1. Hamkorlar orasida muhabbat bormi?
Yo’q va yana bir bor yo’q. Turmush o’rtog’ingiz sizni farzandingiz emas. U ancha oldin katta bo’lgan va shaxs sifatida shakllanib bo’lgan. Aynan u bilan yashash, oila qurish va farzandlarni tarbiyalash kerak. Uning tomonidan umr davomida sizga bo’lgan muxabbatini kafolatlash mumkin emas. Hayot davomida turmush o’rtog’ingiz sizga yoqmasligi mumkin, lekin qalbingizda unga nisbatan muhabbat hissi jo’sh urib turadi. Hayotda har-xil o’zaro tushunmovchiliklar, qiyinchiliklar bo’lib turishi tabiiy hol va sizga bu holatda turmushingiz buzilishi to’g’risida hayollar kelishi mumkin. Muhabbat bu tayyor va doimiy natija emas. Turmush ustida doimiy va muntazam mehnat qilib bir-biringizni tushunib muxabbatga erishish mumkin. Bu narsani anglab yetganingizda bir-biringizga bo’lgan tuyg’u yanada kuchayadi. Va har-xil hayotiy holatlarda ham o’z oilangizni saqlab qolish hissi hosil bo’ladi.
2. Farzand tug’ilgandan so’ng eng murakkab damlar — bu birinchi ikki yillikdir.
Har bir oila farzandli bo’lishni orzu qiladi. Ammo farzandning dunyoga kelishi hayotingizni butkul o’zgartirib yuboradi. Oilada bo’ladigan mojorolar oldingidek hal bo’lmaydi, siz uyquga to’ymaysiz, hayol va fikrlaringiz o’zgaradi. Bu vaqtda bu o’zgarishlar vaqtinchalik ekanligini anglash juda muhim. Bir — biringizga qo’pollik qilmay, avvalgi shirin kechikkan damlaringizni eslab, farzand ko’rishni qanchalik xohlaganingizni eslang.
3. Jinsiy hayot ikkinchi darajali bo’lib qoladi.
Jinsiy hayotga bo’lgan hislar so’nib boradi. Uni hayotingizdan yo’q bo’lib ketishiga yo’l qo’ymang. Ruxshunos bilan maslahat qiling, oldingi hayot tarzingizni shirin damlarini yodingizdan chiqarmang. Bir biringizga sovuqqonlik bilan qaramang, bu holat orangizga sovuqlik tushurishi mumkin. Bir -biringizga mehrli bo’ling va avvalgi hayot tarzingiz yana o’z holiga qaytishini ta’kidlang.
4. Turmushingizni shirin damlar bilan to’ldiring.
Ba’zida munosabatlar yoqimli so’zlar bilan yanada go’zallashadi. Shirin so’z bir-biringizga bo’lgan munosabatni yaxshilaydi. Turmush o’rtog’ingiz yoqtiradigan ta’omni pishirib, birga iste’mol qiling. Har doim shirin so’z bo’ling, bu hol oilani mustahkamlaydi. Baxtli oila tinimsiz mehnat poydevoridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |