1. Adabiyotshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Badiiy asar –adabiyotshunoslik obyekti


Download 48.91 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi48.91 Kb.
#1554429
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Durdona kurs ishi

Manbashunoslik. Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalaridan biri sifatida manbashunoslik adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasiga oid manbalarni izlab topish, tasniflash, ro`yxatga olish kabi amaliy vazifalarni bajarish, shuningdek, manbalarni qidirish va o`rganish yo`llarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Bu o`rinda "manba" deyilganda adabiyotshunoslikka oid tadqiqotlarda qo`l kelishi mumkin bo`lgan barcha manbalar tushuniladi: asar qo`lyozmalari, ijodkorlarning xatlari, kundalik daftarlari, adabiy jarayonga yoki muayyan ijodkor hayoti va ijodiga taalluqli hujjatlar va boshqalar. Keyingi yillarda o`zbek adabiyotshunosligining manbashunoslik bobidagi izlanishlari, ayniqsa, XX asr boshlari adabiyotini o`rganish bilan bog’liq holda faollashdi. Qatag’on qilingan adib va shoirlarning ijodiy merosini tiklash, ularning hayoti va faoliyatiga doir hujjatlarni izlab topish borasida N.Karimov, B.Qosimov, H.Boltaboyev, B.Do`stqorayev, R.Tojiboyev, B.Karimov, M.Qarshiboyev kabi olimlarning izlanishlari samarali bo`lib, ular asr boshidagi adabiy jarayon, unda faol ishtirok etgan ijodkorlar haqidagi tasavvurlarimizni boyitishga, davr adabiyotining xolis ilmiy tarixini yaratishga xizmat qildi. Ma`lumki, konkret ijodkor merosini to`laqonli tushunish va xolis baholash uchun uning hayot yo`li haqida to`liq tasavvurga ega bo`lish muhim ahamiyat kasb etadi. Ya`ni, adabiyotshunoslikdagi tadqiqot metodlaridan biri — biografik metodning to`la samara bilan ishlashi uchun konkret ijodkor hayoti va faoliyati haqidagi hujjatlarga ega bo`lish lozim. Afsuski, ko`plab ijodkorlarimiz haqida ma`lumot beruvchi hujjatlar hali yig’ilgan emas. Bu borada faqat Hamza arxivi yuzasidan qilingan ishlar bilangina maqtanish mumkin. To`g’ri, Oybek, A.Qahhor singari ulkan adiblarimizning uy-muzeylarida faoliyat ko`rsatayotgan ilmiy xodimlarning sa`y-harakati bilan ular haqidagi hujjatlar yig’ilgan, tartiblangan. bular ularning ijodini o`rganishda muhim bo`ladi.
Bibliografiya (Kitobiyot). Adabiyotshunoslik bibliografiyasi adabiyotshunoslikning ilmiy-amaliy sohasi sanalib, adabiyotshunoslikka oid ilmiy asarlar, maqolalar, shuningdek, badiiy asarlar ro`yxatini, bibliografik qo`llanma, ko`rsatkichlar tuzish bilan shug’ullanadi. YOrdamchi soha sifatida adabiyotshunoslik bibliografiyasi ilmiy-tadqiqotlarning samarali bo`lishiga xizmat qilish, badiiy adabiyotni targ’ib qilish kabi maqsadlarni ko`zlaydi. Bibliograflar tomonidan tuzilgan bibliografik ko`rsatkich va qo`llanmalar tadqiqotchilarga katta amaliy yordam beradi.

Download 48.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling