi noto‘g‘ri fikrni toping. A) Maqolda mazmun aniq, xulosa tugal, ifoda ravon bo‘lib, unda ibratli fikr aytiladi. B) «Maqol» so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, «so‘z» degan ma’noni bildiradi. C) Maqolni «otalar so‘zi» deb ham ataydilar. D) Maqolda fikr rad etib bo‘lmaydigan hukm shaklida keltiriladi. Masalan, «Olim bo‘lsang, olam seniki!», «Qoziq ustida qor turmas» kabi maqollarni hech bir e’tirozsiz qabul qilamiz. 36. Maqolning davomini toping: «Ona yurting – ... ». A) omon bo‘lsa, Rangi ro‘ying somon bo‘lmas B) tinch – sen tinch C) tuman boyliging D) oltin beshiging 37. Topishmoqlar mumtoz adabiyotda qanday nomlangan? A) jumboq B) tarjeband C) matal D) chiston 38. Maqolning davomini toping: «Kitob – ...». A) baxt keltirar B) dilning chirog‘i C) ilm chorbog‘i D) bilim manbayi 39. Maqolning davomini toping: «Bilim ...». A) baxt keltirar B) dilning chirog‘i C) ilm chorbog‘i D) aql manbayi 40. «O‘zgalar yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda cho‘pon bo‘l» maqolida qofiyaning qaysi turi qo‘llangan? A) ichki qofiya B) tashqi qofiya C) ichki va tashqi qofiya D) och qofiya 41. Maqollarda ibratli fikrlar qanday shaklda bo‘ladi? A) nasriy shaklda B) ibrat shaklida C) hukm shaklida D) she’riy shaklda 42. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying. «Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar, To‘rtovlon tugal bo‘lsa,…». A) unmaganni undirar B) tepadagini endirar C) to‘lmaganni to‘ldirar D) tegmaganni tegdirar 43. Quyida berilgan she’riy shakldagi maqol nima haqida? Oltovlon ola bo‘lsa, Og‘zidagin oldirar. To‘rtovlon tugal bo‘lsa... A) do‘stlik, mehnatsevarlik B) yaxshilik qilish, mehr-oqibatlilik C) do‘stlik, hayotsevarlik D) birlik, o‘zaro ittifoq 44. Maqolning davomini toping: «Do‘st do‘stni kulfatda sinar, ...». A) dono nodonni ulfatda sinar B) odam odamni mehnatda sinar C) dushman dushmanni urushda D) ustoz shogirdni imtihonda 45. Gulxaniyning «Zarbulmasal» asarida qancha maqol mavjud? A) 650 dan ortiq B) 400 ga yaqin C) 1000 dan ortiq D) 100 ga yaqin 46. «Ona yurting omon bo‘lsa, rang-u ro‘ying somon bo‘lmas» maqolida qofiyaning qaysi turi qo‘llangan? A) ichki qofiya B) tashqi qofiya C) ichki va tashqi qofiya D) och qofiya 47. Xalq og‘zaki ijodining bir qismi bo‘lmish qaysi janrni kimki ko‘p ishlatsa, o‘shaning nutqini shirali deydilar va diqqat bilan eshitadilar? A) maqolni B) topishmoqni C) dostonni D) laparni 48. Topishmoq yana qanday nomlar bilan yuritiladi? 1) chiston; 2) topmacha; 3) matal; 4) masal; 5) jumboq. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 5 C) 2, 3, 4, 5 D) 2, 3, 4 49. Inson nutqini bezaydigan, uning ta’sir kuchini oshiradigan qaysi janrni xalqimizda «So‘z ko‘rki» deyishadi? A) masalni B) matalni C) chistonni D) maqolni 50. «Chiston» asli forscha so’z bo‘lib, qanday ma’nolarni anglatadi? 1) topishmoq; 2) jumboq; 3) masal; 4) savol-javob. A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 4 D) 2, 4 51. Topishmoq janri haqidagi to‘g‘ri fikrlarni toping. 1) Aqlni chiniqtiradigan, ayniqsa, bolalarni yoshlikdan mantiqiy fikrlashga undaydigan tarbiya vositasi. 2) O‘xshatishlar, taqqoslashlar savollar vositasida ifodalanadi. 3) «Topmacha», «jumboq», «masal» deb ham yuritiladi. 4) Ko‘chma belgilar xayolda mantiqan solishtiriladi. 5) Tasavvurni va tafakkurni o‘stiradi. 6) She’riy shaklda yoziladi. 7) Nasriy shaklda yoziladi. 8) Ko‘ngilochar o‘yin. A) 1,2,3,4,5,6,7 B) 1,2,4,5,6,7,8 C) 1,2,3,4,5,8 D) 1,2,3,5 52. Maqolning davomini toping: «Tilni bilish – ...». A) dilni qo‘rish B) bilim manbayi C) dilni bilishga yo‘l ochar D) oliy himmat 53. Topishmoqning javobini toping: «Bir qop un, ichida ustun». A) tuxum B) jiyda C) paxta D) shakar 54. «O‘zgalar yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda cho‘pon bo‘l» maqoli bizga qaysi shoh va shoir bobomizni yodga soladi? A) Abulqosim Boburni B) Muhammad Rahimxon Feruzni C) Xusayn Boyqaroni D) Zahiriddin Muhammad Boburni 55. Topishmoqning javobini toping: «Otasi uzun xo‘ja, Onasi yoyma xotin, Bolasi shirin-shakar». A) tok, bargi, uzumi B) anjir daraxti, bargi, mevalari C) yil, oy, kunlar D) quyosh, oy, yulduzlar Download 205.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling