1. Adabiyotshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Badiiy asar –adabiyotshunoslik obyekti


Download 48.91 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi48.91 Kb.
#1554429
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Durdona kurs ishi


1-mavzu. Adabiyotshunoslik – badiiy adabiyot to‘g‘risidagi fan. Adabiyotshunoslik tarixi


Reja
1. Adabiyotshunoslik fanining maqsad va vazifalari.
2. Badiiy asar –adabiyotshunoslik obyekti.
3.Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari: adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid, matnshunoslik, manbashunoslik.
4.Qadimgi davr adabiyotshunosligi. Arastu - adabiyotshunos.
5. Sharq ва Ғарб адабиётшунослиги

«Adabiyotshunoslik» so’zi ham ikki qismdan ibоrat bo’lib, u «adabiyot bilan shug’ullanish», «adabiyotni o’rganish» ma’nоsini anglatadi. Bundan ayon bo’ladiki, adabiyotshunoslik adabiyot haqidagi fandir. Har bir fan singari adabiyotshunoslik ham adabiyotning mohiyati, uning paydо bo’lish asоslari, rivоjlanish tamоyillarini o’rganadi. Bu fan adabiy - badiiy asarlarning to’zilishi, tarkibi, adabiy - tarixiy jarayonda sоdir bo’lgan o’zgarishlarni tahlil qiladi. Adabiyotshunoslik adabiyotning ijtimоiy fikr taraqqiyotiga ta’siri, adabiyotning bоshqa fan, soha, tarmoqlar bilan aloqadorligini aniqlash bilan shugullanadi. Adabiyotshunoslikning bundan bоshqa vazifalari ham ko’p. Shu bоisdan adabiyotshunoslik nima ekanligini aniq, lo’nda ta’riflash оsоn, jo’n ish emas. Aslida ham murakkab hodisalarni, ayniqsa, ular nоmоddiy bo’lsa, sоdda, barchani birday qanоatlantiradigan tarzda ta’riflab bo’lmaydi. Chunki har qanday muqammal ta’rif - tavsif ham ularning mohiyatini to’la - to’kis ifоda etоlmaydi.


Adabiyotshunoslikning o’rganadigan manbasi adabiy - badiiy asarlar va ular yaratilgan sharоit, muhitdir. Bundan ayonlashadiki, adabiyotshunoslik juda ko’p fan, sohalar, xususan, tarix bilan o’zviy bog’liq holda ish tutadi. Ayni chоqda barcha fanlar turli tarmоq, bo’limlarga ajralgani singari adabiyotshunoslik ham muayyan tarkibiy qismlarga bo’linadi. Bular: «adabiyot tarixi», «adabiy tanqid», «ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH», «matnshunоslik»dir.
Ularning har biri adabiyot hodisalarini ma’lum bir yo’nalish, nuqtai nazar asоsida o’rganadi. Barchasining bоsh оbyеkti esa adabiy - badiiy asarlar sanaladi.
Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan «Adabiyot tarixi» adabiyotning taraqqiyoti tamоyillarini, har bir davrning o’ziga xоs xususiyatlarini, ijоdkоrlarning ijоdiy faоliyatini o’rganadi. Adabiyot tarixi har bir adabiy hodisani mavjud ijtimоiy - siyosiy vоqеlik bilan bоg’liq holda talqin qiladi. Qiyoshlash оrqali davrlar adabiyoti оrasidagi o’zgarishlarni aniqlaydi. Milliy adabiyotlar o’rtasidagi farq - tafovutlarni ko’rsatadi. Adabiyotda roy bеrgan o’zgarishlarni muayyan bеlgi-xususiyatlariga ko’ra davrlashtiradi. Albatta, adabiyotning taraqqiyot bоsqichlarini davrlarga ajratish nisbiy bo’ladi. Adabiyot tarixini davrlashtirish, avvalо, adabiyot hodisalariga qanday nuqtai nazardan yondashishga bog’liq. Adabiyot tari­xida adabiyot janrlarida roy bеrgan yangilanishlar, ijоdkоrlarning hayot hodisalari va insоn оbrazini yaratishda qanday uslub, unsurlar qo’llagani ham aniqlanadi. Chunki adabiyot tarixi adabiy janrlar, adabiy uslublar tarixidir.
Adabiyotshunoslikning ikkinchi tarkibiy qismi hisоblangan «ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH» adabiyot va ijtimоiy hayot оrasidagi bog’liqaikni, so’z san’atining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan bog’lik holda rivоjlanishini, adabiy tur va janrlar tabiatini, ularning o’ziga xоs xususiyatlarini, badiiy asar tuzilishi, o’ni tashkil etuvchi qasmlarni, asarning tili, ifоda uslubini, badiiy-tasviriy vоsitalarni, adabiy yo’nalish, adabiy uslub, adabiy maktab, ijоdkоrning badiiy mahorati kabi masalalarni o’rganadi. Shuningdеk u adabiyotni insоn ma’naviy-ma’rifiy faоliyatining bir ko’rinishi sifatida tahlil qiladi. Zоtan, adabiyotning xaqaqiy namunalarida insоnning qalbi, tafakkuri akslangan va ular bоshqalarga ta’sir eta оladigan quvvatga ega bo’ladi. Adabiyotshunoslikning uchinchi tarkibiy qismi hisоblangan «adabiy tanqid» jоriy adabiy jarayonni tahlil qiladi. Yaratilayotgan asarlarning g’oyaviy - estеtik qimmatiga bahо bеradi.
Adabiy jarayonda paydо bo’layotgan o’zgarish, yo’nalish, uslublarni aniqdaydi. Asarlarning kishilar did, tafakkuriga ta’siri haqida fikr bildiradi. Jоriy adabiyot hodisalari Xususida mulohaza bildiruvchi adabiyotchi mutaxassis - munaqqid kitоbxоn va yozuvchi, shоir o’rtasida o’ziga xоs vоsitachi, xakam vazifasini bajaradi. Munaqqidning kеng tafakkur bilan mulohaza yurita bilishi adabiyot ravnaqa va o’quvchilar оmmasi did - saviyasining yo’qolishiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Munaqqidlar faоliyati jamiyatda ijtimоiy fikrning faоllashishiga samarali ta’sir ko’rsatgan asоsiy оmillardan biri bo’lganini tasdiqiоvchi dalillar tarixda talaygina. Qadim Sharqda shе’rshunоslik badiiy asar (dоstоn, g’azal, rubоiy, tuyuq va xоkazо) darajasida qadrlangan. Aytish mumkinki, Sharq adabiyotshunosligi asоsan shе’rshunоslikdan ibоrat bo’lgan. SHе’rni tushunish, tahlil qilish, sharxdash kishilarning intеllеktuallik darajasini bеlgilaydigan o’ziga xоs mеzоn hisоblangan. Shuning uchun o’z zamоnining barcha pеshqadam ijоdkоrlari shе’rshunоslikka dоir max­sus bir asar yaratishga harakat qilishgan. Jaxоn tibbiyot fani tarixida yuksak o’rin tutgan Abu Ali ibn Sinоdеk mutafakkirning «Mu’tasamush - shuarо» («SHоirlar panоhgоhi») asarini yozgani ham aynan shundan dalоlat bеradi. Yoki Alishеr Navоiy, Bоbur singari siymоlarning «Xamsa», «Xazоyinul maоniy», «Bоburnоma»yu yuzlab go’zal g’azal, tuyuqlar yaratish bilan kifоyalanmasdan, «Mеzоnul avzоn» («Vaznlar o’lchоvi»), «Majоliso’n nafоis» («Go’zallar majlisi»), «Muxtasar»dеk asar bitgani, ularning aruz shе’r tizimini g’oyat nuktadоnlik bilan tadqiq qilgani Sharqda azaldan shе’rshunоslikning g’oyat e’tibоrli bo’lganini tasdiqlaydi. Fоrоbiy Aristоtеlning «Pоetika»sini sharhlab, eramizdan avval yashagan bu dоnishmand o’zining shе’r satrlari haqidagi mulohazalarini to’la bayon qilishga ulgurmagan, dеr ekan, u shе’r san’ati haqida shunday dеydi: «Bu san’at birоr maqsadni amalga оshirayotgan paytda yo’ldan chiqib kеtmaslikqa yorham bеruvchi va insоn xayolini qog’ozda namоyon etuvchi san’atdir. SHе’rning оlti xili bоr. Shundan uchtasi yaxshi va uchtasi yomоn xildir. Yaxshilaridan biri shuki, insоn uning yorhamida aqliy quvvatini mukammallashtiradi, san’atga оlib bоruvchi fikri оydinlashadi, yaxshi ishlarga, fazilatli bo’lishga ilxоmlanadi, xasislik yomоn va qabih ishlardan saqlanadi. Ikkinchi yaxshi xili kishining ruhiy sеzgilarini yuksaltiradi, haddan tashqari ehtiyotkоrlikaan xоli qiladi, izzat - nafsni saqlaydi, g’azablanishdan, yomоn ishlardan ehtiyot bo’lishga yorham bеra­di. Uchinchisi, ana shu yuqоrida qayd etilgan yaxshi hislatlarni namоyon etishga yorham bеradi»
Ma`lumki, umumta`lim maktablarining 5-sinfidan boshlab o`quvchilarga adabiyotshunoslikka oid ilk ma`lumotlar berib boriladi. Maktabda adabiyot o`qitish dasturlari o`quvchilarga bosqichma-bosqich badiiy adabiyotning mohiyati, adabiy tur va janrlar, badiiy obraz va obrazlilik, she`r tizimlari, badiiy tasvir va ifoda vositalari kabi adabiy-nazariy tushunchalarni o`rgatib borishni ko`zda tutadi. Biroq umumta`lim maktablari filolog-adabiyotshunoslar tayyorlashni maqsad qilmagani uchun ham bu ma`lumotlar konkret badiiy asarlar tahlili jarayonida, biror bir adib ijodiy merosini o`rganish barobarida berib borilgan. Siz, filologiya fakul’tetiga kirgan talabalar, kelajakda filolog-mutaxassis bo`lib etishishni, biringiz o`qituvchi, biringiz adabiyotshunos, yana biringiz tilshunos bo`lib etishishni niyat qilgansiz. Demak, endi siz til va adabiyotni chuqurlashtirilgan tarzda, ilmiy asosda o`rganishingiz zarur. Buning uchun siz adabiyotshunoslikning ham boshqa fanlar singari jiddiy fan ekanligini, uning oldida turgan muammolarni, ularni hal qilish yo`llarini yorqin tasavvur eta olishingiz kerak. ehtimol kimlargadir adabiyotshunoslik, badiiy adabiyot shunchaki ko`ngil xushidek, anchayin engil, o`rganilishi oson bir soha bo`lib tuyulgan bo`lishi mumkin. Biroq bu yuzaki tasavvurdir. Adabiyotshunoslik ilmi bilan tanishib borganingiz sari badiiy adabiyot, badiiy asar kabi tushunchalarning ancha murakkab hodisa ekanligini, konkret badiiy asarni tahlil qilish, uning badiiy qimmatini belgilash fanning boshqa sohalardagi izlanishlardan oson ko`chmasligini anglab borasiz. Adabiyotshunoslikning chinakam ilm ekanligini anglash uchun esa uni bir tizim sifatida tasavvur qila bilish zarur.
"Adabiyotshunoslikka kirish" kursi davomida adabiyotshunoslik fani bilan ilk bor sistemali tarzda tanishiladi. Zero, kursning maqsadi ham maktabda olingan adabiy-nazariy bilimlarni muayyan bir tizimga keltirgan holda mustaqkamlashdan iboratdir. "Adabiyotshunoslikka kirish" kursi filologiya fakul’teti birinchi bosqich talabalarining maktabda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash asosida ularni adabiyot tarixi kursidan ma`ruzalar tinglashga tayyorlashni o`z oldiga vazifa qilib qo`yadi.
Amaldagi o`quv rejasida "Adabiyotshunoslikka kirish" kursi uchun 24 soat ma`ruza mashg’ulotlari ajratilgan. Ma`ruza mashg’ulotlarining har birida adabiyotshunoslikning konkret masalasi bo`yicha fikr almashinamiz. "Fikr almashinamiz" deyilishining boisi shuki, ma`ruza paytida faqat ma`ruzani tinglabgina o`tirish yaramaydi. Ma`ruza mashg’ulotlari davomida faol bo`lishingiz, savollarga javob berishga, mavzuni muhokama qilishga, mavzu yuzasidan savol berishu kezi kelganda bahslashishga o`zingizni chog’lashingiz kerak. SHundagina, ya`ni auditoriya faol bo`lgan taqdirdagina ma`ruzadan ko`zlangan maqsadga erishiladi, 80 minutlik umringiz zoega ketmagan bo`ladi.
"Adabiyotshunoslikka kirish" kursi an`anaga ko`ra uchta katta qismga bo`lib o`rganiladi. Kursning birinchi bo`limi "Badiiy adabiyot haqida ta`limot" deb nomlanib, bunda badiiy adabiyotning mohiyati, uning jamiyatdagi o`rni va vazifalari kabi masalalar xususida so`z yuritiladi. Badiiy adabiyotning ikkiyoqlama mohiyat, ya`ni, bir tomondan san`at sohasi, ikkinchi tomondan ijtimoiy ong shakli ekanligi; badiiy adabiyotni san`atga doxil etuvchi obrazlilik va obraz tushunchalari ayni shu bo`limda o`rganiladi. Badiiy adabiyot spetsifikasini yaxshi tasavvur eta olgan talabagina bugungi adabiyotshunoslikda bahsli bo`lib turgan muammolar mohiyatini anglashi, yaqin kelajakda ularga nisbatan o`z mavqeini belgilay olishi mumkin bo`ladi. Badiiy adabiyotning ijtimoiy ong sohasi sifatida ijtimoiy ongning boshqa shakllari bilan aloqasi, ularning orasida tutgan o`rni, ular bilan aloqasi, o`ziga xosligi kabi masalalar ham shu bo`limda ko`rib chiqiladi. SHuningdek, badiiy adabiyotning boshqa san`at turlari bilan mushtarak va farqli tomonlari, ular bilan aloqaning adabiyot rivojidagi ahamiyati kuzatiladi. Ushbu bo`limda ko`riladigan masalalar ancha murakkab, tushunilishi qiyinroq va shuning uchun sizlar uchun zerikarli ko`rinishi ham mumkin. Biroq ma`ruzalarda faol bo`lsangiz, aytilayotgan gaplarni mushohada qilib, o`zingizning munosabatingizni bildirib tursangiz, bu tasavvur tezda yo`qoladi. Biz yuqorida adabiyotshunoslikni sistema deb aytdik, sistema esa qismlari o`zaro uzviy bog’langan butunlikni ko`zda tutadi. YA`ni, uning birorta bo`limi tushunilmasa, qolgan qismlarini-da tushunish qiyinlashadi. Zero, keyingi bo`limlarda ko`riladigan masalalar birinchi bo`limda ko`rilgan masalalar bilan mustahkam aloqadadir.
Ikkinchi bo`lim "Badiiy asar haqida ta`limot" deb nomlanadi. Bu bo`limda badiiy asar tuzilishi, uning shakl va mazmun tomonlari o`rganiladi. Badiiy asarni tahlil qila bilish, uning mohiyatiyu qimmatini o`quvchiga etkazib berish uchun avvalo uning qanday tarkiblanganini, uni tashkil etayotgan unsurlarning o`zaro aloqalarini yorqin tasavvur etish zarurdir. SHunga ko`ra, bu bo`limda badiiy asar syujeti, kompozitsiyasi, badiiy til, inson obrazini yaratish yo`llari va vositalari kabi qator muhim masalalar ko`rib chiqiladi. Ushbu bo`limda o`rganiluvchi masalalar badiiy asarni g’oyaviy-badiiy jihatdan tahlil qilishga tayyorlashga, nazariy jihatdan qurollantirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Nihoyat, kursning uchinchi bo`limida adabiy jarayon, badiiy adabiyotning rivojlanish qonuniyatlari, adabiy tur va janrlar, uslub va metod tushunchalari, badiiy adabiyotdagi turli oqim va yo`nalishlar haqida dastlabki ma`lumotlar bilan tanishtiriladi.
Kursning manbalari .."Adabiyotshunoslikka kirish" kursi bo`yicha bir qator darslik va qo`llanmalar mavjud bo`lsa-da, afsuski, ular sezilarli darajada eskirdi. SHunga qaramay, hozircha mavjud darsliklardan foydalanishimizga to`g’ri keladi. Aytish kerakki, bu darsliklarning, asosan, badiiy adabiyot spetsifikasiga bag’ishlangan boblari (ularda adabiyotning sinfiyligi, partiyaviyligi, metod va sh.k. masalalar xususida so`z boradi) sho`ro mafkurasi nuqtai nazaridan qo`yilgan va o`rgatilgan bo`lib, ular hozirda mutlaqo eskirgan. Darsliklarning boshqa masalalarga(masalan, badiiy asar haqida ta`limot bo`limi) bag’ishlangan boblaridan esa tanqidiy yondoshgan holda foydalanish mumkin va zarurdir.
Mavjud darslik va qo`llanmalar quyidagilardir:
1. T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish kursi bo`yicha o`quv metodik qo`llanma.- T.: O`qituvchi, 1979
N.SHukurov va boshq. Adabiyotshunoslikka kirish.-T.: O`qituvchi.- 1980
E.Xudoyberdiyev. Adabiyotshunoslikka kirish.- T.,1995
Ko`rsatilgan darsliklardan tashqari talabalarga adabiyotshunoslikka oid lug’atlardan foydalanish tavsiya etiladi. Lug’atlar bilan ishlash talabaning ma`lum masala yuzasidan qisqacha ma`lumot olishida, ayrim adabiy-nazariy termin(istiloh)lar ma`nosini tushunishda juda katta yordam beradi:
1. H.Homidiy va b. Adabiyotshunoslik terminlari lug’ati.- T.: O`qituvchi, 1967
2. N.Xotamov, B.Sarimsoqov. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o`zbekcha izohli lug’ati.- T.: O`qituvchi, 1979
Adabiyotshunoslik ilmidagi, bugungi adabiy jarayondagi yangiliklar bilan, yaratilayotgan yangi badiiy asarlar bilan muntazam tanishib borish to`laqonli adabiyotshunos, mutaxassis bo`lib etishishning muhim shartlaridandir. Bu narsa darslik va qo`llanmalar kamligi sezilayotgan bugungi kunda yanada katta ahamiyat kasb etadi. Filolog talaba vaqtli nashrlardagi adabiyotshunoslikka oid chiqishlar, adabiy-tanqidiy maqolalar bilan tanishib borsagina bugungi adabiy jarayondan boxabar bo`lishi mumkin bo`ladi. Ikkinchi tomondan, e`lon qilinayotgan she`riy, nasriy yoxud dramatik asarlarni olgan nazariy bilimlaringiz asosida tahlil qilishga harakat qilsangiz, olgan bilimlaringiz mustahkamlanadi. Boz ustiga, o`zingizni tanqid yoki adabiyotshunoslik bobida sinashga urinib ko`rishingiz, adabiy-tanqidiy bahslarda ishtirok etishingiz mumkinki, bu ham etuk mutaxassis bo`lish tomon tashlangan yana bir qadam bo`ladi. Bu o`rinda talabaning o`zini kichik olmasligi, jur`at qilishi muhim. Zero, sizning, yangicha sharoitda etishgan yoshlarning fikri adabiyotshunoslik ilmiga yangi nafas olib kirishi mumkinki, bu yangilanayotgan adabiyotshunoslik ilmimiz uchun ham ahamiyatlidir. Unutmaslik kerakki, vaqtli nashrlar bilan tanishmaslik uchun turli bahonalar topishga urinish, mashg’ulotlarning ko`pligiyu iqtisodiy qiyinchiliklarni ro`kach qilish o`zni aldashdan boshqa narsa emas. Zero, izlagan imkon topadi. Boz ustiga, universitet kutubxonasida o`tirib ishlash uchun sharoit ham etarli, uning fondlarida esa bo`lg’uvsi adabiyotshunos uchun zarur bo`lgan barcha vaqtli nashrlar topiladi. Bunday nashrlar sifatida esa O`zbekistonda chop etiladigan quyidagi jurnal va gazetalarni ko`rsatish mumkin:
1. "O`zbek tili va adabiyoti" jurnali. Bu jurnal A.Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti tomonidan chop etilib, unda o`zbek adabiyotshunosligi va tilshunosligidagi eng yangi ma`lumotlar, maqola va ilmiy axborotlar berib boriladi.
2. "Sharq yulduzi" jurnali. Yozuvchilar uyushmasining bu jurnalida yangi yozilgan adabiy asarlar, adabiy-tanqidiy maqolalar muntazam chop etiladi.
3. "Jahon adabiyoti" jurnali orqali jahon adabiyoti va adabiyotshunosligining sara asarlari bilan tanishib, bilim doirangizni kengaytirib borishingiz mumkin bo`ladi.
4. "O`zbekiston adabiyoti va san`ati" va "Yozuvchi" haftalik gazetalari sahifalarida e`lon qilingan materiallar orqali mamlakatimizdagi adabiy-madaniy hayot yangiliklaridan boxabar bo`lish, bugungi adabiy jarayon tahliliga bag’ishlangan adabiy-tanqidiy maqolalar yoki turli mavzulardagi bahslar bilan tanishish, yangi yozilgan adabiy-badiiy asarlarni kuzatib borish imkoniga ega bo`lasiz.
Shuni ham ta`kidlash joizki, adabiyotshunoslikdan chuqur bilim olish uchun rus va boshqa tillardagi adabiyotlardan ham foydalanish muhim. Sizlar maktabda rus tilidan, keyingi paytda ommalashib borayotgan ingliz tilidan etarli bilim olgansizlar. endi o`sha bilimlaringizni amalda qo`llashingiz, lug’at yordamida bo`lsa ham boshqa tillardagi adabiyotlardan foydalanishingiz bilim doirangizni kengaytiradi, etuk mutaxassis bo`lib etishuvingizga asos bo`lib xizmat qiladi. Zero, boshqa tillardagi adabiyotlar orqali xorijdagi adabiyotshunoslik haqida tasavvur hosil qilish, ularning yutuqlarini ilmimizga tadbiq etib boyitish imkoniga ega bo`lasiz. Hozircha kutubxonalarda asosan rus tilidagi adabiyotshunoslikka oid kitoblar bo`lsa-da, mamlakatimizning dunyoga yuz ochayotgani sabab endilikda boshqa tillardagi adabiyotlar ham asta-sekin paydo bo`lmoqda. Mahalliy miqyosdagi cheklangan mutaxassis bo`lib qolmaslik uchun bu adabiyotlardan foydalanishingiz zarurdir. Jumladan, "Adabiyotshunoslikka kirish" kursi bo`yicha rus tilidagi quyidagi darslik, qo`llanma va lug’atlarni tavsiya etish mumkin:
1. Vvedenie v literaturovedenie pod.red. G.N.Pospelova.-M., 1987
2. Kvyatkovskiy A.K. Poeticheskiy slovar’.- M.,1964
3. Borev YU.B. Estetika.- M.,1988
3. Literaturniy entsiklopedicheskiy slovar.- M.,1987
Adabiyotshunoslik fanining predmeti. Fanning predmeti deyilganda o`sha fan nimani o`rganishi nazarda tutiladi. Har qanday fan alohida fan tarmog’i bo`lishi uchun o`zining o`rganish sohasiga ega bo`lishi lozim. Adabiyotshunoslik ("adabiyot" Q "shinos", ya`ni o`rganish, yaxshi bilish Q "lik") fanining nomidanoq uning o`rganish sohasi adabiyot ekanligi ochiq-oshkor ko`rinib turadi. "Adabiyot" o`zi arabcha "adab" so`zining ko`plik shakli bo`lib, u keng va tor ma`noda qo`llaniladi. Keng ma`noda qo`llanilganda "adabiyot" so`zi o`qishga mo`ljallab yozilgan va chop qilingan barcha asarlarni o`z ichiga oladi. SHunga qaramay, "adabiyot" so`zi(termini) tor ma`noda ham juda faol ishlatiladi va bunda so`z san`atiga daxldor bo`lgan asarlar - badiiy adabiyot tushuniladi. Mazkur istilohning ayni shu tarzda(tor va keng ma`nolarda) qo`llanilishi rus va boshqa bir qator tillarda ishlatiluvchi "literatura" so`ziga o`xshashdir. Zero, bu termin ham "litera"("harf") so`zidan olingan bo`lib, keng ma`noda umuman chop etilgan mahsulotni, tor ma`noda badiiy adabiyotni anglatadi. Biz mutaxassis sifatida "adabiyot" so`zining tor ma`nosini ishlatamiz va bunda badiiy adabiyotni nazarda tutamiz.
Demak, adabiyotshunoslikning o`rganish sohasi badiiy adabiyot ekan. Adabiyotshunoslik badiiy adabiyotning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy aloqalarini har jihatdan va atroflicha o`rganadi. Adabiyotshunoslikning predmeti bo`lmish badiiy adabiyotga taalluqli ilmiy muammolar ko`lami juda keng.
Ularning bir qismi umumestetik(badiiy san`at sohalarining barchasiga xos) muammolar sirasiga kirsa, boshqa bir ismi sof adabiyotshunoslik muammolari sanaladi. Deylik, badiiy obraz va obrazlilik, badiiy obraz va reallik munosabatlari, dunyoqarash va badiiy ijod, badiiy ijod jarayoni xususiyatlari, badiiy asarni qabul qilish jarayoni xususiyatlari kabi qator muammolar umumestetik xarakterga ega. San`atning barcha turlariga taalluqli bu muammolarni adabiyotshunoslik badiiy adabiyot nuqtai nazaridan, badiiy adabiyot bilan bog’lagan holda va uning misolida o`rganadi. Badiiy adabiyotning mohiyati, uning rivojlanish omillari va qonuniyatlari, badiiy(adabiy) asar tabiati, uning tuzilishi, badiiy(poetik) til xususiyatlari, adabiy tur va janrlar kabi qator masalalar borki, ular sof adabiyotshunoslik muammolari sanalishi mumkin.
Adabiyotshunoslik bu muammolarni nima maqsadda o`rganadi? Umuman, ularni o`rganishga zarurat bormi? Axir, adabiyotshunoslikdan bexabar bo`lgan holda ham badiiy asarni o`qib zavqlanish yoxud go`zal asarlar yaratish mumkin emasmi? Bir qarashda bu savollarning yuzaga kelishi tabiiy va asoslidek, adabiyotshunoslikning badiiy adabiyotni o`rganishdan maqsadi o`rganishning o`zidek ko`rinishi mumkin. Aslida esa bu xil savollarning yuzaga kelishi adabiyotshunoslik ilmining ahamiyatini tushunmaganlikdan, uning vazifalari va rolini tasavvur qila olmaganlikdandir. Zero, umumiy nazar tashlashdayoq adabiyotshunoslik ilmining ikki jihatdan — badiiy adabiyotning rivojlanishi va badiiy did tarbiyasi jihatlaridan ahamiyatli ekanligi ko`rinadi. YA`ni, aslida adabiyotshunoslik fani yutuqlari ijodkorlarga ham, o`quvchi ommaga ham kerak. Aytaylik, adabiyotshunoslik badiiy asarni tahlil qilib, uning jozibasini ta`minlayotgan, badiiy ta`sir, ifodaviylik va tasviriylikni oshirayotgan unsurlarni, muallifning muayyan badiiy samaraga erishishini ta`minlayotgan usul va vositalarni ochib beradi(e`tiborda tutingki, bu ishni adabiyotshunoslik necha asrlar davomida bajarib keladi). YA`niki, adabiyotshunoslik badiiy so`z san`ati yutuqlarini ochib beradi va umumlashtiradi. endi adabiyotshunoslikdan ozmi-ko`pmi xabari bo`lgan odamning va undan mutlaqo xabarsiz odamning badiiy ijodga qo`l urgani yoki badiiy asar mutolaasiga kirishganini tasavvur qiling. Ulardan qaysi birining harakati ko`proq samara beradi? Tabiiyki, adabiyotshunoslikdan xabardor kishining harakatlari samaraliroq bo`ladi, chunki u "qaytadan velosiped kashf etish"dan qutuladi. Albatta, bunda kishining iqtidor darajasi, tug’ma iste`dodi ham katta ahamiyatga molik. Biroq, birinchidan, o`sha tug’ma iste`dod degan narsa ham genlar bilan bog’liq, ya`niki, undagi iste`dod ajdodlari to`plagan bilumu tajribalarning qaymog’idir. Ikkinchi tomondan, tug’ma iste`dodlar barmoq bilan sanarli, shunday ekan, adabiyotshunoslik ommaning badiiy didini tarbiyalashda ham, badiiy tafakkur rivojida ham sezilarli ahamiyat kasb etaveradi.
Yuqoridagilarni xulosalab aytish mumkinki, badiiy adabiyotga taalluqli muammolarni atroflicha va chuqur ilmiy o`rganish — adabiyotshunoslikning vazifasi; chiqargan ilmiy xulosa va umumlashmalari orqali badiiy adabiyot taraqqiysi, badiiy tafakkur rivojiga xizmat qilish, badiiy did tarbiyasiga ta`sir o`tkazish uning maqsadidir.
Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari. Hozirgi zamon adabiyotshunoslik fani uchta asosiy tarkibiy qismdan, uchta asosiy sohadan tashkil topadi: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy tanqid. Mazkur sohalarning har biri adabiyotshunoslikning muayyan masalalar majmuini o`z nuqtai nazaridan o`rganadi. Shu bilan birga, mazkur sohalar o`zaro mustahkam aloqada bo`lib, biri ikkinchisini to`ldiradi.
Adabiyot tarixi o`tmish adabiyoti(jahon yoki biror milliy adabiyotni)ni uzluksiz jarayon yoki shu jarayonning bosqichlaridan biri sifatida o`rganadi. Adabiyot tarixining asosida tarixiylik printsipi yotadi. Mazkur printsipning mazmun-mohiyati shuki, u adabiy jarayonni konkret ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan bog’liq hodisa sifatida o`rganishni taqozo qiladi. Adabiyot tarixchisi sifatida konkret badiiy asar tahlil qilinganida ham o`sha asar yaratilgan davr sharoiti, davr adabiy jarayoni xususiyatlarini ko`zda tutishi shart qilinadi. Adabiyot tarixini qiziqtiradigan masalalardan yana biri sifatida konkret ijodkor faoliyatini o`rganishni ko`rsatish mumkin. Zero, ijodkor faoliyatini o`rganganida, uning ijodiy o`sish jarayonini kuzatganda ham asosga qo`yilgan printsip tarixiylik bo`lishi lozimdir.
Adabiyot tarixi o`tmish adabiyoti xususiyatlarini ochib berarkan, bu bilan, birinchidan, o`tmish adabiyoti tajribalarini bugungi adabiyot xizmatiga safarbar etadi, ikkinchidan, keng ko`lamli nazariy xulosalar chiqarish uchun material hozirlaydi. Bulardan anglashiladiki, adabiyot tarixi badiiy tafakkur taraqqiyotida ham, adabiy-nazariy tafakkur rivojida katta ahamiyat kasb etadi.
O`zbek adabiyotshunosligida adabiyot tarixi sohasining dastlabki kurtaklari sifatida tazkiralarni ko`rsatish mumkin. SHuningdek, qator tarixiy asarlarda ayrim adabiy faktlar, muayyan ijodkor hayoti va faoliyatiga doir ma`lumotlar ham qayd etilganligi tayin. Biroq o`zbek adabiyotini tarixiy aspektda ko`lamli o`rganish, demakki, o`zbek adabiyotshunosligida adabiyot tarixining mustaqil tarmoq sifatida shakllanishi va rivoji XX asrga to`g’ri keladi. O`zbek adabiyot tarixchiligining shakllanishida A.Fitrat, A.Sa`diy, V.Zohidov, V.Abdullaev, H.Sulaymonov, N.Karimov, A.Hayitmetov, A.Qayumov, A.Abdug’afurov kabi olimlarning ulkan xizmatlarini alohida qayd etmoq lozim. O`zbek adabiyoti tarixini o`rganish borasidagi izlanishlar hozirgi kunda ham davom ettirilayotir. Bugungi kun o`tmish merosimizga munosabatni o`zgartirishni, qator adabiy hodisalar, faktlar, ijodkor shaxslar taqdiri va faoliyatini yangicha ilmiy talqin qilishi zaruratini kun tartibiga qo`ygani ma`lum. Demak, bugunda saboq olayotgan talabalarni milliy adabiyotimiz tarixini ilmiy xolis o`rganish, yangi "O`zbek adabiyoti tarixi"ni yaratishdek ulkan va mashaqqatli, sharafli bir vazifa kutadi.

Download 48.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling